O`quv ishlari bo`yicha prorektor A. Soleyev “ ” 2021-yil



Yüklə 0,74 Mb.
səhifə6/59
tarix01.03.2023
ölçüsü0,74 Mb.
#86041
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   59
ff546497c1ac2d220a1528bc30d845ce ADABIYOTSHUNOSLIK METODOLOGIYASI

3. Ijtimoiy-tarixiy asos.Adabiyotshunoslik ijtimoiy soha sifatida ma’lum bir ijtimoiy-tarixiy davr bilan uzviy bog’langan. Muayyan
ijtimoiy-tarixiy davrda kechayotgan o‘zgarishlar, yangilanish
jarayonlari shubhasiz adabiyotshunoslik faoliyatida ham o‘z aksini topadi.
Mustaqillikdan so‘ng vujudga kelgan yangicha ijtimoiy-tarixiy
jarayon, avvalo, iqtisodiy, siyosiy va madaniy o‘zgarishlar adabiyotshunoslikda yangicha konsepsiya va tamoyillarning paydo bo‘lishida asosiy omillardan biri hisoblanadi. Adabiyotshunoslik metodologiyasi faol va hozirjavob fan sifatida yuz berayotgan ijtimoiy-tarixiy jarayonning barcha qirralarini o‘z substansiyasida to‘la aks etgiradi, ushbu jarayonning faol ishtirokchisiga aylanadi. Bu xususiyat adabiyotshunoslik metodologiyasining muhim jihatlaridan biridir.
4. Mafkuraviy asos.Adabiyotshunoslik metodologiyasining muhim asoslaridan biri – mafkura. «Mafkura esa muayyan ijtimoiy guruh, ijtimoiy qatlam, millat, davlat, xalq va jamiyatning ehtiyojlari, maqsad-muddao, orzu-intilishlari hamda ularni amalga oshirish tamoyillarini o‘zida mujassam etadigan g’oyalar tizimidir». Muayyan g’oyalar tizimi sifatida u inson dunyoqarashining in’ikosi. Insoniyat tarixidan ma’lumki, dunyoqarashning o‘zak masalasini ezgulik bilan yovuzlik, go‘zallik bilan xunuklik, ozodlik bilan bosqinchilik, ma’rifat va jaholat, odob-axloq va axloqsizlik kabi g’oyalarning izchil kurashi tashkil etib kelgan. Shunga ko‘ra g’oyalar ikki xil - progressiv va reaksion g’oyalarga bo‘linadi: biri jamiyat taraqqiyotiga, insoniyat ma’naviy kamolotiga xizmat qilsa, reaksion g’oyalar uning tanazzuliga olib keladi. Adabiyot o‘zida ushbu kurashning ma’naviy-ruhiy, ijtimoiy asoslarini mujassamlashtirishi, namoyon qilishi bilan xarakterlanadi. Binobarin, adabiyot va sanatni mafkuradan xoli ko‘rish mumkin emas. Bu borada hozir adabiyotshunoslikda jiddiy bahslar kechmoqda. Adabiyotda mafkuraning mavjudligini inkor etuvchilar ham, zarurligini ta’kidlovchilar ham ko‘plab topiladi. Bugungi adabiyotshunoslik metodologiyasining mafkuraviy asosi haqida gap ketganda, uni sho‘ro davridagi mafkuradan tamoman farqlash zarur bo‘ladi. Negaki, sho‘ro davridagi mafkura asosan yakkayu yagona siyosat yuritgan kommunistik partiya g’oyalariga xizmat qilgan va xalq manfaatlari bilan izchil bog’lanmagan mafkura edi. Bu mafkura sinfiy mezonlar asosida adabiyotshunoslik tafakkurini boshqaruvchi kuchga aylantirilgan. Shu bois sinfiylik tamoyillariga asoslangan mafkura haqidagi nazariyalar adabiyot va san’at ravnaqigagina emas, balki adabiyotshunoslik rivojiga ham katta zarar yetkazdi, uning vazifalarini tamoman boshqa yo‘nalishga burib, g’oyaviy kurash quroliga aylanishiga sabab bo‘ldi. Hatto estetik tushuncha hisoblanmish umuminsoniy kategoriyalar - ijobiylik yoxud salbiylik, go‘zallik va fojiaviylik, ma’naviy barkamollik va tubanlik kabi xislatlar ham sinfiy mezonlarga bo‘ysundirildi. Bu xil zo‘ravonlikka asoslangan talablar badiiy asarning ma’lum bir qolipda, ma’lum bir andozalar asosida yaratilishiga, ijodkorlik va ijod erkinligining bo‘g’ilishiga olib keldi. Natijada, adabiyotda bir xillik, sxematizm avj oddi. Sinfiylikka asoslangan soxta gumanizm, soxta axloq normalari tasvir etila boshladi. Adabiyotshunoslikning badiiy asarni baholashdagi erki cheklandi. U g’oyaviy kurashda kommunistik partiyaning avangard kuchlaridan biri deb e’lon qilindi. Hokim mafkura sinfiylik va partiyaviylikni adabiyotshunoslikning zarur shartlaridan biriga aylantirdi.
Agar shu jihatdan adabiyotshunoslikning so‘nggi yillardagi namunalarini ko‘zdan kechiradigan bo‘lsak, uning metodologik tamoyillari milliy mafkura, ya’ni ezgu g’oyalarni mujassamlashtirgan mafkura tamoyillariga mushtarak ekanligini ko‘rish mumkin. Jumladan, milliy istiqlol mafkurasining asosiy tamoyillari va g’oyalari quyidagilardan tashkil topgan:
1. O‘zbekiston xalqlarining tub manfaatlarini ifoda etadi.O‘tmishni kelajak bilan bog’lovchi ma’naviy ko‘prik ekanligi.Xalqni ezgu, buyuk maqsadlar uchun birlashtiruvchi va safarbar etuvchi kuch ekanligi. 4. Xalq bunyodkorligining asosiy mezoni ekanligi. 5. Kishilarni yaratuvchilik faoliyatiga safarbar etishi va g’oyaviy jihatdan himoya qilishi. 6. Yosh avlodni ezgulik yo‘lida tarbiyalash asosiy omili bo‘lishi.
Milliy mafkuraning asosiy g’oyalari quyidagilardan iborat. 1. Vatan ravnaqi. 2. Yurt tinchligi. 3. Xalq farovonligi. 4. Komil inson. 5. Ijtimoiy hamkorlik. 6. Millatlararo totuvlik. 7. Diniy bag’rikenglik.
Ushbu tamoyil va g’oyalar bilan istiqlol davri adabiyotshunosligining yetakchi tamoyillarini qiyoslasak, mushtarak jihatlar nihoyatda ko‘p ekanligining guvoxi bo‘lamiz. Jumladan, bu davr tanqidchiligida:
- Milliy o‘zlikni anglash konsepsiyasining ustuvor konsepsiyaga aylanishi; buning uchun XX asr o‘zbek adabiyotini, jumladan, milliy uyg’onish adabiyoti namoyandalari – M.Behbudiy, A.Avloniy, A.Fitrat, A.Qodiriy, A.Cho‘lpon kabi ijodkorlar ijodini qayta baholash va shu asosda o‘zlikni anglash, milliy qadriyatlarni tiklash va ulug’lash konsepsiyasining ustuvorligi;
- Milliy mentalitetga e’tiborning kuchayishi, milliy qadriyatlarni ulug’lash asnosida umuminsoniy g’oyalarni ilgari surish tamoyillariga amal qilish;
- Komil inson konsepsiyasining ustuvorligi;
- Diniy qadriyatlarni tiklash jarayonlarining erkinlashuvi va h.k.
Milliy mafkuraning asosiy tamoyili va g’oyalari o‘z-o‘zidan paydo bo‘lmagan, balki jamiyat ma’naviy taraqqiyotidagi yetakchi kuchlarning, jumladan, adabiyot va san’at, tarix, falsafa, adabiy tanqid kabi sohalarning yetakchi tamoyillari asosida yuzaga kelgan va shu jihati bilan hayotiylik kasb etgan. Demak, adabiyotshunoslik metodologiyasining mafkuraviy asosi deganda tayor andozaga solingan g’oyalar tizimi emas, balki milliy mafkura g’oyalarining shakllanib borishiga doimiy ravishda o‘z hissasini qo‘shib boradigan jarayon nazarda tutiladi.
Xullas, adabiyotshunoslik metodologiyasi o‘ziga xos ilm bo‘lib, uning asosi ham shundan kelib chiqadi. Tilga olingan asoslar uning har bir mukammal namunasida u yoki bu tarzda o‘z tajassumini topganligi shubhasiz.

Yüklə 0,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   59




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin