Volume: 03 Issue: 10 | Oct-2023
ISSN: 2181-2624
www.sciencebox.uz
Analytical Journal of
Education and Development
97
O’QUV LUG’ATIGA OID MUOMMOLAR
Jòrayeva Farangiz
Andijon qishloq xo„jaligi va agrotexnologiyalar instituti Yurisprudensiya yonalishi 2-kurs
talabasi
Annotatsiya:
Ushbu maqolada lugatshunoslik bo’yicha aynan o’quv lug’atlari borasida,
ularni tuzish, hamda unga oid muammolar haqida so’z boradi.
Kalit so’zlar:
Til, o’quv lug’at, jamiyat, madaniyat, izohli lug‘atlar, leksika, J.Dyubua,
K.Dyubua, G.Matore, tilshunos.
Til –insoniyat va jamiyat uchun aloqa quroli, hayot faoliyatini ta‟minlovchi alohida ko„prik
hisoblanadi. Til sohasining turli jabhalari til tadqiqi bilan shug„ullanadi.Xususan, leksikografiya
sohasi ham har bir mamlakatning qay darajada rivojlanganligini ko„rsatuvchi asosiy
ko„rsatkichlardan biri sanaladi.Globallashuv davrida yosh avlodni ma‟naviy barkamol
,umummilliy qadriyatlarga sodiq qilib tarbiyalash talabi o„quv lug„atlarga bo„lgan
ehtiyojnioshirmoqda.Yalpi axborotlashuv,texnika asrida bolalarni kitobga jalb qilish oson
kechmaydigan jarayondir.O„quvchi kerakli ma‟lumotni tez va qulay topish yo„llarini izlaydi,
o„quv lug„atlari uning Yoshi qiziqishlari dunyoqarashiga mos tuzilib e‟tiborni torta oladi.
Lug„atlar haqida fikr yuritilar ekan, birinchidan, uning rang-barang KO„rinishi lug„atlarning
milliy madaniyatni shakllantirishdagi ahamiyati sifatida namoyon bo„ladi. Lug„atlar hamisha
inson -jamiyat -madaniyat xalqlarini birlashtirib turadi va madaniyatning bir bo„lagi sifatida
borliqni aks ettiradi
Leksikografiya sohasi bu har qanday mamlakatning qay darajada rivojlanganligini ko‟rsatuvchi
asosiy vositalardan biri hisoblanadi. Chunki mamlakatning iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy, milliy va
madaniy sohalaridagi har qanday taraqqiyot va rivojlanish ushbu millat vakillariga tegishli
lug‟atlarda o‟z aksini topadi. O‟quv lug‟atchiligi bugungi kunda lug‟atshunoslikning jadal
rivojlanayotgan sohalaridan biridir. V.V.Morkovkin umumiy lug‟atlarni ikki turga ajratgan.
Bular antroposentrik va lingvosentrik lug‟at turlari hisoblanadi. Antroposentik lug‟atlarda asosiy
urg‟u inson ongida tilni yoritish, undan to‟g‟ri va samarali samarali foydalana olishga yordam
berishdir. Lingvosentrik lug‟atlarda til asosiy markazda bo‟lib, asosiy vazifasi ushbu tildagi
faktlarni yoritish hisoblanadi1 . Hozirda o‟quv lug‟atlari antroposentrik xususiyatga ega bo‟lgan
lug‟atlar tipiga kiritilmoqda. O‟quv lug‟atlari ta‟lim sohasi uchun mo‟ljallangan bo‟lib, bu
turdagi luig‟atlar o‟quvchilarga nafaqat so‟z boyligini kuchaytirish, nutqiy yoki yozma
savodxonligini oshirish balki ularning ijodiy fikrlash qobiliyatini o‟stirish va dunyoqarashini
kengaytirish uchun ham hizmat qiladi. Masalan, “O‟zbek tilining so‟z tarkibi o‟quv lug‟ati”
so‟zlarni o‟zak va qo‟shimchalarga ajratishda o‟quvchilar uchun judda katta yordamchi
vazifasini bajaradi. O‟quvchilar so‟z qo‟llashda aynan so‟zning o‟zagi qaysi ekanligini va
qo‟shimchalarni to‟g‟ri qo‟shish va tilda to‟g‟ri qo‟llay olishni o‟rganishlari uchun juda muhim
hisoblanadi.
Masalaning muhim tomoni shundaki, ayni paytda zamonaviy lug„atlar va elektron lug„atchilik
masalasini hal qilish lozimga o„xshaydi. Zamonaviy lug„atlar deganda tilshunosligimizda
allaqachon ilmiy nazariy asoslari ishlab chiqilgan, ta‟lim tizimiga joriy qilinishi zarur lug„atlar
nazarda tutilmoqda. O„zbek tilida so„zlar darajalanishi lug„ati, o„zbek tilida butun-qism
Dostları ilə paylaş: |