«Elementar matematika” kursi bo‘lajak matematika o‘qituvchilariga elementar matematikadan masala va misol yechish jarayonini o‘rgatish bilan birga ularning kelajakdagi ish faoliyatlarida amaliy ahamiyat kasb etuvchi matematik bilim, ko‘nikma va malakalarni shakllantirish va rivojlantirishdan iborat
2.Fanni o‘zlashtirish uchun zarur boshlang‘ich bilimlar
«Elementar matematika” fanining o‘zlashtirish uchun zarur boshlang‘ich bilimlar - talabalarga umumiy o‘rta ta'lim maktablar va akademik liseylarda qaralayotgan matematik masalalarni, ularni yechish usullarini chuqurroq o‘rgatish, talabalarda matematik masalalar yechish bo‘yicha umumlashgan ko‘nikma va malakalarni shakllantirish va rivojlantirishdan iborat.
3.Ta’lim natijalari (TN)
TN1
Matematikadan masala va misollarni yеchish, uni turlarga ajrata bilish, yеchish usulini tanlay bilish, matematik modelini tuzib, shu modelda еchishni amalga oshirish, masala yеchimlarini tahlil qila bilishhaqida tasavvurga ega boʻlish
TN2
Turli tenglama va tengsizliklarni yеchish usullarini o’rganish
TN3
Geometrik almashtirishlarning masalalar yеchishga tatbiqlarini, aylana doira va ulardagi metrik munosabatlarni bilish
TN4
Uchburchakda metrik munosabatlarni, yassi figuralar yuzalarini hisoblashni, koʻpburchaklarga ichki aylana chizish shartlari o’rganish
TN5
Koʻp yoqli figuralar, ularning sirtlari, hajmlari, aylanma jismlar va ularning sirtlari va hajmlarini hisoblashni bilish
TN6
Fazoviy figuralarning oʻzaro kombinatsiyasiga doir masalalarni yеchishni bilish
TN7
Haqiqiy argumentli trigonometrik funksiyalar va ularning xossalarini, bir xil argumentli trigonometrik funksiyalar orasidagi munosabatlarni, qoʻshish teoremalari va ularning natijalarini o’rganish
TN8
Trigonometrik funksiyaning koʻpaytmasini yigʻindiga va aksincha, almashtirish formulalarni, trigonometrik funksiyalarning grafiklarini yasashni bilish
TN9
Teskari trigonometrik funksiyalar va ularning xossalarini, grafiklarini, trigonometrik tenglamalar va ularni yеchish usullari, trigonometrik tengsizliklarni va ularning sistemalarini yеchishni bilish va ulardan foydalana olish