2.1. Talabalarga tarqatma material tarqatiladi.
2.2. Amaliy mashg‘ulotni bajarish qoidasi bilan tanishtiradi .Baholash mezonlarini xam namoyish qiladi.
2.1. O‘quv natijalarini taqdim qiladilar
2.2. Savollar beradi.
Jadvalni to‘ldiradi.
3-bosqich
YAkuniy
(10 min)
3.1. Mashg‘ulotni yakunlaydi,
Talabalarni baholaydi va faol ishtirok chilarni rag‘batlantiradi.
3.2. Mustaqil ish sifatida talabalar o‘zlari o‘qigan matab, litsey va KXK o‘quv xonlarining jixozlanishi va jixozlari xaqida mustaqil ish yozib kelishni topshiradi
1. Maktab, litsey va KXK xonalari necha turga bo‘linadi ?
2. O‘quv xonalarining asosiy va yordamchi jixozlariga qaysi jixozlar kiradi ?
3. Sinf partalarining rangli markirovkalarni bilasizmi
2-ilova
Matnli prezentatsiya
Sinf jixozlarini gigienik baxolash uchun quyidagilar aniqlanadi:
a.Sinfda qancha kerakli va ortqcha jixozlar bor?
b.Partalarning sifati va rangi qanday?
v.Doskaning sifati va rangi, poldan balandligi qanday?
g.Sinfdagi bolalar qaysi guruxdagi parta yoki stol, stullarda o‘tirishini aniqlang. Buning uchun bor bilan doskaga pol sathidan 130sm. balandlikda gorizontal chiziq o‘tkazing.Xar 15 sm.da birinchi chiziqqa paralell ravishda bir nechta chiziqlar o‘tkazing va ularning orasiga parta yoki stol, stullarning guruxini qo‘ying.So‘ng o‘quvchilarni birma-bir chaqirib,doskaga nisbatan orqasi bilan turg‘azing.O‘quvchining boshi qaysi gurux to‘g‘risida bo‘lsa,u shu guruxdagi partaga o‘tirishi kerak.YOki quyidagi formula yordamida o‘quvchi o‘tirishi kerak bo‘lgan parta nomerini aniqlang: