O`quv ishlari bo`yicha prorektor A. Soleyev “ ” 2021-yil



Yüklə 0,74 Mb.
səhifə2/59
tarix01.03.2023
ölçüsü0,74 Mb.
#86041
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   59
ff546497c1ac2d220a1528bc30d845ce ADABIYOTSHUNOSLIK METODOLOGIYASI

Tayanch tushunchalar: “Adabiyotshunoslikka kirish”, “Adabiyot tarixi”, “Adabiyot nazariyasi”, “Adabiy tanqid”, adabiyotshunoslik metodologiyasi, adabiy-nazariy bilim, ilmiy-nazariy, badiiy-estetik.

Ma’lumki, talabalar bakalavriat ta’lim yo‘nalishida 1-kursdan boshlab “Adabiyotshunoslikka kirish” kursidan nazariy ma’lumot ola boshlaydilar. Yuqori kurslarda ularga “Adabiyot tarixi”, “Adabiyot nazariyasi”, “Adabiy tanqid” kabi adabiyotshunoslik fanining tarkibiy qismlaridan chuqur saboq beriladi. Magistratura sohasida esa bakalavriat ta’lim bosqichida egallangan bilim va ko‘nikmalar yanada mustahkamlanib, ularni uslubiy yo‘naltirish malakasi shakllantirilishiga e’tibor qaratiladi.


