O’quv qo’llanma) (5110900 – Педагогика ва психология) Andijon-2019 ishanova m. Oila pedagogikasi



Yüklə 0,69 Mb.
səhifə9/41
tarix16.10.2023
ölçüsü0,69 Mb.
#156274
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   41
OILA PEDAGOGIKASI OQUV qollanma

Reproduktiv vazifasi - (“produktio” lotincha so‘z – qayta ishlab chiqarish, ko‘payish) oilaning muhim bo‘lgan vazifalaridan biri (jamiyatning biologik uzluksizligini ta’minlash, bolalarni dunyoga keltirish). Reproduktiv vazifasi inson zotini davom ettirish zaruriyati sababini asoslaydi. Hozirgi kunda 2-3 odamdan tashkil topgan oilalar soni ortib bormoqda. Bunday oilalarning aytishlaricha, bolalar ota-onalarining erkinliklarini cheklaydialr: ta’lim olish, ishlash, malaka oshirish, o‘z qobiliyatini yuzaga chiqarishda.
Afsusuki, bolaga ega bo‘lmaslik mavjud bo‘libgina qolmay, farzand ko‘rishga layoqatli bo‘lsalar-da, farzand orttirmay shunday o‘tadiganlar soni Yevropa mamlakatlari oilalarida ortib bormoqda. Buning sabablarini quyidagicha izohlash mumkin: tug‘ilishning kamayishi, yosh oilalarning ota-onalaridan alohida yashashlari, ajralishlari o‘sib borishi sababli bir ota yoki onali oilalar soni ortib bormoqda, aholining sog‘lig‘i sifati mamlakatda sog‘likni saqlash rivojlanish darajasi. Ekspertlarning baholashlari bo‘yicha yomon, noqulay ekologik sharoit, axloqsiz hayot kechirish, yomon ovqatlanish, kasalligi va boshqa turli xil sababli yoshi katta aholining 10-15 %i sog‘ligining holati sababli bolaga ega bo‘lish imkoniyati mavjud emas.
Iqtisodiy va xo‘jalik-turmush vazifalari - qadimdan oila har doim jamiyatning boshlang‘ich xo‘jalik tashkiloti bo‘lib kelgan. Ov qilish va don etishtirish, hunarmandchilik va savdo kabilar oilada har doim vazifalar taqsimlangan bo‘lgani uchun mavjud bo‘la olgan. Qadimdan ayollar butun uy ishlari bilan mashg‘ul bo‘lganlar, erkaklar kasb-hunar bilan shug‘ullanganlar. Ilmiy-texnika taraqqiyoti asriga kelib odamlar hayotiy yumushlarining ko‘plari (ovqat tayyorlash, kir yuvish, uy tozalash, kiyim tikish va boshqalar) qisman maishiy hizmat sohasida yuklatilgan. Iqtisodiy vazifalar oila-azolari uchun boylik to‘plash bilan bo‘g‘liq bo‘lgan kelin uchun sovg‘lar, kuyov uchun qalin, avlodlarga qoldiradigan buyumlar, to‘yga, voyaga etish yoshiga sug‘urta qilish mablag‘lari to‘plash. Bizning jamiyatimizda sodir bo‘layotgan ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlar oilaning mol-mulk to‘plash, xususiy mulkka ega bo‘lish, turar joyni xususiylashtirish, meros qilib qoldirish va shu kabi masalalardagi iqtisodiy vazifasi yanada faollashib bormoqda.

Yüklə 0,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   41




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin