Volume: 03 Issue: 10 | Oct-2023 ISSN: 2181-2624 www.sciencebox.uz Analytical Journal of Education and Development 98
munosabatli (partonimik) so„zlar lug„ati, universal o„quv lug„ati, uyadosh so„zlar lug„ati,
ideografik lug„at kabi o„quv lug„atlarining bir qancha yangicha turlari ta‟lim bo„g„ini uchun
tayyorlab berilishi muhim talablardan bo„lmoqda. O„quv lug„ati tarixini o„rganish harakatlari
Yevropa tilshunosligida ham, rus tilshunosligida ham umumiy lug„atchilik masalalarini
o„rganishdan ikki-uch asr keyin boshlangan. O„quv lug„atlarini ilmiy asosda o„rganish XVII
asrda birinchi ingliz leksikografi S.Jonson, XIX asr boshlarida fransuz tilshunoslari J.Dyubua,
K.Dyubua, G.Matore, K.Bak, ispan tilshunosligida Y.Malkil ishlaridan boshlanadi. Keyinchalik
rus tilshunosligida leksikografiyaning bu tarmog„ini takomillashtirish davlat ahamiyatidagi
masala sifatida kun tartibiga qo„yiladi. Ana shu xatti-harakatlar samarasi o„laroq rus o„quv
lug„atchiligi yuqori pog„onaga ko„tariladi va ulkan yutuqlarni qo„lga kiritadi. Bunda
P.N.Denisov, L.A.Novikov, S.G.Barxudarov, V.V.Morkovkin, Y.N.Karaulov, M.A.Skopina,
V.N.Sergeyev, V.A.Redkin, A.V.Tekuchev, Z.A.Potixa, D.E.Rozentalkabilarning xizmatlari
katta bo„ladi.Yevropada o„quv lug„atchiligi o„z oldiga qo„ygan maqsadlariga to„la erishib,
bugungi kunda o„quv lug„atlarini zamonaviy takomillashgan ko„rinishlarini yaratish, ularni
elektronlashtirish masalalari bilan shug„ullanmoqda. Bu borada K.Petrova, I.V.Azarova, O.A.
Mitrofanova, A.A. Sinopalnikova, I.G. Gelfenbeyn, A.V. Goncharuk, V.P. Lexelt, A.A. Lipatov,
V.V. Shilo, Y.N.Karaulov, Y.A. Sorokin, Y.F.Tarasov, N.V.Ufimseva, G.A.Cherkasova va
boshqalarning xizmatlarini alohida ta‟kidlash lozim. Boshqa tillarda bo„lgani kabi umumiy
lug„atchilik masalalari o„zbek tilshunosligida ham Z.M.Ma‟rufov, A.P.Hojiyev, S.F.Akobirov,
H.Yusufxo„jayeva, N.Alhamova, E.Umarov, A.Madvaliyev, T.Aliqulovlarning ishlarida
atroflicha o„rganilgan.Biroq bevosita o„quv lug„atchiligi masalalari hozirga qadar maxsus tadqiq
etilmagan. Lug„atchilik tarixi ya‟ni, dunyo lug„atchiligi tarixi qadim mingyilliklarga borib
taqaladi. Jumladan, o„zbek lug„atchiligi tarixi ham bir necha ming yillar avval shakllana
boshlagan.
O‟quv lug‟atlarining boshqa lug‟atlardan ajralib turuvchi xususiyati shundaki, ular ta‟limga
bevosita bog‟liq bo‟lib, allaqachon ta‟lim sohasining ajralmas bir qismiga aylangan. O‟quv
lug‟atlarining asosiy vazifasi esa o‟quvchilarga til ko‟nikmalarini soddaroq, tushunarliroq va
albatta o‟quvchilar e‟tiborini jalb eta oladigan tarzda ifodalashdan iboratdir.
Hozirda jahon o‟quv lug‟atchiligida kompleks o‟quv lug‟atlari janiri mavjud. Bu turdagi
lug‟atlar so‟zlarni faqat bir tomondan emas balki deyarli barcha qirralarini bittada aks ettirishi
bilan xarakterlanadi. 3 Bu turdagi o‟quv lug‟atining afzallik jihgati shundaki o‟quvchi bitta
lug‟atdan foydalangan holda bir vaqtning o‟zida bitta leksemaning bir nechta lingvistik
xususiyatlarini o‟rganishi mumkin. Yuqorida o‟quv lug‟atlarining o‟ziga xos tavfsifiy belgilarini
ma‟lum darajada yoritib o‟tdik. Undan tashqari ham albatta o‟quv lug‟atlarining asosiy boshqa
lug‟atlardan farqlanuvchi jihatlari mavjud. Umuman lug‟atlar hajm jihatdan katta, o‟rta hajmli va
kichik lug‟atlarga bo‟linadi. O‟quv lug‟atlari esa hajm jihatdan asosan kichik va ba‟zi hollarda
o‟rta hajmli lug‟at turlariga kiradi. Chunki bizga ma‟lumki, o‟quv lug‟atlari ta‟lim jarayonida
(asosan maktab sohasida) o‟quvchilarga mo‟ljallangan va ularga keyinchalik akademik
lug‟atlarga yo‟l ochib beruvchi vosita bo‟la olishi muhimdir. Agar o‟quv lug‟atlari hajm jihatdan
judda katta va murakkab bo‟lsa, bu o‟quvchilarni lug‟atshunoslik sohasiga jalb eta olmasligi
mumkin.
O‟quv lug‟atiga oid muommolari haqida aytadigan bo‟lsam.
O'quv lug'ati, bir tilning so'zlarining ma'nolarini va tarjimalarini o'z ichiga olgan ma'lumotlar
bazasidir.