O'quv ishlari bo’yicha prorektor


О‘zbekistonning Tojikiston bilan hamkorligi



Yüklə 0,7 Mb.
səhifə92/115
tarix13.06.2023
ölçüsü0,7 Mb.
#129708
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   115
O\'quv ishlari bo’yicha prorektor

О‘zbekistonning Tojikiston bilan hamkorligi.
О‘zbekiston va Tojikiston hamkorligini sifat jihatidan yangi bosqichga kо‘tarish, uni amaliy mazmun bilan boyitishda О‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2018 yil 9-10-mart kunlari Tojikistonga qilgan ilk davlat tashrifi alohida ahamiyat kasb etdi.
Dushanbe shahridagi «Qasri Millat» qarorgohida Shavkat Mirziyoyev va Imomali Rahmon о‘rtasida muzokara о‘tkazildi. Muzokaralarda siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, moliyaviy, transport-kommunikatsiya, suv-energetika, madaniy-gumanitar sohalarda va hududlararo hamkorlikni rivojlantirish, fuqarolarning о‘zaro qatnovi uchun qulayliklarni oshirish masalalari muhokama etildi. Ikki davlat о‘rtasida turizm muammolarini yengillashtirish bо‘yicha chora-tadbirlar, ya’ni, ikki tomonlama vizasiz rejimni joriy qilish va ikki davlat chegarasidagi 16 ta о‘tkazish punktlarini asta-sekin ochish masalalari ham muhokama qilindi.
Ma’lumki, 2017 yilning aprel oyida mamlakatlarimiz poytaxtlari о‘rtasidagi aviatashuvlar, temiryо‘l qatnovi qayta tiklandi. Samarqand-Panjikent oralig‘ida A-377 xalqaro avtomobil yо‘li ochildi. О‘zbekiston-Tojikiston davlat chegarasida о‘tkazish punktlari о‘z ishini tikladi.
Muzokaralar davomida ikki mamlakat hukumatlariga о‘zaro savdo hajmini oshirish va uning tarkibini diversifikatsiya qilish masalalarini о‘rganish topshirildi. Foydalanilmayotgan zaxiralarni ishga solish bо‘yicha takliflar о‘rtaga tashlandi, turli qо‘shma ishchi guruhlar tashkil etish tashabbusi ilgari surildi. Shuningdek, mintaqaviy va xalqaro tuzilmalar doirasidagi hamkorlik, xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlash, bugungi tahdid va xatarlarga qarshi samarali kurashish masala­lari kо‘rib chiqildi.
Ikki davlat rahbarining о‘zaro muzokaralaridan sо‘ng kengaytirilgan tarkibda rasmiy delegatsiyalar a’zolari, ikki mamlakat vazirliklari va yirik kompaniyalari rahbarlari, chegaraoldi viloyatlari hokimlari ishtirokida muzokaralar bо‘lib о‘tdi. Uchrashuv yakunida savdo, iqtisodiyot, investitsiya, moliya, transport va tranzit, qishloq xо‘jaligi, suv-energetika, soliq, bojxona, turizm, fan-ta’lim, sog‘liqni saqlash, madaniyat, xavfsizlik hamda jinoyatchilikka qarshi kurashish sohalaridagi hamkorlik, hududlararo aloqalarni rivojlantirishga doir 27 hujjat imzolandi. Xususan, tovar ayirboshlash hajmini 1 milliard dollarga yetkazishga kelishib olindi. 2018 yil 6-iyul kuni Shavkat Mirziyoyev Ostona shahrida Tojikiston Prezidenti Imomali Rahmon bilan uchrashdi. Uchrashuvda mamlakatlarimiz о‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.
2018 yil 17-avgust kuni Tojikiston Respublikasi Prezidenti Imomali Rahmon davlat tashrifi bilan mamlakatimizga keldi.
Kо‘ksaroyda Tojikiston Prezidentini rasmiy kutib olish marosimi bо‘ldi. Shundan sо‘ng davlat rahbarlarining tor doiradagi muzokaralari, О‘zbekiston va Tojikiston delegatsiyalarining keng tarkibdagi muzokalari bо‘lib о‘tdi.
Muzokaralarda mamlakatlarimiz о‘rtasida о‘zaro tovar aylanmasi jadal sur’atlarda о‘sib borayotganligi, xususan, 2018 yilning birinchi yarmida о‘zaro savdo hajmi 35 foiz ortganligi, qiymati 300 million dollardan ortiq shartnoma va kelishuvlar imzolanganligi qayd etildi.
Kо‘ksaroyda bо‘lib о‘tgan oliy darajadagi muzokaralar yakunida Prezidentlar strategik sheriklik tо‘g‘risidagi shartnomani imzoladi. О‘zbekiston Respublikasi bilan Tojikiston Respublikasi о‘rtasidagi ushbu shartnomada uzoq muddatli va barqaror sheriklik munosabatlari о‘rnatish maqsadi, о‘zaro hamkorlikning strategik yо‘nalishlari belgilangan. Shavkat Mirziyoyev va Imomali Rahmon davlat rahbarlarining Qо‘shma bayonotini ham imzoladi. Shuningdek, sanoat, standartlash va sertifikatlash, chegaradan о‘tkazish, ta’lim hujjatlarini tan olish, geodeziya va geologiya, qishloq xо‘jaligi, madaniyat va boshqa sohalardagi hamkorlikka doir 27 ta hujjat imzolandi. Jumladan, Surxondaryo viloyati bilan Xatlon viloyati, Samarqand viloyati bi­lan Sug‘d viloyati о‘rtasida savdo-iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy va madaniy-gumanitar hamkorlik tо‘g‘risida bitimlar qabul qilindi.
Mazkur tashrif doirasida poytaxtimizda о‘tkazilgan qо‘shma biznes-forumda qiymati 103 million dollarlik eksport shartnomalari imzolandi.

Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   115




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin