O`quv ishlari bo`yicha prorektor A. Soleyev “ ” 2021-yil



Yüklə 1,13 Mb.
səhifə19/124
tarix15.12.2022
ölçüsü1,13 Mb.
#75176
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   124
f42ed8aee4de5e7b66397c774a7051b2 ADABIYOTSHUNOSLIK NAZARIYASI

Tayanch tushunchalar
Badiiy asar-yaxlit olam. Mazmun-asarda aks etgan badiiy parcha. Shakl-mazmunning “libosi”. Ularning bir-biriga o’tishi. Mazmun va shakl – birbutunlik.


Savol va vazifalar
1. Adabiy asar mazmuni nima? Shakli-chi?
2. Mazmun va shaklning – bir-biriga o’tishi va ikkalasining yaxlitligi.
3. A.Qahhorning “O’g’ri” hikoyasi va hamid Olimjonning “O’rik gullaganda” she’rining mazmuni, shaklini tahlil qiling; mashq daftaringizga qayd qiling.
Adabiyotlar
1. N.Shukurov va boshqalar. Adabiyotshunoslikka kirish, T., “O’qituvchi”, 1979, 93-99-betlar.
2. T.Boboyev. Adabiyotshunoslikka kirish, T., “O’qituvchi”, 1979, 92-98-betlar.
3. Vvedeniye v literaturovedeniye, M., “Vыshaya shkola”, 1988, 180-188-betlar.
4. Hamid Olimjon. Mukammal asarlar to’plami, T., “Fan”, 1979.
5. Pirimqul Qodirov. Yulduzli tunlar. Bobur, T., “O’zbekiston”, 1999.
Mavzu: Mazmun va shakl birligi

Reja:


  1. Oqilona hayot va san’atkor

  2. Badiiy tema va uning asosiy xususiyatlari

  3. Badiiy g’oya va uning tema bilan yaxlitligi



Poetry and Tragedy: the beautiful, and the sublime Turning to literature proper to search for examples of the poetry of life, two genres seem most promising--poetry and tragic drama. Each represents a quite different if not opposite expression of the poetic temperament in literature. This difference, in turn, may provide a crucial insight into a basic division of poetic modalities in life. Hopefully it will not require much print to support the idea that poetry and tragedy are two fundamental paradigms of literature, its two most definitive genres: poetry as elemental to, and tragedy as comprehensive of, the experience of human existence.
Badiiy adabiyot – insonshunoslik ekan, demak, inson hayoti, uning kechinmalari, ehtiroslari, munosabatlari – hamma faoliyati badiiy asarning “tepib turgan yuragi, uning qoni va joni, uning shu’lasi va quyoshi”(V.Belinskiy)dir. “Butun olam, barcha ranglar, buyoqlar va ohanglar, tabiat va hayotning barcha shakllari poeziya (adabiyot – h.U) hodisasi bo’lishi mumkin. Lekin u hodisalar zamirida nima yashiringan, ularning mavjudlik sababi qayerda va ular bizni nimasi bilan maftun etadi – masalaning mohiyati shunda”1 ekan, uni ijodkor qanday hal qiladi?
“Masalan, qiynoqni, qatlni, mastlikda yuvindi chuqurga yiqilib tushgan odamning bebaxt o’limini juda natural tarzda tasvirlab berish mumkin, lekin bu tasvirlarning hammasi dilni xira qiladigan darajada xunuk va mazmunsiz bo’ladi, negaki, ularda hyech qanday oqilona fikr, hyech qanday oqilona maqsad bo’lmaydi. Ammo mo’yqalam egasi insonning haqiqat yo’lida kaltaklanishini tabiiy ko’rsatsa, uning qiyofasida bardoshning jismoniy iztirobi ustidan g’alabasini ifodalaydigan bo’lsa, u holda manzaradagi tabiiylik kuchaygan sayin manzara go’zalroq va badiiyroq bo’ladi, chunki oqilona maqsad va oqilona fikr yaqqolroq ko’rinadi. Nimaiki voqye bo’lsa, oqilonadir va nimaiki oqilona bo’lsa, u voqyedir: bu-ulug’ haqiqat; biroq voqyelikdagi hamma narsa ham oqilona emas. San’atkor uchun esa, faqat oqilona voqyelik darkor. Lekin san’atkor uning quli emas, bunyodkori. San’atkor uning izidan bormaydi, balki unga o’z idealini singdiradi va shunga ko’ra qayta yaratadi2.

Yüklə 1,13 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   124




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin