57. Sharq klassik adabiyotida adabiy-tanqidiy fikrlar (XIX asrgacha) qaysi shakllarda ifodalangan?
a) Adabiy anjumanlarda, badiiy asarlar tarkibida, tazkiralarda, tarixiy-memuar asarlarda, «ilmi adab» da.
b) Maqola, munozara, bahs, taqriz kabi janrlarda.
c) Falsafa fani doirasida ifodalangan.
d) Maxsus adabiy-tanqidiy asarlarda ifodalangan.
e) XX asr estetika va adabiyotshunoslik asarlarida.
58. «Mening fikrimcha, realizm detallarning haqqoniyligidan tashqari, tipik xarakterlarning tipik sharoitlarda haqqoniy tasvirlanishini ham taqozo etadi» fikri kimning qaysi asaridan olingan?
a) F.Engelsning 1888 yilda M.Garknesga yozgan xatida.
b) K.Marks va F.Engelsning «Tabiat dialektikasi»da.
c) V.Belinskiyning «Adabiy orzular» kitobida.
d) V.Belinskiyning «Poeziyaning xil va navlarga bo’linishida».
e) T.Boboyevning «Adabiyotshunoslik asoslari»da.
59. «Adabiyot» terminining keng ma’nosini toping?
a) Badiiy asarlar.
b) Roman, povest, hikoya, novella.
c) Odob-axloqqagina oid kitoblar.
d) Poeziya, proza, dramaturgiya.
e) Ko’pchilikka mo’ljallangan kitoblar broshyuralar va shu kabilar.
60. Badiiy adabiyotning birinchi elementi nima?
a) Ritm, ohang.
b) Kompozitsiya.
c) Badiiy g’oya.
d) Syujet.
e) Nutq, til.
61. «Xarakter» terminining ma’nosini aniqlang?
a) Xususiyat, belgi.
b) Iz, nusxa.
c) Tamg’a, namuna.
d) Predmet, mazmun.
e) Dastlabki, boshlang’ich.
62. Obraz yaratishning qaysi yo’llari bor?
a) Jamlash va prototik.
b) Ijobiy va salbiy.
c) Yumoristik va satirik.
d) Xayoliy va fantastik.
e) Romantik va realistik.
63. «Prototik» atamasining ma’nosi nima?
a) Dastlabki, boshlang’ich, ilk.
b) Xususiyat, belgi.
c) Tamg’a, nusxa.
d) Predmet, mazmun.
e) Iz, namuna.
Dostları ilə paylaş: |