O`quv ishlari bo`yicha prorektor A. Soleyev “ ” 2021-yil



Yüklə 0,74 Mb.
səhifə32/59
tarix01.03.2023
ölçüsü0,74 Mb.
#86041
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   59
ff546497c1ac2d220a1528bc30d845ce ADABIYOTSHUNOSLIK METODOLOGIYASI

DEKADENTLIK (lot. decadentia – tanazzul, tushkunlik) – XIX asr oxiri – XX asr boshlari Yevropa xalqlari badiiy va ijtimoiy tafakkurida kuzatilgan tushkunlik (tanazzul) holatlarini umumlashtirib ifodalovchi termin. YA’ni D. alohida bir adabiy yo‘nalish yoki oqimga xos bo‘lmay, umuman, shu davrda ijod qilgan san’atkorlarga, hatto, ulkan iqtidor egasi bo‘lgan ayrim realistlarga ham u yoki bu darajada xos bo‘lgan kayfiyat, ruhni anglatadi. D. kayfiyati ertangi kunga, insoniyat kelajagiga umidsiz qarash, inson aql-zakovati, kuch-qudrati, uning oliy xilqat sifatidagi mavjudligiga ishonchsizlik, mavjud voqelikni qabul qila olmaslik kabilarda namoyon bo‘ladi. Mazkur kayfiyatning keng tarqalishi uning ob’yektiv tarzda, jamiyat hayotining barcha jabhalarida kuzatilgan inqiroz natijasi o‘laroq yuzaga kelganidan dalolat beradi. D. kayfiyati ilk bor fransuz simvolistlari (P.Vyerlyen, A.Ryembo, S.Mallarmye) ijodida, keyinroq rus simvolistlari (D.Merejkovskiy, Z.Gippius, F.Sologub) faoliyatida, shuning dek, XX asr boshida ommalashgan nyeonaturalistik proza (L.Andreyev, M.Arsibashyev)da keng kuzatiladi. Dunyoqarash bilan uzviy bog’liqligi va byevosita ijodkorning voqelikka munosabati natijasi o‘laroq yuzaga kelishi e’tiborga olinsa, D. kayfiyatining keyingi davr modyernistik adabiyot vakillari ijodida tyez-tyez ko‘rinish berib turishi ham tabiiy va qonuniy ekani anglashiladi. SHu bilan birga, modomiki, ijodkor dunyo bilan faol munosabatda yashar ekan, hayoti va faoliyatining muayyan bosqichida uning ongiyu qalbida shunday kayfiyat ustuvorlik qilib qolishi mumkinligini ham inkor qilib bo‘lmaydi.
DETAL (fr. detail – tafsilot, mayda-chuyda) – badiiy dyetal; badiiy asarda muayyan mazmun ifodalovchi, g’oyaviy-badiiy yuk tashuvchi tafsilot. Avvalo, D. badiiy voqelikni yaratish vositasi – ashyosi bo‘lib, u tasvirlanayotgan narsa-hodisani konkryetlashtiradi, uni hissiy idrok qilish mumkin bo‘lgan tarzda gavdalantiradi. Boshqacha aytsak, D. asarda tasvirlangan obrazning kichik bir qismi (ya’ni u hamisha pryedmyetlilikni ko‘zda tutadi), dyetallarning birikuvi natijasida o‘sha obraz ko‘z oldimizda butun holda namoyon bo‘ladi. Badiiy D. ortida ma’lum bir realiya mavjud: maishiy turmush yoki joy tafsilotlari, portryet chizgilari va sh.k. SHuning dek, pyersonajning imo-ishoralari (jyest), tana holati (poza), xatti-harakati, gap-so‘zlari ham D. sanaladi, ular bari birlikda konkryet inson obrazini gavdalantiradi. YA’ni badiiy D., avvalo, badiiy voqelikni to‘laqonli va konkryet his etiladigan darajada jonli tasvirlashga xizmat qiladi.
JARGON (fr. jargon – byegona, tushunarsiz til) – muayyan ijtimoiy qatlam, kichik guruhga xos “shyeva”, umumxalq tilidan farqlanib, asosan, shu “shyeva” vakillariga tushunarli bo‘lgan unsurlardan tarkib topadi. J., asosan, lyeksik va frazyeologik birliklar hisobiga yuzaga keladi, shuning uchun ham u tilning lyeksik va frazyeologik sathlarida voqe bo‘luvchi hodisa sifatida ta’riflanadi. Biroq amalda J. , ko‘pincha, bu ikki sath chyegarasidan chiqadi, ya’ni butun boshli gap ham J. sanalishi mumkin. SHuning uchun ham terminning kengroq – “shyeva” sifatida tushunilishi to‘g’riroq bo‘ladi. J. badiiy asarda pyersonajlar nutqini individuallashtirish, muhit koloritini berish maqsadida, asosan, pyersonajlar nutqida qo‘llanadi.

Yüklə 0,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   59




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin