Platform as a service - platforma xizmat modeli bo‘lib dasturchilar uchun platformalar o‘z ichiga operatsion tizimlar, dasturlash tillari, dasturni sinovchi muhitlar, maʻlumotlar bazasi va veb serverlarni olishi mumkin. Barcha elementlarning konfiguratsiyasi va boshqaruvi provayderlarning zimmasida bo‘ladi.
Public cloud(ommaviy bulut)- infratuzilma bulutli hisoblash xizmatlaridan keng omma foydalanish imkoniyatiga ega.
Quality of Service- Xizmat ko‘rsatish sifati hisoblanib, telekommunikatsiya sohasining butun taraqqiyoti mobaynidagi eng muhim mavzulardan biri hisoblanib kelingan.
Self service on demand - isteʻmolchi o‘z ehtiyojlariga kerakli ravishda hisob-kitob talablarini provayder bilan bog‘lanmagan holatda o‘zi aniqlaydi va o‘zgartiradi.
Service Level Agreement - bulutli provayder tomonidan taqdim etiladigan xizmatlarning darajasini belgilaydigan shartnoma.
Software as a service - dasturiy taʻminot xizmat sifatida tarqatish modelida ilovalar (applications) vendorlar yoki xizmat provayderlari tomonidan joylashtiriladi va mijozlarga Internet orqali foydalanish imkoniyati beriladi. Dasturiy konfiguratsiya foydalanuvchilarga ruxsat berilishi.
Stoik ArtMen - Stoik Software dasturiy mahsulotlari safiga kiradi va turli rassomlar tomonidan chizilganga o‘xshatib qayta ishlashga yordam beradi, masalan, akvarelda, moybo‘yoqda, o‘yma naqsh, emal va b.
210
Tarmoq virtualizatsiyasi - maʻlumot uzatish tarmog‘ining real jismoniy
vositalarini mantiqiy tarmoq ko‘rinishida tasvirlash texnologiyasi. Tarmoq
virtualizatsiyasining ikki turi mavjud:
Virtual reallik - sunʻiy hosil qilinadigan axborot muhiti bo‘lib, u atrof-
muhitning odatiy usuldagi tasavvurini — turli texnik vositalar asosida hosil qilinadigan
axborotlar bilan almashtirishga qaratiladi.
Dostları ilə paylaş: |