Bakalavriat ta’lim yo‘nalishida bo‘lajak filolog-mutaxassislarga badiiy adabiyotning mohiyati, uning predmeti, so‘z san’ati sifatidagi tabiati, adabiy tur va janrlar, badiiy obraz va obrazlilik, she’r tizimlari, badiiy tasvir va ifoda vositalari kabi adabiy-nazariy tushunchalar bosqichma-bosqich o‘rgatib borilsa, magistraturada adabiyot ixtisosligi bo‘yicha chuqur nazariy saboq berilishi ko‘zda tutiladi. Shu maqsadda magistrlarga adabiyotshunoslikka daxldor ma’lumotlar aniq bir davrda yaratilgan badiiy asarlar tahlili jarayonida o‘sha davr adabiyotining taraqqiyot tamoyillarini va usullarini o‘rganish asosida tushuntiriladi.
“Adabiyotshunoslik metodologiyasi” Adabiyotshunoslik tarkibiga kiruvchi alohida fandir. U Adabiyotshunoslik tarkibiga kiruvchi “Adabiy tanqid”, “Adabiyot tarixi”, “Adabiyot nazariyasi”, “Adabiy manbashunoslik”, “Adabiy matnshunoslik”, “Bibliografiya” kabi fanlar orasida alohida o‘rin tutishi barobarida ularga xos nazariy tushunchalarni o‘zida jamlab kelishi bilan ajralib turadi.
“Adabiyotshunoslik metodologiyasi” o‘tmish va hozirgi zamon adabiyotini o‘rganish tamoyillari va usullari haqida bahs yuritadi. Shundan kelib chiqib, "Adabiyotshunoslik metologiyasi" kursining asosiy maqsadini bakalavriat ta’lim yo‘nalishida olingan adabiy-nazariy bilimlarni magistratura bosqichida yanada mustahkamlab, uni muayyan bir tizimga keltirgan holda o‘tmish va hozirgi adabiyotni o‘rganish tamoyillari va usullarini belgilab olish tashkil qiladi. "Adabiyotshunoslik metodologiyasi" kursi o‘zbek adabiyoti ixtisosligi bo‘yicha ta’lim oluvchi birinchi bosqich magistrlarining bakalavriat ta’limi davrida adabiyotshunoslik fanidan olgan nazariy bilimlarini mustahkamlash asosida ularni adabiyotshunos-tadqiqotchi qilib tayyorlashni o‘z oldiga vazifa qilib qo‘yadi. Shuningdek, adabiyotshunoslik fanlarining eng muhim ilmiy-nazariy asoslarini o‘rganishga undaydi;
Buning uchun quyidagi vazifalarni bajarish ko‘zda tutiladi:
- badiiy asar tahliliga bo‘lgan yondashuvlarning turlari va mohiyatini bilib olish;
- badiiy asar va adabiyotshunoslikka oid ilmiy-nazariy tadqiqotlarni tahlil etishning turli metodlaridan xabardor bo‘lish;
- turli xildagi adabiyotshunoslik fanlarining ilmiy-nazariy, badiiy-estetik imkoniyatlarini ta’lim-tarbiya jarayoniga yo‘naltirish metodikasini o‘rganish uning asosiy vazifalari sanaladi.
Ma’ruza mashg’ulotlarining har birida adabiyotshunoslikning aniq bir masalasi bo‘yicha fikr almashiniladi. Belgilangan mavzu magistrlar bilan muhokama qilinadi. Mavzu mohiyati yuzasidan savol-javob o‘tkaziladi. Kezi kelganda bahsu munozara qilinadi.
Seminar mashg’ulotlarida magistrlarning mustaqil holda muayyan mavzuni atroflicha chuqur muhokama qilishlari, amaliy mashg’ulotlar davomida esa olingan nazariy bilimlarni tadbiq etish ko‘nikmalarini hosil qilishlari, rivojlantirishlari lozim bo‘ladi.
Adabiyotshunoslik ilmidagi, bugungi adabiy jarayondagi yangiliklar bilan, yaratilayotgan yangi badiiy asarlar bilan muntazam tanishib borish to‘laqonli adabiyotshunos bo‘lib yetishishning muhim shartlaridandir. Shuning uchun magistrlar vaqtli nashrlardagi adabiyotshunoslikka oid chiqishlar, adabiy-tanqidiy maqolalar bilan tanishib borishi zarur. Ikkinchidan, ular har bir e’lon qilinayotgan yangi she’riy, nasriy yoxud dramatik asarlardan ham xabardor bo‘lib borishlari talab qilinadi. Uchinchidan, magistrlar olgan nazariy bilimlari asosida o‘qib o‘rganayotgan asarini tahlil qilishga harakat qilishi lozim. Shu yo‘l bilan ular olgan bilimlarini mustahkamlay oladilar. To‘rtinchidan, adabiyotshunoslikdan chuqur bilim olish uchun rus va boshqa tillardagi adabiyotlardan ham foydalanish muhim. Beshinchidan, bugungi kunda internet tarmog’i orqali adabiyotshunoslikdagi eng so‘nggi yangiliklar bilan muntazam tanishib borish davr talabiga aylanib qoldi. Bu imkoniyatdan samarali foydalanish yetuk adabiyotshunos bo‘lib yetishishning garovidir.
Xullas, "Adabiyotshunoslik metologiyasi" adabiyotshunoslik fanini yaxlit tizim holida tushunishga imkon yaratadi.
Fanni o‘zlashtirishga qo‘yiladigan umumiy talablar quyidagilardan iborat:
- ushbu fanni o‘rganish asosida magistlar quyidagi bilim, ko‘nikma va malakalarini o‘zlashtirishi zarur:
- badiiy adabiyotning o‘qitilishida uning tabiatiga xos bo‘lgan asosiy, yetakchi xususiyatlarni bilish;
- badiiy adabiyot tahlilining tarixi haqidagi tasavvurlarga ega bo‘lish;
- adabiy tahlil tarixidagi alohida yirik siymolar va ularning asarlari bilan tanishish;
- adabiyotshunoslikdagi, shuningdek, metodika fanidagi mavjud tahlil usullarini bilish;
- adabiy asarning o‘quv hamda ilmiy tahlili orasidagi yaqinlik va tafovvutlar haqidagi ilmiy-nazariy hamda amaliy qarashlarni bilish;
- olgan nazariy bilimlarini amaliyotga, xususan alohida olingan asarlar va dars jarayoniga tatbiq eta olish.
“Adabiyotshunoslik metodologiyasi" fanini o‘rganish uchun magistratura ta’lim yo‘nalishida 80 soat auditoriya mashg’ulotlari ajratilgan. Shundan 32 soat ma’ruza, 24 soat amaliy mashg’ulot, 24 soat tajriba mashg’ulotlaridir.
