O’quv qo’llanma (bakalavriat yo’nalishi uchun) Toshkent-2004


Hujjatlar ijrosini nazorat qilish



Yüklə 204,81 Kb.
səhifə35/37
tarix26.12.2023
ölçüsü204,81 Kb.
#197913
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   37
Instituti ish yuritish asoslari o’quv qo’llanma-fayllar.org

Hujjatlar ijrosini nazorat qilish

Ish yuritishni takomillashtirish yo’llaridan biri - ish yuritish xodimlari faoliyatiga ilmiy usullarni joriy qilishdir. Hujjat tuzishni o’rgatish maxsus ta’lim tizimida eng dolzarb masaladir. Idora xodimlarini tayyorlash va ular malakasini oshirish kurslarini hamma joyda tashkil qilish zarur. Kollej va oliy o’quv yurtlarida hujjat tuzishga oid maxsus kurslar joriy etish maqsadga muvofiqdir.

Ish yuritish holatini yaxshilash uchun ish yuritish bo’linmalarini (umumiy bo’limlar, devonxonalar, kotiblar va hokazo) tashkil qilishni yaxshilash, lavozimlarning aniq nomenklaturasini, turli kategoriyadagi korxona va muassasa uchun lavozimlar soni normativlarini ishlab chiqish lozim.
Ish yuritish sohasida mehnat unumdorligini oshirish hujjat tuzish va ishlash, shuningdek, axborot olish jarayonlarini mexanizatsiyalash yo’li bilan amalga oshirilmog’i kerak. Hujjat ustida ishlashning ko’pgina jarayonlari uchun texnika vositalari mavjud.
Hujjatlar turlari va nusxasini eng ko’p darajada kamaytirish ish yuritishni takomillashtirishda muhim ahamiyatga ega. Bu, ayniqsa, har xil ichki hujjatlar: ma’lumotnoma, yozma ma’ruza, bildirishnomalar tayyorlashga taalluqlidir. Bu hujjatlarning hammasi iloji boricha og’zaki ma’ruza, farmoyish, xabarlar bilan almashtirilishi kerak. Ayrim hollarda yangi hujjat tayyorlash o’rniga hujjatni tegishli ustxat bilan qaytarish yoki telefonogramma berish bilan cheklanish mumkin.
Boshqaruv xodimlari vaqtini tejash uchun standart hujjatlardan kengroq foydalanish lozim. Buning uchun xatlar namunaviy matnlarining maxsus tematik to’plamlarini ishlab chiqish va ularni bosib chiqarish yo’li bilan ko’paytirish maqsadga muvofiqdir.
Har qanday tajribadan ko’p narsani o’rgansa bo’ladi. Bu o’z navbatida o’sha joyda ishni to’g’ri tashkil etish va tartibga solishga alohida ahamiyat beradi. Bu jihatdan O’zbekistonda bu amaliyotdan foydalanish katta samara keltirishi mumkin bo’lgan yapon tajribasi katta qiziqish uyg’otadi. Undan tashqari, ijtimoiy- madaniy sharoit, milliy an’analar, kattalarga hurmat, oilaviy o’choq tashkil qilishga intilish, qoidalarga, qonunlarga, tartib-intizomga rioya qilish azaldan boshlab yapon va o’zbek xalqlariga mansubdir. Yapon tajribasining bir ustunligi bor, bu - agar hujjatlar tuzishda xatolikka yo’l qo’yilsa, rahbar tamonidan kim aybdorligini aniqlash noto’g’ri deb hisoblaydi.
Asosiy maqsad aybdorni topish emas, balki tezroq yo’l qo’yilgan xatoning sababini aniqlashdir. Shunday qilib bu sharoitlarda mehnatkashlar qobiliyatining o’sishi rag’batlantiriladi.


    1. Yüklə 204,81 Kb.

      Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   37




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin