O'quv o'yin jarayonida hakamlik qilish va o’yinni boshqarish usullari musobaqalarni tashkil qilish va o‘tkazish


Musobaqalarni tayyorlash, uning nizomi hamda sistemasi



Yüklə 69,42 Kb.
səhifə3/4
tarix16.12.2023
ölçüsü69,42 Kb.
#180769
1   2   3   4
XAKAMLIK QILISH VA MAYDON O\'LCHAMLARI

Musobaqalarni tayyorlash, uning nizomi hamda sistemasi.

Musobaqalarni yuqori saviyada o‘tkazish ularni tayyorlash darajasi qanday bo‘lganligiga bevosita bog‘liqdir.


Tayyorgarlik ishlariga hujjatlarni tayyorlash (ishlab chiqish), musobaqa o‘tkaziladigan joylarni tayyorlash, qatnashuvchi jamoalar bilan ish olib borish va shu kabilar kiradi.
Har bir musobaqaga tayyorgarlik unga nizom tuzish bilan boshlanadi. Nizom musobaqa o‘tkazishda asosiy hujjat bo‘lib hisoblanadi. U yoki bu tashkilot Nizomni oldindan aniq bilishi, unga o‘quv-trenirovka ishlarini to‘g‘ri rejalashtirishiga yordam beradi. SHuning uchun Nizomni o‘z vaqtida qatnashuvchi tashkilotlarga oldindan yuborishlari o‘ta zarur.
Nizom musobaqani o‘tkazuvchi sport tashkiloti tomonidan tuziladi, hamda quyidagilarni ifodalaydi:

  1. Musobaqaning maqsadi va vazifalari. Ular quyidagilardan iborat bo‘lishi mumkin:

a) o‘quv-trenirovka ishlarining yakunini tekshirish;
b) basketbolchilarning tayyorgarligini tekshirish va kuchlilarni aniqlash;
v) sportchilarning sistemali ravishda trenirovka qilishga va sport mahoratlarini oshirishga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish;
g) basketbol o‘yinini omma o‘rtasida keng yoyish va boshqalar.
Musobaqalarni o‘tkazish joyi va vaqti. Musobaqa o‘tkaziladigan shahar (baza) ko‘rsatiladi va kunlari belgilanadi.

  1. Musobaqani boshqarish. Musobaqani tashkil qiluvchilar qaysi tashkilotligi, rahbarlari, hakamlar hay’ati va ularni tasdiklovchi tashkilot ko‘rsatiladi;

  2. Musobaqalarda qatnashuvchi tashkilotlar va sportchilar. Musobaqada qatnashuvchi jamoalar soni va nomi ko‘rsatiladi; talabnoma (zayavka)ga kiritiladigan qatnashuvchilarning ko‘pi bilan qancha bo‘lishligi, ya’ni soni, yoshi va ularni malakasi belgilanadi.

  3. Musobaqalarni o‘tkazish shartlari. Qur’a tashlash vaqti, joyi va uning asosiy prinsiplari (tamoyillari) ma’lum qilinadi. Musobaqa qaysi o‘yin sistemasi (aylanma, chiqib ketish, aralash) bo‘yicha o‘tkazilishi ko‘rsatiladi.

  4. Norozilik (protest)larni taqdim etish shartlari va ularni ko‘rib chiqish tartibi.

  5. Jamoalarni va qatnashuvchilarni mukofotlash. G‘olib jamoa va sovrindorlarni mukofotlash, estaliklar taqdim qilish ko‘rsatiladi.

  6. Jamoalarni qabul qilib olish. Agar musobaqalar sportchilarning doimiy turar joylarida o‘tkazilmasa, uholda mablag‘ ajratuvchi tashkilot, kelish va ketish muddatlari, joylashtirish hamda ovkatlantirish qanday tashkil etilishi ko‘rsatiladi.

  7. Talabnoma (zayavka)ni va qayta talabnomani taqdim etish turlari va vaqti, jamoalar va qatnashuvchilarni rasmiylashtirish (pasport, reyting daftarchasi, klassifikatsiya bileti, talabalik guvohnomasini taqdim qilish) tartibi.

Nizom tuzilgandan so‘ng musobaqani o‘tkazish uchun ketadigan mablag‘ smetasi tuziladi. Unga asoslanib mazkur musobaqani o‘tkazadigan tashkilotlar pul vositalarini ajratadi.
Smeta tuzilganda quyidagilar ko‘rsatiladi:

  1. Musobaqa nomi

  2. O‘tkazish vaqti va joyi

  3. Hakamlarning soni va ish haqi

  4. Qatnashuvchilar soni (shu jumladan boshqa shaharlardan kelganlar) ularni joylashtirish, ovqatlantirish va yo‘l harajatiga ketadigan mablag‘.

  5. Musobaqa o‘tkazish joyini ijarasi.

  6. Mehmonxona ijarasi.

  7. Musobaqa o‘tkaziladigan joyni badiiy bezatish uchun ketadigan harajat.

  8. Afisha, dasturlar, qaydnomalar va yozish-chizish uchun kerakli qog‘oz, qalam, ruchka va shu kabilar harajati.

  9. Diplom, esdalik sovg‘alar, mukofotlar va shu kabilarga sarf bo‘ladigan harajat.

  10. Transportga ketadigan harajat.

  11. Xizmat ko‘rsatuvchi hodimlar uchun harajat (ishchilar, farroshlar, tibbiy hodimlar).

Musobaqa o‘tkazish uchun bosh hakam va bosh kotib tasdiqlanadi.
Yirik musobaqalarni o‘tkazish uchun, barcha tadbirlarni bevosita musobaqa o‘tkazadigan joyda 5-7 kishidan iborat tashkiliy qo‘mita tashkil qiladi. Uning vazifasiga musobaqa o‘tkaziladigan joyni tanlash va jihozlash, asbob-anjomlarni tayyorlash, trenirovka va joylashish joylarini aniqlash, ovqatlanishni tashkil qilish, kotiblarni komplektlash, musobaqa oldidan xabar berish kiradi. Musobaqadan oldin xabar berish gazeta, radio, televidenie orqali musobaqa o‘tkaziladigan joy, vaqt va qatnashchilar to‘g‘risidagi axborotni o‘z ichiga oladi. Afishalarni, dasturlarni, qatnashchilar uchun chiptalarni oldindan tayyorlab qo‘yish kerak.
Musobaqa o‘tkaziladigan joy shiorlar, plakatlar, jadvallar bilan chiroyli bezatilgan bo‘lishi kerak. Uning yonida qatnashchilar va hakamlar uchun xona, issiq suvi bor dush, shifokorlar xonasi bo‘lishi lozim. Musobaqa o‘tkaziladigan joy radiolashtirilgan bo‘lishi kerak. YUqorida qayd etilganlarni bo‘lishi musobaqalarni muvoffaqiyatli o‘tkazilishiga kafolat beradi.
Musobaqa qatnashchilari bilan o‘tkaziladigan ishlarga quyidagilar kiradi:

  • qatnashchilarni qabul qilib olish va joylashtirish;

  • musobaqaga qo‘yish uchun tayinlangan mandat komissiyasining ishi;

  • vakillar maslahati;

  • hakamlar kollegiyasining maslahati.

Qatnashchilarni qabul qilish va joylashtirishga tashkiliy qo‘mita vakili rahbarlik qiladi. Agar qatnashchilar biron-bir sababga ko‘ra kutib olinmasa, aeroportda va temir yo‘l vokzalida ular, ya’ni mehmonlar, qaerga kelishi lozimligi to‘g‘risida, e’lonlar bo‘lishi shart. Musobaqada xizmat qiladigan hakamlar musobaqa qatnashchilaridan alohida joyda joylashtirilishi kerak.
Musobaqaga qatnashish uchun qo‘yish masalasi nizomga muvofiq mandat komissiyasi tomonidan ko‘rib chiqiladi.
Musobaqaga qo‘yish javobgarligini o‘z zimmasiga bosh hakam, musobaqa bosh vrachi va mandat komissiya vakili oladilar. Musobaqalarda basketbol rasmiy qoidalariga rioya qilinishi lozim.

Yüklə 69,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin