O'quv qo'llanma


-MAVZU. AXBOROTLARNI HIM OYALASH ТА MINOTI



Yüklə 4,33 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/92
tarix29.11.2023
ölçüsü4,33 Kb.
#169848
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   92
3-MAVZU. AXBOROTLARNI HIM OYALASH ТА MINOTI
Axborot xavfsizligining huquqiy va tashkiliy ta’minoti: 
kompyuter 
jinoyatchiligi statistikasi tahlil etilsa qayg'uli manzaraga ega boMamiz. Kompyuter 
jinoyatchiligi yetkazgan zarami narkotik moddalar va qurollaming noqonuniy 
aylanishidan olingan foydaga qiyoslash mumkin. Faqat AQSHda "elektron 
jinoyatchilar" yetkazgan har yilgi zarar qariyb 100 mid. dollami tashkil etar ekan.
Yaqin kelajakda jinoiy faoliyatning bu turi daromadliligi, pul mablagMarining 
aylanishi va unda ishtirok etuvchi odamlar soni bo‘yicha yaqin vaqtlargacha
15


noqonuniy faoliyat orasida daromadligi bilan birinchi o ‘rinni egallagan noqonuniy 
biznesning uch turidan uzib ketish ehtimolligi katta. Bu noqonuniy bizneslar-narkotik 
moddalar, qurol va kam uchraydigan yovvoyi hayvonlar bilan savdo qilish.
Davlat 
va 
xususiy 
kompaniyalar 
faoliyatining 
sotsiologik 
tadqiqi 
ma’lumotlariga qaraganda XXI asming birinchi yillarida iqtisodiy sohadagi 
jinoyatchilik bank va boshqa tizim lam ing axborot- kommunikatsion komplekslariga 
bo‘lishi mumkin bo‘lgan g ‘arazli iqtisodiy harakatlargaqaratilgan bo'ladi.
Kredit-moliya sohasidagi kompyuter jinoyatchiligining soni muttasil o ‘sib 
bormoqda. Masalan onlayn magazinlarida 25%gacha qalloblik toMov amallari qayd 
etilgan. SHunga qaramasdan G ‘arb davlatlarida elektron tijoratning-yuqori daromadli 
zamonaviy biznesning faol rivojlanishi ko‘zga tashlanmoqda. M a’lumki, bu soha 
rivojlanishi bilan parallel ravishda "virtual" qalloblam ing ham daromadi oshadi. 
Qalloblar endi yakka holda harakat qilmaydilar, ular puxtalik bilan tayyorlangan, 
yaxshi texnik va dasturiy qurollangan jinoiy guruhlar bilan, bank xizmatchiiarining 
o'zlari ishtirokida ishlaydilar.
Xavfsizlik 
sohasidagi 
mutaxassislaming 
ko‘rsatishicha 
bunday 
jinoyatchilam ing ulushi 70%ni tashkil etadi. "Virtual" o ‘g ‘ri o'zining hamkasbi- 
oddiy bosqinchiga nisbatan ko‘p topadi. Undan tashqari "virtual" jinoyatchilar uyidan 
chiqmasdan harakat qiladilar. Foydalanishning elektron vositalarini ishlatib qilingan 
o‘g ‘rilik 
zararining 
o'rtacha 
ko‘rsatkichi 
faqat 
AQSHda 
bankni 
qurolli 
bosqinchilikdan kelgan zaram ing o'rtacha statistik zararidan 6-7 marta katta.
Bank xizmati va moliya amallari sohasidagi turli xil qalloblik natijasida 
yo‘qotishlar 1989 yili 800 mln. dollardan 1997 yili — 100 mlrd. dollarga yetgan. Bu 
ko‘rsatkichlar o ‘sayapti, aslida yuqorida keltirilgan m a’lumotlardan bir tartibga 
oshishi mumkin. CHunki ko‘p y o ‘qotishlar aniqlanmaydi yoki e ’lon qilinmaydi. 
0 ‘ziga xos "indamaslik siyosati"ni tizim m a’murlarining o ‘zining tarm og‘idan 
ruxsatsiz foydalanganlik tafsilotini, bu noxush xodisaning takrorlanishidan qo‘rqib va 
o‘zining himoya usulini oshkor etmaslik vajida muhokama etishni xoxlamasliklari 
bilan tushunish mumkin.
Kompyuter ishlatiladigan inson faoliyatining boshqa sohalarida ham vaziyat 
yaxshi emas. Yildan-yilga xuquqni muhofaza qiluvchi organlariga kompyuter 
jinoyatchiligi xususidagi murojaatlar oshib bormoqda.
Barcha mutaxassislar viruslaming tarqalishi bilan 
bir qatorda tashqi 
xujumlarning keskin oshganligini e ’tirof etmoqdalar. K o'rinib turibdiki, kompyuter 
jinoyatchiligi natijasida zarar qat’iy ortmoqda. Ammo kompyuter jinoyatchiligi 
ko‘pincha "virtual" qalloblar tomonidan amalga oshiriladi deyish haqiqatga to‘g ‘ri 
kelmaydi. Hozircha kompyuter tarm oqlariga suqilib kirish xavfi har biri o'zining 
usuliga ega bo‘lgan xakerlar, krakerlar va kompyuter qaroqchilari tomonidan 
kelmoqda.
16


Xakerlar
, boshqa kompyuter qaroqchilaridan farqli holda, ba’zida, oldindan. 
maqtanish maqsadida kompyuter egalariga ulaming tizimiga ki-rish niyatlari borligini 
bildirib qo'yadilar. Muvaffaqiyatlari xususida Internet saytlarida xabar beradilar. 
Bunda xaker musobaqalashuv niyatida kirgan kompyuterlariga zarar yetkazmaydi.
Krakerlar
(cracker) — elektron "o‘g ‘rilar" manfaat maqsadida dasturlami 
buzishga ixtisoslashganlar. 
Buning uchun 
ular Internet tarm og'i 
bo‘yicha 
tarqatiluvchi buzishning tayyor dasturlaridan foydalanadilar.
Kompyuter qaroqchilari
— raqobat qiluvchi firmalar va xatto ajnabiy maxsus 
xizmatlari buyurtmasi bo‘yicha axborotni o ‘g ‘irlovchi firma va kompaniyalaming 
yuqori malakali mutaxassislari. Undan tashqari ular begona bank schetidan pul 
mablag‘larini o ‘g ‘irlash bilan ham shug‘ullanadilar.
Ba’zi "mutaxassislar" jiddiy guruh tashkil qiladilar, chunki bunday kriminal 
biznes o ‘ta daromadlidir. Bu esa tez orada, "virtual" jinoyatning zarari jinoyat 
biznesining an ’anaviy xilidagi zarardan bir tartibga (agar ko‘p boMmasa) oshishiga 
sabab bo‘ladi. Hozircha bunday tahdidni betaraflashtirishning samarali usullari 
mavjud emas.

Yüklə 4,33 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   92




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin