99
13-Amaliy mashg‟ulot
Mavzu: Ochiq kalitli kripto tizimlar algoritmlarini dasturlash va
tarmoqlararo ekranni o‟rnatish va sozlash.
Ishdan maqsad:
Ushbu ishdan maqsad, talabalarda axborotlarni
kriptografik himoyalash usulini o‘rganish ko‘nikmalarini shakillantirish va
assimmetrik kriptotizimlar dasturini ishlab chiqish.
Kirish.
Hozirgi kunda shifrlash turlari ko‘p. Shu bilan birga bu shifrlash
turlaridan xabardor buzg‘unchilar ham mavjud. Buni oldini olish maqsadida esa
yangi, murakkab kriptotizimlar ishlab chiqilmoqda.
Kerakli jixozlar: Kerakli jixozlar:
Kompyuter, dasturlar ixtiyoriy,
printer, daftar, A4 formatdagi oq qog‘oz.
Qisqacha nazariy ma‟lumot:
Ochiq kalitli shifrlash sistemalarida ikkita
kalit ishlatiladi. Axborot ochiq kalit yordamida shifrlansa, maxfiy kalit
yordamida rasshifrovka qilinadi.
Ochiq kalitli sistemalarini qo‘llash asosida qaytarilmas yoki bir tomonli
funksiyalardan foydalanish yotadi. Bunday funksiyalar quyidagi xususiyatlarga
ega. Ma‘lumki
x
ma‘lum bo‘lsa y=f(
x
) funksiyani aniqlash oson. Ammo uning
ma‘lum qiymati bo‘yicha
x
ni aniqlash amaliy jixatdan mumkin emas.
Kriptografiyada yashirin deb ataluvchi yo‘lga ega bo‘lgan bir tomonli
funksiyalar ishlatiladi.
z
parametrli bunday funksiyalar quyidagi xususiyatlarga
ega. Ma‘lum
z
uchun E
z
va D
z
algoritmlarini aniqlash mumkin. E
z
algoritmi
yordamida aniqlik sohasidagi barcha
x
uchun f
z
(
x
) funksiyani osongina olish
mumkin. Xuddi shu tariqa D
z
algoritmi yordamida joiz qiymatlar sohasidagi
barcha
y
uchun teskari funksiya
x
=f
-1
(
y
) ham osongina aniqlanadi. Ayni vaqtda
joiz qiymatlar sohasidagi barcha
z
va deyarli barcha, y uchun xatto E
z
ma‘lum
bo‘lganida ham f
-1
(
y
) ni hisoblashlar yordamida topib bo‘lmaydi. Ochiq kalit
sifatida y ishlatilsa, maxfiy kalit sifatida
x
ishlatiladi.
Ochiq kalitni ishlatib shifrlash amalga oshirilganda o‘zaro muloqatda
bo‘lgan subyektlar o‘rtasida maxfiy kalitni almashish zaruriyati yo‘qoladi. Bu
esa o‘z navbatida uzatiluvchi axborotning kriptohimoyasini soddalashtiradi.
100
Ochiq kalitli kriptosistemalari bir tomonli funksiyalar ko‘rinishi bo‘yicha
farqlash mumkin. Bularning ichida RSA, El-Gamal va Mak-Elis sistemalarini
aloxida tilga olish o‘rinli. Hozirda eng samarali va keng tarqalgan ochiq kalitli
shifrlash algoritmi sifatida RSA algoritmini ko‘rsatish mumkin. RSA nomi
algoritmni yaratuvchilari familiyalarining birinchi xarfidan olingan (Rivest, Shamir
va Adleman).
Algoritm modul arifmetikasining darajaga ko‘tarish amalidan foydalanishga
asoslangan. Algoritmni quyidagi qadamlar ketma-ketligi ko‘rinishida ifodalash
mumkin.
1-qadam. Ikkita 200dan katta bo‘lgan tub son p va q tanlanadi.
2-qadam. Kalitning ochiq tashkil etuvchisi n hosil qilinadi
n=pq.
3-qadam. Quyidagi formula bo‘yicha Eyler funksiyasi hisoblanadi:
f(p,q)=(p-1)(q-1).
Eyler funksiyasi n bilan o‘zaro tub, 1 dan n gacha bo‘lgan butun musbat
sonlar sonini ko‘rsatadi. O‘zaro tub sonlar deganda 1 dan boshqa birorta umumiy
bo‘luvchisiga ega bo‘lmagan sonlar tushuniladi.
4-qadam.f(p,q) qiymati bilan o‘zaro tub bo‘lgan katta tub son d tanlab
olinadi.
5-qadam. Quyidagi shartni qanoatlantiruvchi ye soni aniqlanadi
ed=1(modf(p,q)) .
Bu shartga binoan
d
e
ko‘paytmaning f(p,q) funksiyaga bo‘lishdan qolgan
qoldiq 1ga teng. ye soni ochiq kalitning ikkinchi tashkil etuvchisi sifatida qabul
qilinadi. Maxfiy kalit sifatida d va n sonlari ishlatiladi.
6-qadam. Dastlabki axborot uning fizik tabiatidan qat‘iy nazar raqamli ikkili
ko‘rinishda ifodalanadi. Bitlar ketma-ketligi L bit uzunlikdagi bloklarga ajratiladi,
bu yerda L - L
log
2
(n+1) shartini qanoatlantiruvchi eng kichik butun son. Har bir
blok [0, n-1] oraliqka taalluqli butun musbat son kabi ko‘riladi. Shunday qilib,
dastlabki axborot X(i), i=
I
,
1
sonlarning ketma-ketligi orqali ifodalanadi. i ning
qiymati shifrlanuvchi ketma-ketlikning uzunligi orqali aniqlanadi.
7-qadam. Shifrlangan axborot quyidagi formula bo‘yicha aniqlanuvchi Y(i)
101
sonlarning ketma-ketligi ko‘rinishida olinadi:
).
(mod
))
(
(
)
(
n
i
X
i
Y
e
Axborotni rasshifrovka qilishda quyidagi munosabatdan foydalaniladi:
Dostları ilə paylaş: |