O'quv dasturi. Mavzu: Bilish jarayonlari Psixodiagnostikasi Bajardi: Ahmedov. J tekshirdi: Atabayeva. N bilish jarayonlari psixodiagnostikasi


Krepelin bo‘yicha sanash va hisoblash



Yüklə 0,82 Mb.
səhifə6/22
tarix15.10.2023
ölçüsü0,82 Mb.
#156023
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
Bilish jarayonlari psixodiagnostikasi Reja

Krepelin bo‘yicha sanash va hisoblash

Bu metodikadan murakkab sezgi harakat reaktsiyalarini, ish qobiliyatini, ixtiyoriy diqqat barqarorligini, psixik jarayonlar kechishining tezligini aniqlash uchun foydalanish mumkin. Ushbu metodikani qo‘llash uchun sinaluvchi bir necha o‘nliklar ichida eng sodda arifmetik operatsiyalar – qo‘shish va ayirishni bilishi kerak. Krepelin metodikasida sinaluvchiga qo‘shilishi va ayrilishi kerak bo‘lgan sonlar jufti yozilgan maxsus qog‘oz taklif etiladi.


Krepelin bo‘yicha hisoblashda, (masalan: 30 da 3 gacha, 100 dan 7 gacha) tadqiqot qarorida to‘xtab qolishning uzoqligi va xatolar xarakteri qayd etib boriladi.
Masalan:
30-3....27....24....21....19*....18....15....12....9....6....3....0
Xato hisoblashlar ham hisobga olinib (*) bilan belgilab qo‘yiladi, sinaluvchiga xatolarni to‘g‘rilash taklif qilinadi. Vaqt nuqta bilan qayd etiladi. Qoidaga ko‘ra «nuqta» shartli ravishda 1 soniyaga to‘g‘ri keladi.
Shuni qayd etish lozimki, bu metodika aqliy ish qobiliyati jadalligini o‘rganishga ham mo‘ljallangan. Bajarilgan qo‘shish va ayirishlar soni ko‘pligi aqliy malakaning avtomatlashganidan, diqqatni uzoq vaqt bir narsaga to‘play olish qobiliyati mavjudligidan dalolat beradi. Bajarilgan topshiriqlar sonining kamligi, ko‘p to‘xtab qolish faol diqqatning barqaror emasligidan, psixik tez charchashga moyillikdan dalolat beradi.


Burdon korrektur sinovi

Boshlang‘ich va yuqori sinf o‘quvchilari faol diqqatining xususiyatlarini, uning ko‘chishi xususiyatlarini o‘rganish uchun B.Bourdonning korrektur sinovi metodikasidan foydalanish mumkin. Bu metodika diqqatning tebranishi, ko‘rish analizatori uzoq vaqt ishlaganda bir xil ko‘ruv qo‘zg‘atuvchilariga nisbatan sinaluvchining charchashini aniqlashga imkon beradi. Buning uchun P.A.Rudik tomonidan o‘zgartirilgan Burdon testi maxsus qog‘ozda ko‘rsatiladi. Qog‘ozda harflar tasodifiy ravishda yozilgan bo‘lib, sinaluvchi ularning ikkitasi to‘rttasini o‘chirishi kerak. Bunda eksperimentator har 30 60 soniyada sinaluvchi qalami turgan joyni belgilab ko‘yadi, shu bilan birga barcha topshiriqni bajarish uchun ketgan umumiy vaqt ham hisobga olinadi.


Tajribani bir sinaluvchi ustida individual va guruh bilan o‘tkazish mumkin. Tajribani boshlashdan oldin, sinaluvchilarga ko‘rsatma beriladi va 1 daqiqa davomida mashq qildirib o‘rgatiladi, mashqlardan so‘ng sinaluvchi asosiy vazifani bajarishga kirishadi. Tajriba 5 daqiqa davom etadi (3-ilova).
Tadqiqot natijalarini qayta ishlash maxsus qog‘oz orqali amalga oshiriladi. Unda o‘chiriladigan harflar o‘rni va o‘chiriladigan harflar soni o‘ng tomonda va har bir qatorga o‘tganda bu o‘chiriladigan sonlarning yig‘indisi chap tomonda beriladi. Kalit (blank)ni sinaluvchi qog‘ozi ustiga qo‘yib tadqiqotchi miqdoriy tahlilni osongina olib borishi mumkin.
Korrektur sinovni bajarish natijalari (diqqatning to‘planganligi, topshiriqni bajarish tezligi, diqqatning ko‘chishi)ni miqdoriy aniqlash mumkin. Diqqatning to‘planganlik darajasi (K)ni quyidagi formula yordamida hisoblash mumkin:

K K =

P1-P2-P3

*100%

P

bu erda p1 – to‘g‘ri o‘chirilgan harflar yig‘indisi;


p2 –o‘chirilmay qolgan harflar yig‘indisi;
p3 –noto‘g‘ri o‘chirilgan harflar yig‘indisi;
p –o‘chiriladigan harflar AMKZ larning umumiy yig‘indisi.

Diqqatning to‘planish darajasi (K)ni topish uchun umumiy va ishning har bir daqiqasi bo‘yicha (K1, K2, K3, K4, K5,)larni hisoblash mumkin.


Psixotexnikada diqqatning to‘planishi (K)ni sifatiy baholashda quyidagi mezon qabul qilinadi: juda yaxshi – 81–100%, yaxshi – 61–80%, o‘rta – 41–60%, yomon – 21–40%, juda yomon – 0–20%.
Topshiriqni bajarish tezligi ko‘rsatkichi (A) quyidagi formula bilan aniqlanadi:

A A =

S

t

bu erda S – sinaluvchining korrektur jadvalda ishlagan qismi;


t – bajargan vaqti.
Diqqatning ko‘chishini o‘rganish uchun sinaluvchiga korrektur jadvaldagi toq va juft qatorlardagi har xil harflar to‘plamini o‘chirish taklif etiladi. Diqqatning ko‘chish darajasi (C) quyidagi formula bilan hisoblanadi:



C C =

So

* 100.

S

bu erda S0 –xato ishlangan qatorlar soni;


S – sinaluvchi jadvalda ishlagan qatorlarning umumiy soni.
Tadqiqot natijalarini grafik tarzida tasvirlash mumkin. Bunda abtsissa o‘qiga – ish tezligining o‘zgarishi (ma'lum vaqt birligida qarab chiqilgan harflar soni) va ordinata o‘qiga aniqlikning o‘zgarishi (o‘sha vaqt oralig‘ida xatolar soni) joylashtiriladi. Bu diqqatning o‘zgaruvchanligi xarakterining rivojlanishini kuzatish imkonini beradi. To‘g‘ri o‘chirilgan harflar soniga qarab diqqat barqarorligi darajasi haqida xulosa qilish mumkin. Xatolar qog‘ozning hamma erida borligi diqqatning tebranishi haqida ma'lumot beradi. Agar tajriba oxirida xatolar ko‘payib ketsa, bu diqqatning umumiy kuchsizligi, ish qobiliyatining sustligidan dalolat beradi. Topshiriqni tez bajarish va xatolarning yo‘qligi o‘quvchida ixtiyoriy diqqat barqarorligidan dalolat beradi.
Bog‘cha yoshidagi bolalarda bu tadqiqotni o‘tkazish uchun frantsuz oftalmologi E.Landolt tomonidan korrektur sinovning uzuklarga asoslangan o‘zgartirilgan variantini qo‘llash mumkin.
Tajriba qog‘ozi turli tarafga qaratilgan – uzuklarning tasodifiy to‘plamidan iboratdir (4-ilova).
Tajriba va unda olingan natijalarni qayta ishlash, xuddi B.Bourdon jadvali metodikasiday olib boriladi.

Yüklə 0,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin