Importance of studying a detailed model in explaning the
subject of student views in the learning process
Shaydullo Bekqulovich Turopov
b.kukiev@cspi.uz
Surkhandarya region, Boysun district, School №37
Kudrat Shaydulloyevich Bekkulov
Tashkent region Chirchik State Pedagogical Institute
Shakhnoza Abdumitalibovna Boizaqova
Tashkent region, Almalyk, School №12
Abstract: This article gives you a brief overview on education and training. There
are also recommendations for drawing materials for drawing.
Keywords: Knowledge, education, epistemology, education, aesthetics,
projection, model, detail, horizontal, plane.
Ma’lumki har bir inson umri davomida ilm oladi va uni amalyotda qo’lab keladi.
Inson bu ongli mavjudod unga berilgan aql esa tugalmas boylikdiz. Bilim olish
jarayonida har bir insonning maqsadi bitta, lekin o’rganish jarayoni turlicha bo’ladi.
"Science and Education" Scientific Journal
April 2021 / Volume 2 Issue 4
www.openscience.uz
345
O’quvchiga bilim beruvchi pedagog, jihatdan metodik jihatdan qobilyatli va o’z kaspni
mukammal bilishi lozim.
O’qtuvchidan hozirgi kunda rivojlanish shidatni his qilgan holda zomon bilan
hamnafas bo’lishga urunmog’i, dunyoda bo’layotgan har bir yangilikni ko’ra bilishi,
uning mag’zini tushuntrishga urnshi kerak. O’rta Osyo halqlarida qadimdan o’qtish
tizimida ikki jixatga chuqur ahamiyat berilgan.
a)
Bilim
b)
Tarbiya
Bu ikkalasi hamisha birga va bir biridan kuch oluvchi jarayonlardir. O’quvchiga
bilim va tarbbiya berishda ota-ona atrof muhitning o’rni ham beqiyosdir.
Bilim - kishilarning tabiat jamiyat hodisalari haqida hosil qilgan voqelik
maʼlumotlar va uning inson tafakkurida aks etishi. Kundalik tasavvurimizda nimaning
nima ekanligiga ishonsak va bu ishonchimiz biz odatlangan voqea va hodisalarga
(qoidalarga) zid kelmasa bunday ishonch bilim hisoblanadi. Voqelik haqidagi bilgan
maʼlumotlarimiz bilim darajasiga koʻtarilishi uchun quyidagi shartlarni
qanoatlantirishi lozim:
a) birinchidan, bu maʼlumotlarning voqelikka mutanosibligi;
b)
ikkinchidan, yetarli darajada ishonarli boʻlishi;
c)
uchinchidan, bu maʼlumotlar dalillar bilan asoslangan boʻlishi lozim.
Uchala shart birgalikda mavjud maʼlumotlarni bilim darajasiga olib chiqadi. Inson
ijtimoiy taraqqiyot jarayonida bilmaslikdan bilishga, mavhum bilimlardan mukammal
va aniq bilimlar hosil qilish tomon boradi. Kishining moddiy dunyo toʻgʻrisidagi bilimi
nisbiydir, u doimo rivojlanib boradi. Bilim kundalik tajriba, kuzatish orqali toʻplanadi.
Bilimlarni tadqiq etuvchi taʼlimot epistemologiyada perseptiv (hissiy), hayotiy -
kundalik (sogʻlom akl) va ilmiy bilim shakllari ajratib koʻrsatiladi. Ilmiy adabiyotlarda
bilimlarning ilmiy va ilmdan tashqari shakllari ham farq qilinadi. Ilmdan tashqari
bilimlarga madaniyat, adabiyot, sanʼat, mifologiya, din va shahrik. sohalarga oid
bilimlar kiradi. Odatdagi fan sohalarida tadqiq etiladigan bilimlar ekzoterik (koʻzga
tashlanuvchan) bilimlar deb atalsa, astrologiya, va shahrik sohalarga oid bilimlar
ezoterik (pinhoniy) bilimlar deyiladi.
Tarbiya - shaxsda muayyan jismoniy, ruhiy, axloqiy, maʼnaviy sifatlarni
shakllantirishga qaratilgan amaliy pedagogik jarayon; insonning jamiyatda yashashi
uchun zarur boʻlgan xususiyatlarga ega boʻlishini taʼminlash yoʻlida koʻriladigan chora
tadbirlar yigindisi. Tarbiya: insonning insonligini taʼminlaydigan eng qadimgi va
abadiy qadriyatdir. Tarbiyasiz alohida odam ham, kishilik jamiyati ham mavjud boʻla
olmaydi. Chunki odam va jamiyatning mavjudligini taʼminlaydigan qadriyatlar tarbiya
tufayligina bir avloddan boshqasiga oʻtadi.
Pedagogik adabiyotlarda “Tarbiya” atamasi keng va tor maʼnolarda ishlatiladi.
Keng maʼnoda tarbiya inson shaxsini shakllantirishga, uning jamiyat ishlab chiqarishi
"Science and Education" Scientific Journal
April 2021 / Volume 2 Issue 4
www.openscience.uz
346
va ijtimoiy, madaniy, maʼrifiy hayotida faol ishtirokini taʼminlashga karatilgan barcha
taʼsirlar, tadbirlar, harakatlar, intilishlar yig’indisini
anglatadi.
Bunday tushunishda
tarbiya faqat oila, maktab, bolalar va yoshlar tashkilotlarida olib boriladigan tarbiyaviy
ishlarni emas, balki butun ijtimoiy tuzum, uning yetakchi g’oyalari, adabiyot, sanʼat,
kino, radio, televideniya va boshqalarni ham oʻz ichiga oladi. Shuningdek, keng
maʼnodagi tarbiya tushunchasi ichiga taʼlim va maʼlumot olish ham kiradi.
Tor maʼnoda tarbiya shaxsning jismoniy rivoji, dunyoqarashi, maʼnaviy axloqiy
qiyofasi, estetik didi oʻstirilishiga yoʻnaltirilgan pedagogik faoliyatni anglatadi. Buni
oila va tarbiyaviy muassasalar hamda jamoat tashkilotlari amalga oshiradi. Ta’lim va
maʼlumot olish tor maʼnodagi tarbiya ichiga kirmaydi. Lekin har qanday tarbiya taʼlim
bilan chambarchas bogʻliq holdagina mavjud boʻladi. Chunki taʼlim va maʼlumot olish
jarayonida shaxsning fakat bilimi koʻpayibgina qolmay, balki axloqiy maʼnaviy
sifatlari qaror topishi ham tezlashadi.
Tarbiya har qanday jamiyat va har qanday mamlakat hayotida hal qiluvchi
ahamiyat kasb etadi. Yosh avlodning umuman, jamiyat aʼzolarining tarbiyasi bilan
yetarlicha shugʻullanmagan mamlakat turgʻunlik va inqirozga mahkumdir. Negaki,
oʻsishi va rivojlanishi uchun har qanday jamiyatda ham moddiy va maʼnaviy boyliklar
ishlab chiqarish, toʻxtovsiz ravishda yuksalib borishi lozim. Buning uchun yosh avlod
moddiy va maʼnaviy boyliklar yetishtirishni ajdodlari darajasida, ulardan ham
yaxshiroq ishlab chiqara bilishlari kerak. Yosh avlodda ana shunday moddiy va
maʼnaviy qobiliyatlarni shakllantira bilish uchun esa, jamiyat uzluksiz ravishda
samarali faoliyat koʻrsatadigan tarbiya tizimiga ega boʻlishi lozim.
Fan o’qtuvchisi talabalarni o’zining faniga qiziqtra olishi dars samaradorligining
bir bo’g’nidir. Chizma chizishda talabalarimiz fazoviy tassavurga qiynalishdadi,
buning sababi o’sha shakl yoki detalni qo’li bilan ushlab ko’zi bilan ko’ra olmaydi.
Xalqimizda bir maqqol bor, “Eshitganinga emas ko’rganinga ishon” naql bekorga
ishlatilmaydi.
Chizmachilikdagi ko’rinishlar mavzusi misolida tushuntrishga harakat qilamiz.
Ba’zi detalar o’zining konstruksiyasi soda bo’lishiga qaramay ikkita proyeksiyada
tasvirlanishi talab qiladi. Masalan, model (detal) gorizontal proyeksiyalar tekisligi H
ga konturi to’g’ri to’rtburchak, V ga o’zining frontal konturi bo’yicha
proyeksiyalanadi. Modelni olib qo’yib, H tekisligini pastga x o’qning ostiga V tekislik
bilan bitta tekislik hosil qilsa, epyur, ya’ni tekis chizma hosil bo’ladi (1-chizma va 2-
chizmalarda). Proyeksiyalarni bog’lovchi, yordamchi chiziqlar va tekisliklarni
chegaralovchi chiziqlar ham standartga muvofiq tasvirlanmasliklari mumkin (3-
chizma).
Texnikada shunday detallar mavjudki, ularni uchta va undan ortiq
proyeksiyalarda tasvirlashga to’g’ri keladi. Masalan, 4-chizmada tasvirlangan detal
"Science and Education" Scientific Journal
April 2021 / Volume 2 Issue 4
www.openscience.uz
347
olinsa, uning tuzulishi ancha murakkab, orqa devorini silindr teshib o’tgan bo’lib, ikki
tomonida og’ma devor movjud.
1-chizma. 2-chizma. 3-chizma.
Bu devorlarning shakli faqat yonidan aniq ko’rinadi. Shuning uchun ham uni
uchunchi tekislikka proyeksiyalashga to’g’ri keladi. Bundan tashqari detalning
umumiy shaklini, uning ostki va yon yoqlarining shakillarini profil proyeksiyada
tasvirlashga to’g’ri keladi. Detalni uchta proyeksiyalar tekisliklari H, V va W ga
proyeksiyalash jarayoni 4-chizmada to’liq ko’rsatilgan. Endi H ni pastga W ni o’nga
aylantirib tekis chizma hosil qilingandan keyin uchala tekislik bitta tekislikka
keltriladi. Bu yerda detalning uchta proyeksiyasi 4-chizmadagidek ko’rinishga
o’tgandagina u haqiqiy kompleks chizmaga aylanadi.
4-chizma
Yog’och materaldan detal yasab ko’ramiz. Buning uchun (ko’zi yog’och) yo’q
yog’ochni tekis qilib randalab so’ngra qum qog’oz yuzani siliqlaymiz. Deral yasash
uchun tayor bo’lgan yog’ochdan detal uzunligi (gabarti o’lcham) bo’yicha qirqib
olamiz.
"Science and Education" Scientific Journal
April 2021 / Volume 2 Issue 4
www.openscience.uz
348
Namunadagi ya’niy 5-chizmalar bunga misol bo’ladi. Har qanday fanlarni
o’qitilish jarayonida ko’rgazmali qurollar taminlanishi darslarni nsamarali o’tishini
ta’minlaydi. Yuqorida keltirilgan misollar ta’lim jarayonida ko’rgazmali qurollar
tayorlashga yordam beradi deb o’ylaymiz.
Dostları ilə paylaş: |