Adabiyotshunoslik metodologiyasi adabiyotshunoslikning mustaqil tarkibiy qismlaridan biri sanaladi. Shunga ko‘ra, adabiyotshunoslik metodologiyasi fan sifatida adabiyotshunoslikning muayyan yo‘nalishlari doirasida faoliyat yuritadi va o‘ziga xos ilmiy xulosalar chiqaradi. Shu bilan birga u adabiyotshunoslikning adabiyot nazariyasi, adabiy tanqid, adabiyot tarixi singari sohalari bilan bog’liqlikda ish yuritadi.
Adabiyotshunoslik metodologiyasining obyektini badiiy asar, ijodkor, nazariy asarlar adabiyot tarixiga doir tadqiqotlar, adabiy-tanqidiy asarlar tashkil etadi. Adabiyotshunoslik metodlari mazkur fanning tarkibiy qismlari sanaladi. Adabiyotshunoslik maktablari ham shu fan doirasida o‘rganiladi.
Adabiyotshunoslik metodologiyasi fan sifatida o‘ziga xos xususiyatlarga ega. Bu, avvalo, uning o‘ziga xos tamoyillarga egaligi bilan belgilanadi.
Metodologiya – yunoncha so‘z bo‘lib, usul, metodlar haqidagi
ta’limot degan ma’noni anglatadi. Metodologiyaning yetakchi belgilari
haqida gap ketganda, ikki jihat farqlab ko‘rsatiladi: 1. Ilmiy bilish
metodlari, usullari to‘g’risidagi ta’limot. 2. Inson faoliyatining
biron-bir sohasida qo‘llaniladigan metodlar, usullar majmuasi.
Shuningdek, metodologiyaga ilmiy izlanish nazariyasi va tahlili
haqidagi ta’limot sifatida ham urg’u qaratiladi. Binobarin, aytish
mumkinki, metodologiya mutlaqlashtirilmagan va ideallashtirilmagan
holda inson tasavvuri va tafakkuri kashf etgan barcha ilmiy-ijodiy
kashfiyotlarni tadqiq etishning turli xil vosita va usullari
majmuidir. Shundan ayon bo‘ladiki, ilm-fan, adabiyot va san’atning
barcha turlari muayyan metodologik tamoyillar asosida va zaminida
tadqiq va talqin etiladi. Har bir sohaning metodologik
tamoyillarini aniq belgilash shu sohaning metodologik asoslarini
aniqlash demakdir. Mustaqillik davrida barcha sohada metodologik tamoyillarning yangilanish jarayonlarini o‘rganishga kirishilayotganligi bois uning metodologik asoslari haqida dastlabki qarashlar endi-endi vujudga kela boshladi. Jumladan, «Falsafa asoslari» nomli kitobda mustaqillik yillarida falsafaniig yangilanishi uchun zarur bulgan asoslar quyidagicha ko‘rsatiladi: 1. Moddiy-iqtisodiy asoslar. 2. Ijtimoiy-siyosiy asoslar. 3. Ma’naviy asoslar. «Falsafa» qisqacha izohli lug’atida esa «metodologiya asoslarining ijtimoiy-tarixiy, ijtimoiy-ilmiy, insoniy, shaxsiy, madaniy zaminlari qayd etildi», deb ko‘rsatiladi.
Adabiyotshunoslikda metodologiya muammolari hamisha dolzarb muammolardan biri hisoblanadi. Adabiyotshunoslik metodologiyasi bo‘yicha izlanishlar, asosan, o‘tgan asrning yetmishinchi yillaridan boshlab, to‘qsoninchi yillargacha davom etdi. Jumladan, yetmishinchi yillarda chiqqan M.Nurmatovning «Tanqid va estetika», H.Umirovning “Tahlil san’ati» kabi kitoblari adabiyotshunoslik metodologiyasi va metodlari muammosiga bag’ishlangan. M.Nurmatov adabiyotshunoslik metodlarining falsafa va estetika metodologiyasi bilan mushtarak jihatiga e’tibor qaratsa, H.Umirov sosialistik realizm metodi tasnifi masalasiga urg’u beradi. Izzat Sultonning “Adabiyot nazariyasi” darsligida esa, «Adabiyotshunoslik metodologiyasi» tarkibiy qism sifatida talqin etiladi. Bu tadqiqotlar ichida B.Nazarov doktorlik dissertasiyasi alohida ahamiyatga ega. Unda tanqidchilikning metodologik asoslari va tamoyillari atroflicha tadqiq etilgan. Jumladan, o‘zbek tanqidchiligining taraqqiyot tamoyli nazariy kamolot yo‘lidagi izlanishlari, metod va uslub, zamon va qahramon muammolariga asosiy e’tibor qaratilgan.
Adabiyotshunoslik metodlari va metodologiya muammolari saksoninchi yillarning oxiri va to‘qsoninchi yillarning boshlarida yangicha yo‘nalish kasb eta boshladi. Bu davr adabiyotshunosligida metodologik tamoyillarning spesifik xususiyatlari, tahlil prinsiplarining o‘ziga xosligidan kelib chiqqan holda xilma-xil ekanligi e’tirof etila boshlandi. Shuningdek, bu markscha-lenincha ta’limotga asoslangan metodologiya shubha ostiga olinishi bilan birga, yangicha metodologik tamoyillar dastlabki mulohazalar paydo bo‘ldi. Bu jihatdan A.Rasulovning «Tanqidchilik ufqlari» kitobi xarakterli. Unda sho‘ro ta’limotining so‘nggi davrlariga oid murakkabliklarni ham, yangidan tug’ilib kelayotgan tafakkur tarzini o‘ziga xos tarzda mujassamlashtira olishning namunasini ham ko‘rish mumkin. Chunki adabiyotshunos olim adabiy tanqid metodologiyasi haqidagi fikr-mulohazalarini bayon etar ekan, albatta markscha-lenincha ta’limotga suyanishga harakat qiladi, biroq tahlil jarayonida bu prinsipdan chekinib, tanqid metodlari xilma-xil bo‘lishi zarurligi xususidagi asosli ilmiy xulosani ilgari suradi. Biroq bu davrda markscha-lenincha ta’limot asosida ish yuritilganligi sababli ko‘plab to‘g’ri ilmiy xulosalarni tashlashlariga qaramay, asosiy masalalarda sinfiylik, partiyaviylikka asoslangan kommunistik mafkura g’oyalariga mos bir konsepsiyani ilgari surishga harakat qilishdi. Bu ish mustaqillikkacha davom etdi.
Tayanch tushunchalar: adabiyotshunoslik, metodologiya, metod, uslub, adabiyotshunoslik metodologiyasi, metodlar.



Yüklə 0,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   59




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin