MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI
TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI
DELOV TO‘LQIN ERKINOVICH
BULITLI TEXNOLOGIYALAR
O‘QUV QO‘LLANMA
5350400-AKT sohasida kasb taʻlimi bakalavriat taʻlimi
yo‘nalishi talabalari uchun oʻquv qoʻllanma sifatida tavsiya etilgan
Тoshkent – 2020
Bulutli texnologiyalar. O‘quv qo‘llanma. T.E.Delov. –Toshkent: 2020 -217 b.
Taqrizchilar: Magrupov T.M.– Islom Karimov TDTU, “Biyotibbiyot muxandisligi kafedrasi, t.f.d., prof.
Usmonov J.T.- Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU, “Axborot texnologiyalari” kafedrasi, (PhD), dots.
Oʻquv qoʻllanmada bulutli texnologiyalarni taʻlim jarayoniga tadbiqi masalalari yoritilgan. Asosiy bulitli texnologiyalar dasturiy vositalarning maqsad, vazifa va turlari, bulutli infrastruktura komponentlarini samarali tashkil etish va boshqarishni batafsil bayoniga qaratilgan. Boʻlajak mutaxasislarning pedagogik hamda ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish faoliyatida bulitli texnologiyalarni qo‘llashning zamonaviy yondashuvlari ifoda etilgan.
Oʻquv qoʻllanma 5350400- AKT sohasida kasb taʻlimi bakalavriat taʻlimi yo‘nalishi talabalari uchun moʻljallangan.
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari
universiteti
2
Oʻquv qoʻllanmada bulutli texnologiyalarni taʻlim jarayoniga tadbiqi masalalari yoritilgan. Asosiy bulitli texnologiyalar dasturiy vositalarning maqsad, vazifa va turlari, bulutli infrastruktura komponentlarini samarali tashkil etish va boshqarishni batafsil bayoniga qaratilgan. Boʻlajak mutaxasislarning pedagogik hamda ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish faoliyatida bulitli texnologiyalarni qo‘llashning zamonaviy yondashuvlari ifoda etilgan.
Oʻquv qoʻllanma 5350400- AKT sohasida kasb taʻlimi bakalavriat taʻlimi yo‘nalishi talabalari uchun moʻljallangan.
учебном пособии освещены вопрос внедрения облачных технологий в образовательный процесс. Подробно описываются цель, задачи, виды программных средств основных облачных технологий, с вопросы эффективной организации и управления компонентами облачной инфраструктуры.
Представлены современные подходы к применению облачных технологий в педагогической, производственной деятельности и деятельности по оказанию услуг будущих специальности.
Учебное пособие предназначено для студентов направления образования бакалавриата 5350400- Профессиональное образование в сфере ИКТ.
The textbook covers the issues of implementing cloud technologies in the learning process. Basic cloud technologies are focused on detailing the goals, objectives and types of software tools, and the effective organization and management of cloud infrastructure components. The usage of cloud technologies in pedagogical and production and service activities by future specialists are also given in this textbook.
The textbook is intended for undergraduate students majoring in ICT 5350400.
3
KIRISH
Kun sayin hayotimizning har bir sohasiga axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (AKT) joriy etilib, kasbiy faoliyatimiz samaradorligini oshirmoqda. Bugungi kundalik hayotimizni nafaqat televizor, radio, balki mobil telefonlari, kompyuter, planshet kabi zamonaviy qurilmalarsiz oʻtkaza olmay qoldik, ulardan foydalanib, turmushimiz mazmunini boyitamiz, ish va taʻlim olishdagi vazifalarimizni yengillashtiramiz. Hozirgi davrda barcha boshqa sohalar qatorida taʻlim tizimida ham turli fanlarni oʻqitishda AKT imkoniyatlarini joriy etish dolzarb masala hisoblanadi.
Keyingi davrlarda koʻplab psixologik va ilgʻor pedagogik sohalarda chop etilayotgan maqolalarda, AKT talabalarlarning bilimi, ijodiy tafakkurini rivojlantirishi haqidagi fikrlar taʻkidlanayotganining guvohi boʻlmoqdamiz.
YUNESKO1 AKT taʻlimning ochiqligi va haqqoniyligini taʻminlashga, oʻqitish va oʻqitish sifatini oshirishga va oʻqituvchilarning kasbiy rivojlanishiga hissa qoʻshishi mumkin, deb hisoblaydi. Bundan tashqari, tegishli siyosat, texnologiyalar va imkoniyatlarga ega boʻlgan holda, AKT taʻlimni boshqarish, yetakchilik va maʻmuriyatni yaxshilashga yordam beradi.
Bugungi kunda dunyoning barcha davlatlarining nigohi bizning yurtimizga qaratilgan, chunki yurtimizda barcha sohalar bo‘yicha jadallik bilan rivojlanib bormoqda. Misol tariqasida oliy ta’lim tzimini oladigan bo‘lsak juda katta islohatlar olib borilmoqda bu borada O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 8 oktyabrdagi PF-5847-son Farmoniga binoan O‘zbekiston Respublikasi oliy ta'lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi oliy ta’lim tizimini rivojlantirishga yaqqol misoldir.
“Bulitli texnologiyalar” fani talabalarga tashkilot boshqaruvida xisoblash resurslarini yanada samarali ishlatish mumkinligi; AT infratuzulmani boshqarishni takomillashtirish (shu jumladan geografik jihatdan); ish boshqaruvida doimiy
https://ru.unesco.org/themes/ikt-v-oblasti-obrazovaniya
4
soddalashtirish va qulaylashtirish, tizim konsepsiyasini zaxira tarzda saqlash va virtual mashinani migratsiyalash; AT infratuzilma chiqimini kamaytirish, xisoblash resurslarini, elektr quvvatlarini tejash haqida axborot berish, elektron ko‘rinishdagi ma’lumotlarni saqlash va kerak bo‘lganda ulardan har qanday sharoitda foydalanish evaziga ta’lim berishning sifat darajasini oshirish mumkinligi kabi masalalarni qamrab olgan.
“Bulitli texnologiyalar” fani ixtisoslik fanlar turkumiga kirib, bu Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent Axborot Texnologiyalari Universiteti AKT sohasida kasb ta’limi fakultetining 3-kurs bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarida o‘qitiladi.
“Bulutli texnologiyalari” fanidan tayorlangan o‘quv qo‘llanma ma'ruza mashg‘ulotlarni o‘tkazish, dars samaradorligini oshirish, ixtisoslik bo‘yicha bilimlarni egallash, muxandis-pedagoglarni bulutli xisoblash dasturiy vositalari bilan tanishtirish, ularni o‘quv-tarbiya jarayoniga tadbiq etish yo‘llarini qo‘rsatib berish, telekommunikatsiya, informatika va axborot texnologiyalari yo‘nalishi fanlarini o‘qitishda bulutli texnologiyalar asosida o‘qitish metodikasini egallash, telekommunikatsiya, informatika va axborot texnologiyalari yo‘nalishi fanlarida bulutli texnologiyalarni qo‘llash bo‘yicha bilim, ko‘nikma va malakalar oshirishga xizmat qiladi.
O‘quv qo‘llanmada keltirilgan mavzular ta'lim va tarbiya usullarining joriy qilinishi va bo‘lajak kadrlarning internet va bulutli texnologiyalaridan samarali foydalanish ko‘nikmasi berish va malakalarni tarkib toptirish, talabalarga oliy va o‘rta maxsus ta'lim muassasalarida telekommunikatsiya, informatika va axborot texnologiyalari yo‘nalishi fanlarini zamonaviy o‘quv texnik vositalar yordamida o‘qitishga o‘rgatish, masofaviy ta'limning o‘ziga xos xususiyatlarini bilan tanishtirishtiradi. Talabalarni malakasi va mahoratini oshishiga xissa qo‘shadi hamda amaliy foydalanishda samara beradi.
5
I BOB. BULUTLI TEXNOLOGIYALARNI TASHKIL ETISH
Dostları ilə paylaş: |