Boshlang‘ich ijtimoiylashtirish vazifasi - oila bola shaxsi shakllanishida faol ta’sir ko‘rsatadigan birinchi va asosiy ijtimoiy guruhdir. Oila ijtimoiy mikromuhit bo`lib, ijtimoiy ta’sir ko‘rsatish omilaridan biridir.
U bolaning jismoniy, ruhiy va ijtimoiy rivojlanishiga ta’sir ko‘rsatadi. Oilaning vazifasi bolaning tabiatiga mos ravishda rivojlanib borishi uchun uni asta -sekin jamiyatga kiritib borishdan iboratdir.
Insoniyat to‘plagan ijtimoiy tajribalarga, u tug‘ilib o‘sayotgan mamlakat madaniyatiga, uning ma’naviy-axloqiy qoidalariga, xalq an’analariga bolani orgatish ota-onalarining majburiy vazifasidir.
Tarbiyaviy vazifasi -boshlang‘ich ijtimoiylashtirish jarayonida bolani oilada tarbiyalash muhim ahamiyatga ega bo‘ladi. Ota-onalar bolaning birinchi tarbiyachilari bo‘lganlar va shunday bo‘lib qoladi. Bolani oilada tarbiyalash murakkab ijtimoiy-pedagogik jarayondir. Oiladagi sharoit va muhit bola shaxsi shakilanishiga ta’sir ko‘satadi. Ota va ona o‘z bolasini ardoqlaydilar, erkalaydilar, tashvish va qiyinchiliklardan asraydilar. Ota-onalarning shaxsiy ibratlari - bolaning tarbiyasiga ta’sir ko‘rsatishning muhim vositasidir. Uning tarbiyaviy ahamiyati bolaning taqlid ttishga qiziqishi, havasmandligiga asoslangan. Bilim va tajribaga ega bo‘lmay turib bola kattalar qilganini takrorlaydi, ularning harakatlariga ta’qlid qiladi. Ba’zan bolaning oilada olgan tajribasi atrof –odamlarga nisbatan yagona o‘lchov belgisi bo‘lib qoladi. To‘g‘ri, ba’zi oilalarda ota-onalari bemor bo‘lganida, buzuq axloqli hayot kechirganlarida, pedagogik ma’daniyatga ega bo‘lmagalarida va shu kabilarda tarbiya buzilishi mumkin. Albatta, oila shaxs tarbiyasiga shunchki o‘zining borligi bilan ta’sir ko‘rsatmaydi, balki qulay ma’naviy-psixologik muhit, uning a’zolari o‘rtasidagi sog‘lom munosabatlar ta’sir ko‘rsatadi
Rekreativ va psixoterapevtik vazifasi -rekreativ funksiyasi - o‘zaro jismoniy, moddiy, ma’naviy va psixologik yordam ko‘satish, bir-birining salomatligini mustahkamlash, oila azolarining dam olishini tashkil etish demakdir. Buning mazmuni oilada inson o‘zini to‘la himoyalangan deb his etadiki, to‘la qabul qilgan uning mavqei, tashqi ko‘rinishi, hayotdagi muvaffaqiyatlaridan, moddiy ahvolidan qat’iy nazar oila uni qabul qiladigan boshpana bo‘lishidan iborardir. «Menning uyim-menning qasrim» iborasi sog‘lom oila - dunyodagi hamma notinchliklardan vaqtinchalik bo‘lsa ham yashirinishiga, dam olib, o‘z kuchlarini to‘plab olishga eng ishonchli va eng yaxshi boshpana degan ma’noni yaxshi ifoda etib beradi. Xotin o‘z uyida o‘zining hokimi, hamma kamsitishlar va tahkirlashga indamay chidab kelgan ana’naviy model endi o‘tmishda qolib ketmoqda. Ko‘pchilik ayollar ham endi ishga boradilar va uyga charchab, toliqib qaytadilar. Oilaviy sharoitda yaqinlari bilan munosabatlarda, bolalari bilan bo‘lganda kuchi ancha yaxshi tiklanadi.