Referendumlar:
Referendum – (lotincha – bildirilishi kerak bо‘lgan) – umumxalq ovoz berish yо‘li bilan qonunlar qabul qilish va davlat ahamiyatiga molik eng muhim masalalarni hal qilish shakli, fuqarolarning davlat, viloyat yoki mahalliy kо‘lamda eng muhim masalalar bо‘yicha ovoz berish yо‘li orqali о‘z fikrini bevosita bildirishlaridir.
О‘zbekistonning eng yangi tarixida Referendumlar:
1991 yil 18 noyabr. – “О‘zbekiston Respublikasining Referendumi tо‘g‘risida” gi Qonun qabul qilindi;
О‘tkazilgan Referendumlar:
1991 yil, 29 dekabr
1995 yil, 26 martda
2002 yil, 27 yanvar
Suveren demokratik respublikani shakllantirishning ahamiyati kо‘p qirralidir. Birinchidan, mustaqillik, ya’ni, xalqimizning azaliy orzusi ushaldi. Ikkinchidan, davlatimizda huquqiy, demokratik jamiyat barpo etish uchun sharoitlar shakllana boshladi. Uchinchidan, mamlakatning ulkan salohiyatidan о‘z xalqi farovonligi uchun foydalanish imkoniyati yaratildi. Tо‘rtinchidan, bozor munosabatlariga о‘tishning о‘ziga xos tarzda amalga oshirish imkoniyati vujudga keldi. Beshinchidan, dunyo miqyosida о‘z manfaatlarimizni baland ovozda e’lon qilish, xalqaro tashkilotlar ishida qatnashish imkoniyatiga ega bо‘ldik. Va nihoyat, eng muhim natijalardan biri - xalq ma’naviyatini, uning tarixini tiklash mumkin bо‘ldi.
Mustaqillik biz uchun milliy davlatchiligimizni, о‘zligimiz, insoniy haq-huquq va qadr-qimmatimizni tiklash, urf-odat va an’analarimizni, muqaddas islom dinimizni, buyuk ajdodlarimizning tabarruk nomlarini ulug‘lash, sog‘lom va barkamol yangi avlodni shakllantirish bо‘yicha ilgari tasavvur ham qilib bо‘lmaydigan beqiyos imkoniyatlar ochib berdi.
Shunday qilib, mustaqillik e’lon qilinishi kuchli demokratik va huquqiy davlat, barqaror bozor iqtisodiyotiga ega fuqarolik jamiyati barpo etish yо‘lidagi birinchi qadam edi. Suveren davlatning huquqiy asoslarini ishlab chiqish boshlandi. Dastur maqsadlarini amalga oshirish mamlakatimizning mavjud imkoniyatlaridan kelib chiqib belgilandi.
1991 yil 18-noyabrda Respublika Oliy Kengashining VIII-sessiyasida parlament О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini о‘tkazish tо‘g‘risida qaror qabul qildi. Ushbu tarixiy hujjatlar davlat qurilishi sohasidagi keyingi aniq qadamlar uchun asos bо‘lib xizmat qildi.
1991 yil 29-dekabrda ikkita tarixiy voqea sodir bо‘ldi: birinchidan, О‘zbekiston tarixida ilk marta uning rivojlanish yо‘lini tanlashni belgilovchi umumxalq referendumi bо‘lib о‘tdi, ikkinchidan, muqobil, umumiy, teng va tо‘g‘ridan-tо‘g‘ri saylov huquqi asosida birinchi marta yashirin ovoz berish orqali I.A. Karimov mamlakatimizning Prezidenti etib saylandi.
Referendumda: «Siz О‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi tomonidan e’lon qilingan О‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligini tasdiqlaysizmi?» - degan savol qо‘yilgan edi. Ovoz berishda rо‘yxatga kiritilgan saylovchilar umumiy sonining 94,1 foizi qatnashdi. Ovoz berishda qatnashganlarning 98,2 foizi respublikaning davlat mustaqilligini tasdiqlash uchun ovoz berdi. Ovoz berish natijalari О‘zbekiston xalqi о‘zining mustaqil rivojlanish yо‘lini qat’iy ravishda tanlaganligini yana bir bor tasdiqladi.
Muqobillik asosida bо‘lib о‘tgan saylovda saylovchilarning katta qismi – 86 foizi I.A.Karimov nomzodi uchun ovoz berdi.
1991 yil 31-dekabrda I.A.Karimov Prezidentlik lavozimiga kirishdi. U qasamyod qabul qilar ekan: «Men О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga kirishishim chog‘ida tantanali ravishda О‘zbekiston xalqiga xizmat qilishga, fuqarolarning huquqlari va erkinliklariga kafolat berishga, О‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasiga qat’iy rioya qilishga va о‘z vazifamni vijdonan bajarishga qasamyod qilaman»,- dedi.
Xalq saylagan Prezident о‘zining amaliy harakatlari bilan el ishonchini kо‘p bor oqladi. Bular: bozor iqtisodiyotiga ijtimoiy larzalarsiz evolyusion yо‘l bilan bosqichma-bosqich о‘tish, aholini kuchli ijtimoiy himoya qilish, ma’naviyatni yuksaltirish bilan bog‘liq masalalarni oqilona hal qilish jarayonlarida ayniqsa yaqqol namoyon bо‘ldi.
Dastlab kо‘ppartiyaviy tizim asosida о‘tkazilgan referendum va Prezident saylovlari jamiyatdagi demokratik jarayonlarning rivojlanishidagi muhim qadam bо‘ldi.
Shunday qilib, 90-yillarning boshlarida О‘zbekiston Respublikasi siyosiy rahbariyatning say-harakatlari tufayli tinchlik bilan о‘z davlat mustaqilligini qо‘lga kiritdi. О‘zbek xalqining о‘z taqdirini о‘zi belgilashdek huquqi amalga oshirildi. Mustaqillikka erishilishi respublikada millatlararo tinchlik va osoyishtalikni saqlashga imkon berdi.
Shu munosabat bilan, О‘zbekiston tarixining yangi davri boshlandi - mamlakatni о‘zoq davom etib kelayotgan ijtimoiy-iqtisodiy inqirozdan bosqichma-bosqich olib chiqish va bozor munosabatlarini rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratildi. О‘zbekiston xalqi о‘z tabiiy boyliklarning chinakam xо‘jayiniga aylandi.
Mamlakatimiz sekin-asta jahon hamjamiyatiga qо‘shila borib, kо‘plab xalqaro tashkilotlarga a’zo bо‘ldi. Milliy va ma’naviy qadriyatlar, shu jumladan, diniy hayotning tiklanishi boshlandi.
О‘zbekiston tanlagan demokratik dunyoviy taraqqiyot yо‘li respublika hududida yashovchi barcha millat va elatlarning teng huquqliligi va о‘zligini anglashi, о‘z tilini rivojlantirishi, madaniyatini saqlashi va an’analarini ifoda eta olishini kafolati bо‘lib xizmat qila boshladi.
Dostları ilə paylaş: |