Mehnat gigiyenasi, kasb gigiyenasi — gigiyenaning bir bo’limi. Mehnat jarayonlari va ishlab chiqarish muhitining odam organizmiga ta’sirini o’rganadi hamda qulay mehnat sharoitini yaratish va kasb kasalliklarining oldini olish uchun gigiyena me’yorlari va tadbirlarini ishlab chiqadi. Har. qanday joydagi mehnat sharoitlari ishlab chiqarish jarayoni texnologiyasiga va ish o’rinlarida yaratiladigan sanitariyagigiyena sharo-itlariga bog’liq.
Ustaxona yorug’, normal temperaturaga ega va toza havo bilan taminlangan bo’lishi kerak. Agar maktab binosi ko’p qavatli bo’lsa ustaxona birinchi qavatga iloji bo’lsa maktabning o’quv binosidan ko’ra alohida binoga joylashtirilishi kerak. lekin ustaxonani yerto’laga o’xshash, qorong’i, nam, sovuq binoga joylashtirish man qilinadi.
Ustaxonaning poli taxta bo’lishi kerak. agar tsement yoki yer bo’lsa bolalar oyog’i ostiga yog’och panjara yasab beriladi.Devari, potologi, eshik va derazalari och bo’yoq bilan bo’yalsa, yorug’likni yaxshi tushishini taminlaydi. Har bir darsdan keyin derazalarni ochib xona havosi shamollatiladi. Ustaxonaning poli va buyumlari changitmasdan, namlangan material bilan artiladi.
Maktab ustaxonasining har bir xonasi 18-20 o’quvchiga mo’ljallangan bo’ladi, uning pol sathi 66-70 metr kv. bo’lib har bir o’quvchiga3,0-3,3 metr kv. to’g’ri kelishi kerak (sinf xonasida esa 1,25-1,40 metr kv).
Ishlab chiqarish korxonalaridagi o’quvchilar mehnat darsi bo’yicha amaliy mashg’ulot o’tkazadigan va ishlaydigan ustaxonalarda harakatlanish ko’proq bo’ladi. Asbob-uskunalar ko’p bo’ladi, shuning uchun har o’quvchiga 4-8 metr kv. pol sathi to’g’ri kelishi kerak.
Duradgorlik va temirchilik ustaxonalari verstaklar bilan jihozlanadi. Verstaklar ustaxonada 2-3 qator qilib joylashtiriladi, qatorlar o’rtasidagi oraliq 120 sm dan, verstaklarning bir-biri o’rtasidagi oraliq 80 sm dan kam bo’lmasligi kerak. Verstaklarning kengligi 75 sm dan kam bo’lmasligi balandligi esa o’quvchilarning bo’yiga mos kelishi kerak. Duradgorlik verstaklarining bo’yi quyidagicha bo’ladi. O’quvchining bo’y uzunligi 120-127 sm bo’lsa, verstak balandligi 65,5 sm, bo’yi 128-133 sm bo’lsa verstak 70,5 sm, bo’yi 134-141 sm bo’lsa, verstak 77,5 sm bo’lishi kerak. Temirchilik verstaklarining balandligi esa o’quvchining bo’yi 120-127 sm bo’lsa verstak 75,7 sm. bo’yi 120-127 sm bo’lsa verstak 80,5 sm, bo’yi 134-141 sm bo’lsa verstak 88 sm. O’quvchining bo’yi juda past bo’lsa uning oyog’i ostiga taxtadan zinacha yasab beriladi.
Ustaxonada texnika xavfsizligi choralari ko’rilgan bo’lishi kerak. Ishlagan paytda yog’och, temir, tunuka parchalari o’quvchining shikastlanmasligi uchun uning ishlayotgan joyi sim panjara bilan to’sib qo’yiladi. Uning balandlgi 1 m dan kam bo’lmasligi kerak.
Ustaxonada elektr asboblari xavfsizlik qoidasiga binoan juda ehtiyotlik bilan izolyatsiya qilingan elektr tokini qo’shuvchi knopka tekislik sathidan 3-5 mm chuqurlikda, ajratuvchi knopka esa 3-5 mm ko’tarib joylashtiriladi. Elektr asboblarining hayotga xavfli qismlari to’sib qo’yilib qizil, qolgan qismlari yashil bo’yoqlar bilan bo’yaladi.
Ustaxonani tozalash vaqtida elektr asboblari tokdan ajratiladi, ish to’xtatiladi. Chiqindi, axlat, changni tozalash uchun uzun dastali ilgak, shchyotka va boshqa qulay asboblar ishlatiladi.
Ustaxonada ish vaqtida o’qituvchi va o’quvchilar maxsus ish kiyimlari bilan ta‘minlanadilar.
O’quvchi dam olishi uchun ishlab turgan joyida qulaylashtirilgan, ya‘ni ochilib yopiladigan kursi, buyumlarini qo’yish uchun tumbochka yoki kichkina shkafcha bo’lishi kerak.
Hamma o’quvchilar ustaxonada ishlashning texnika xavfsizligi qoidalari bilan mukammal tanishtirilishi kerak
1-ilova
Savollar
O‘quv xonalari necha xil yo‘l bilan yoritiladi ?
O‘quv xonalarin xarorati necha gradus bo‘lishi kerak ?
O‘quv xonalari necha xil yo‘l bilan shamollatiladi ?
2-ilova
Matnli prezentatsiya
(1slayd)
Tabiiy yorug‘lik koeffitsienti (TYOK) xonalarning tabiiy yoritilganligini baholashda asosiy ko‘rsatgichdir.TYOK deb xona yorug‘ligining bir vaqtda tashqi yorug‘likka, ya’ni osmondan to‘g‘ri tushayotgan tabiiy yorug‘likka bo‘lgan nisabtining foiz ifodasidagi qiymatga aytiladi, uni topish uchun: Ish joyidagi va tashqardagi yorug‘lik lyuksmetr yordamida bir vaqtda aniqlanadi
TYOK═
|
YO xona yorug‘likni
YOTashqi yorug‘lika
|
*100%
|
Bolalar muassalarini mikroklimati ularning yoshi, iqlim sharoiti yilning fasllari, isitish tipi, bolalarning kiyimlari va boshqalarga qarab aniqlanadi. Maktabda sinf xonalarining xarorati 18°t, sport zallari va masterskoylar temperaturasi 14-16°t bo‘lishi kerak, nisbiy namlik sinfda 40-65% bo‘lishi kerak. Hozirgi vaqtda ko‘pchilik maktablar markaziy isitilish sistemasi orqali past bosimli suv bosimi yordamida isitiladi, Bunday isitilish kun maboynida havo temperaturasini bir xil bo‘lishini, havoning juda quruq bo‘lmasligini, chang bo‘lmasligini ta’minlaydi. Isitish priborlari, ya’ni radiatorlar poldan 20 sm balandga devordan 10 sm uzoqroq qilib o‘rnatiladi. Gimnastika zallarida radiatorlar taxta reshetkalar bilan to‘siladi.
Matnli prezentatsiya
slayd)
Odam ko‘zi yorug‘lik ta’sirida tashqi dunyodagi narsalarni ko‘radi. Sinf xonasini ratsional yoritilishi,ko‘rish organini asosiy xususiyatlariga asoslangan bo‘lishi kerak.YOritilish gigienik talablarga to‘g‘ri javob bergandagina, ko‘rishning va umumiy charchashning oldi olingan bo‘ladi. Sinf xonasining tabiiy yoritilganligi kamida 150-200 lyuks bo‘lishi kerak. YOrug‘lik darajasi derazalarning joylashishi, o‘lchamiga, tozaligiga bog‘liq. Maktablarda asosan SHOD va SHLD lampalaridan foydalaniladi. SHOD va SHLD yoritgichlari ikki qatorga oltitadan o‘rnatiladi. Bolalar mussasalarining mikroklimati ularning yoshi,iqlim sharoiti, yil fasllari, isitish tipi,bolalarning kiymlari va boshqalariga qarab aniqlanadi.
Dostları ilə paylaş: |