46. «…Asarning shahobchalarini emas, novdalarini emas, balki tub ideyani, novdalarni tutib turgan ona yog’ochni, ildizni salmoqlab ko’rish kerak», avtori? a) V.Belinskiy.
b) M.Gorkiy.
c) A.Qahhor.
d) P.Qodirov.
e) Oybek.
47. «Adabiy asarlar turmushni jonli ko’rsatib, odamlarning fikr va tuyg’ulariga kuchli ta’sir qiladi. Badiiy chuqur, fikr-his jihatidan to’la adabiy asarlar o’quvchini uzoq vaqt o’ziga bog’lab, asir qilib oladi. Adabiyot turmushni abstrakt tushuntirmay, konkret badiiy umumlashtirib, jonli anglatadi» - fikrlarning muallifini toping? a) P.Qodirov.
b) V.Belinskiy.
c) A.Qahhor.
d) Oybek.
48. «ma’lumki, adabiy tanqid asarga xalq manfaatlari, xalqning talablari nuqtai nazaridan baho beradi, buning uchun asarni mazmun jihatidan ham, shakl jihatidan ham chuqur tahlil qilib, uning fazilat va nuqsonlarini ochib beradi. Tanqid adabiyotni olg’a suradigan kuch bo’lishi bilan birga yoshlar uchun maktab vazifasini o’taydi». Ushbu mulohazalar kimga tegishli? a) P.Qodirovga.
b) V.Belinskiyga.
c) A.Qadiriyga.
d) A.Oripovga.
e) A.Qahhor.
49. «Adabiyot – ko’ngil ishi, ilhom samarasi. Tuyg’usiz, ilhomsiz yozilgan asar changlanmagan gulga o’xshaydi – meva tugmaydi. Ko’ngil rozi bo’lgan asargina kitobxonning ko’ngliga yo’l topadi, kitobxonning ko’nglida meva tugadi», - mulohazalari kimga tegishli? a) A.Qodiriyga.
b) V.Belinskiyga.
c) I.Sultonga.
d) N.Shukurovga.
e) A.Qahhorga.
50. «Adabiyot» terminining ma’nosini aniqlang? a) Arabcha so’z, «adab» so’zining ko’plik shakli.
b) Lotincha so’z, ma’nosi kitoblar.
c) Yunoncha so’z, ma’nosi – «yozma asarlar».
d) Fransuzcha so’z, ma’nosi «harf».
e) O’zbekcha so’z, ma’nosida – «badiiy asarlar».
51. «Literatura» terminining ma’nosi nima? a) Fransuzcha so’z, ma’nosi «adabiyot».
b) Lotincha so’z, ma’nosida – «harf».
c) Arabcha so’z, ma’nosida – «odob axloq».
d) Yunoncha so’z, ma’nosi «og’zaki adabiyot».
e) Ruscha so’z, ma’nosi – «adabiyot».