Kirish Ma’lum bir davrdagi turli ijtimoiy – iqtisodiy hodisalarni vaqt bo‘yicha (dinamikada) xarakteristikalarini ifodalash va tahlili qilish uchun bu jarayonlarni xarakterlovchi ko‘rsatkichlar va usullardan foydalaniladi. Adabiyotlarda dinamik qator va vaqtli qator tushunchalaridan foydalaniladi. “Dinamik qatorlar” tushunchasi bir qancha tor ma’noda – belgining o‘sishga (pasayishga) ma’lum bir tendentsiyasi bor bo‘lgan, yo‘naltirilgan o‘zgarishi sifatida talqin etiladi. Vaqtli qator tushunchasi ostida albatta ma’lum bir tendentsiyaga ega bo‘lishi shart bo‘lmagan, ya’ni qandaydir ko‘rsatkichni darajasini statistik ketmaketligi ko‘rinishida bo‘lgan qatorlar darajasi tushuniladi. Shunday qilib, “vaqtli qator”- bir qancha umumiy tushunchadir. Bunday qator qandaydir ko‘rsatkichni ham dinamik, 0ham statsionar tashkil etuvchilar darajalari ketma-ketligini o‘z ichiga oladi. Ammo adabiyotlarda ko‘pincha “dinamik qator”, yoki “qator dinamikasi” termini qo‘llaniladi.
Dinamik qator- ketma-ket (xronologik tartibda) joylashgan statistik ko‘rsatkichlar qatori, ularning o‘zgarishi o‘rganilayotgan hodisani ma’lum bir rivojlanish tendentsiyaga egaligi ko‘rsatadi. Dinamik qator lag tashkil etuvchisini o‘z ichiga oladi.
Vaqtli qator-vaqt bo‘yicha ketma – ket tartibda joylashgan sonli ko‘rsatkichlar qatori bo‘lib, ular hodisa yoki jarayonni holati darajasi va o‘zgarishini xarakterlaydi. Vaqtli qatorning asosiy elementlari: Vaqt ko‘rsatkichi t Qator darajasi u Vaqt ko‘rsatkichidan bog‘langan holda vaqtli qatorlar momentli (ma’lum bir sanaga) va intervalliga (ma’lum bir davr ichida) tasniflanadi (klassifikatsiyalanadi) (1- rasm.)
Vaqtli qatorlar turlari:
Momentli (ma’lum bir sanaga)
Intervalli (ma’lum bir davr Ichida