3.1.2.2. XXI asr kimyosi. (2 soat). XXI asrda biokimyo. “Kimyoviy tibbiyot”, biomolekulyar obektlar bilan ishlash. Biokoordinatsion birikmalar va biologik mikrochiplarning kelajagi. Kimyoviy biotexnologiya va biopolimerlarning vujudga kelishi. Biokimyoning ishlatilish sohalari (radiatsion biokimyo, biotexnologiyalar, oziq-ovqat, tibbiyot, farmasevtika va qishloq xo’jaligi sohasida).
Kimyoviy nanotexnologiyaning shakllanishi va yutuqlari. O’ta kichik o’lchamdagi materiallar olish. Kimyoviy texnologiya va ishlab chiqarish jarayonlarini takomillashtirish bosqichlari.
Molekulyar va supramolekulyar kimyo. Fotokatalitik sintez. Femtokimyo (o’ta tezkor jarayonlar kimyosi). Magnitkimyo. Biogeokimyo, koinot kimyosi va astrokimyo gibrid fanlarning vujudga kelishi.
[A3.105-114; A4.108-113; T1. 34-41].
3.2. Seminar mashg’ulotlari mazmuni
3.2.1. Аlkimyodan oldingi dastlabki kimyoda atom, element tushunchasi Dastlabki kimyoda atom, element tushunchasi. (2 soat). Dastlabki elementlar (unsur) haqida Fales Miletskiy, Anaksimen, Geraklit, Empedokl fikrlari. Grek atomistikasi. Atom tushunchasining kiritilishi (Levkipp 500-440), Demokrit (470-390). Epikur va Tit Lukretsiy Karning ishlari
[A1. 11-24; 31-45; A2. 10-15; 16-21; A3. 3-9; 10-13; 13-19; 16-28; A4.11-21; 22-29; Q2.9-16; 17-36; T1.3-9; 10-21].
3.2.2. Yunon-Misr, Arab va Yevropa alkimyosi va mashxur alkimyogarlar (2 soat). Alkimyo. Alkimyoning maqsadlari va ularga erishish yo’lida qilingan urinishlar. Yunon-Misr alkimyosi. G’arb alkimyosi va u erishgan natijalar va yutuqlar. Alkimyoning tugallanishi sabablari. Kimyoning birlashish davri.
[A1. 11-24; 31-45; A2. 10-15; 16-21; A3. 3-9; 10-13; 13-19; 16-28; A4.11-21; 22-29; Q2.9-16; 17-36; T1.3-9; 10-21].
3.2.3. Yatrokimyo va pnevmokimyo, ularning namoyondalari. R.Boyl (1 soat). Yatrokimyo va uning erishgan natijalari. Paratsels g’oyalari. Pnevmokimyo-gazlar kimyosi. XVII asrda amaliy kimyo va atomistika. Boyl va uning zamondoshlari. Kimyoning vazifalari to’g’risida aytilgan R.Boyl fikrlari.
[A1. 61-69; 85-103; A2. 30-38; 43-57; A3. 47-50; 51-53; 54-57; 58-67; A4. 22-29; Q2.29-33; 34-52; T1.10-21].