Tayanch iboralari Buxgalteriya hisobi; buxgalteriya hisobi predmeti; buxgalteriya hisobi funksiyalari birligi; buxgalteriya hisobi tamoyillari; ikki yoqlama qayd etish usuli bilan hisob yuritish; uzluksizlik; xo‘jalik muomilalari; aktivlar va passivlarni baholash; ishonchlilik; extiyotkorlik; mazmunning shakldan ustunligi; ko‘rsatkichlarning qiyosiyligi; moliyaviy hisobotning betarafligi; aktivlar va majburiyatlarning xaqiqiy bahosi; hisobot davri daromadlari va xarajatlarining mosligi; tushunarlilik; ahamiyatlilik; muhimlik; xaqqoniy holis taqdim etish; tugatilganlik; izchillik; o‘z vaqtidalik; offsetting (moddalarning o‘zaro qoplanishi); xolislik.
Nazorat savollari
Buxgalteriya hisobiga qo‘yiladigan talablar nimalardan iborat?
Ikki yoqlama qayd etish usuli bilan hisob yuritish tamoyilining mohiyatinin tushuntiring?
Moliyaviy hisobotning betarafligi tamoyilining mohiyatinin tushuntiring?
2- BOB. BUXGALTERIYA HISOBINING SUB’EKTI VA OB’EKTI 2.1. Buxgalteriya hisobi subyektlari «O‘zbekiston Respublikasida buxgalteriya hisobi to‘g‘risida»gi Qonunining 6-moddasida buxgalteriya hisobi subyektlari keltirilgan bo‘lib, unga ko‘ra davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, O‘zbekiston Respublikasida ro‘yxatga olingan yuridik shaxslar, ularning O‘zbekiston Respublikasi hududida hamda undan tashqarida joylashgan sho‘ba korxonalari, vakolatxonalari, filiallari va boshqa tarkibiy bo‘linmalari buxgalteriya hisobi subyektlaridir. Yuridik shaxs tashkil etmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi shaxslar, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, shuningdek chet el yuridik shaxslarining O‘zbekiston Respublikasi hududidagi vakolatxonalari, filiallari va boshqa tarkibiy bo‘linmalari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hisob yuritadi hamda hisobot taqdim etadi.