O’quv sоаti: 80 daqiqa O’quvchilar sоni
Ilova Mavzu:Xor dirijorligi fanining mazmuni. Reja: Dirijorlik fanining maqsadi Dirijorlik fanining vazifalari Dirijorlik faninig tarixi 1ga dirijorlik qoidalari Asar tanlash Ilova Yangi mavzu bayoni. San’at nima? S an ’at deganda badiiy ijodni tushunamiz, har bir san’at asari o ‘z janr xususiyatlariga ko‘ra, hayot manzarasini ifodalaydi. Olam hodisalarini yorqin obraz orqali yoki tasvirini musiqa orqali ifodalashga erishadi. U (musiqa) insonning m a’naviy kamolotida faol ishtirok etadi, go'zallik, did haqidagi tasawurlarining shakllanishiga samarali ta’sir ko'rsatadi. Necha ming yillardan beri insoniyat musiqaga, uning go'zal ohanglariga maftun bo'lib keladi, ustoz-shogird an’analari orqali ijrochilik mahoratlarini egallash borasida izlanishlar olib boradi. Bunda musiqiy meros asarlarining uslublarini ma’naviy tarbiya vositasi sifatida o'rgatish katta ahamiyat kasb etadi. San’atlar ichida eng yoshi va kam o'rganilgani dirijorlik san’ati hisoblanadi. Dirijorlik amaliyoti uning nazariyasini ancha ortda qoldirdi. Biroq aynan nazariyaga bo'lgan ehtiyoj tobora ortib bormoqda. Ayniqsa, dirijorlikka o'rgatish ishida unga ehtiyoj katta. Dirijorlik sohasida ta’lim berish uchun nazariy negiz yaratishga doir izlanishlar tinimsiz davom etayapti, biroq shu paytgacha, hatto eng fundamental tushunchalaming umum qabul qilingan va barcha uchun tushunarli bo'lgan ta ’riflari yo'q. Terminologiyani ta’riflashda ham turli, ba’zan bir-biriga zid fikrlar mavjud. Ba’zilar dirijorlik - bu san’at emas, unga o'qitishning hojati yo'q, shunchaki orkestr yoki xor oldida turib, taktga solish yoki metronomlashi kifoya, ya’ni ijro etilayotgan asar taktining alohida qismlarini q o 'l bilan ko'rsatsa bas va dirijorning vazifasi shu bilan tugaydi, deb hisoblaydilar. Boshqalar esa, dirijorlik — faqat ichki his- tuyg'ularga asoslanadi, bu qandaydir sehrgarlik va bunga alohida qobiliyatli insonlar qodir, shu sababli dirijorlikka o'rganib bo'lmaydi, deb hisoblaydilar. Har ikkala fikr va unga o'xshash mulohazalarning xato ekanligini isbotlab o'tirish shart emas. Dirijorlik san’atiga bu kabi qarashlarni rad qiluvchi misollar hayotimizda ko'plab uchraydi. Dirijorlik — bu qo'shiq aytish, royal, skripka yoki boshqa cholg'uni chalish kabi ijrochilik san’atidir. Shu bilan birga dirijorlik ijrochilik san’atining boshqa turlaridan jiddiy farq qiladi: agar musiqachilar jonsizjismda musiqa ijro etsalar (fortepiano, skripka, truba, nay, rubob va h.k.) va u larn in g ijrolari ch o lg ‘u n in g sifati h am d a o ‘zlarining mahoratlariga b o g iiq b o ‘lsa, dirijor ko'plab bir-biridan farq qiluvchi insonlar bilan ishlaydi. U o 'z oldida turgan xor yoki orkestr a’zolarini bir jamoada to'plab, ularni shunday birlashtirishi kerakki, bu jamoa uning boshqaruvida xuddi yaxshi sozlangan musiqa cholg'usidek yangrashi lozim. Aytish joizki, dirijorga o 'z san’ati haqida yozishdan ko'ra, dirijorlik qilish osonroq: dirijorlik faoliyatining ko'zga ko'rinuvchi qismini umuman ta ’riflash qiyin. Zero, u yoki bu qo'l harakatini musiqasiz, so'zlar bilan tavsiflagandan ko'ra, uni musiqa fonida ko'rsatib bergan osonroq. Shu bois, dirijor ishining o'ziga xosligi, orkestr yoki xor rahbari sifatida uning zimmasiga yuklatilgan vazifaning naqadar murakkabligini hisobga olgan holda aytish mumkinki, bo'lajak dirijor ushbu murakkab va mas’uliyatli ishda muvaffaqiyat qozonish imkonini beruvchi m axsus qobiliyatga, k atta m u siq iy -n azariy va amaliy tayyorgarlikka ega bo'lishi shart«Dirijor» so‘zi turli tillarda turlicha talaffuz qilinadi: nemislar «Dirident», italyanlar «Diridente», fransuzlar «Shef orkestre», inglizlar «Konduktor» deydilar. H ar qaysi tilda ham bu so‘z rahbar, boshliq, direktor m a’nosini anglatadi. Shunday qilib, dirijor bu - orkestr jamoasining rahbaridir. U n in g asosiy vazifasi — bu jamoaning hayti faol va yaxshi tashkillashtirilgan bo‘lishini nazorat qilishdan iborat. Dirijor sozandalar musiqiy asarni uyg'unlikda ijro etishlari, ular asarni birga boshlab, birga tugatishlari, o ‘z cholg‘ularini bir maromda chalishlari, pauzalarni vaqtida ushlab, bir maromda kuy boshlashlarini ta ’minlaydi. Dirijor sozandalar ijrosini yagona ritm va tempga moslashtirishi, ularni ijroga y o ‘naltirish uchun belgi berishi lozim. Dirijor 100 danortiq musiqachilar faoliy atining asosiy muvofiqlashtiruvchisidir. Uning roli qisman rejissor roliga o'xshab ketadi. Rejissor — teatrdagi sahna asarining badiiy rahbari, spektaklni tayyorlash borasidagi barcha ishlarning boshini birlashtirib turadi. Dirijorni ham bevosita orkestming rejissori deb qarash mumkin. Shu bois dirijorning o'zi, aw alo , musiqiy asarning g ‘oya va mohiyatini chuqur anglashi, shundan so'nggina uni orkestrga yetkazib, musiqachilar uning maqsadlarini amalga oshirishlariga erishishi lozim. Dirijor partituradagi unsiz nota belgilariga hayot ato etishi lozim. Bunda u musiqani to 'g 'ri talqin etishi zarur. O'z ishini yaxshi bilmaydigan yoki iste’dodsiz dirijor tomoshabin oldida, hattoki eng ajoyib musiqiy asami ham barbod qilishi mumkin. Ayniqsa, asar yangi, hali ko‘pchilikka notanish bo'lsa. Shuning uchun yangi asarni ijro etishda dirijor juda ehtiyot bo'lishi kerak. Chunki uni awal eshitmagan tinglovchi dirijor xatolarini bastakorniki deb o'ylashi mumkin.Ba’zi dirijorlarning qo'l harakatlari erkin va plastik bo'lsa-da, ijrochilar ularni baribir tushunmaydilar. Zamonaviy dirijorlik tili - yuz ifodasi va qo‘l harakati tili sifatida insonning ko‘p asrlik tajribasi bilan sinalgan muloqot vositasidan foydalanib, shakllangan. Qo‘l harakati va yuz ifodasi tili hammaga tushunarli, serma’no va boydir. U darhol qaytariluvchi emotsional javobga sabab bo'ladi. Qo'l harakatlari katta hissiy - obrazli ifoda kuchiga ega: ular jahldor yoki muloyim, so'roq yoki tasdiqlovchi, iltimos qiluvchi yoki rad etuvchi, da’vatkor yoki taklif qiluvchi, kutib oluvchi yoki hayratlanuvchi, ogohlantiruvchi yoki tahdid qiluvchi bo'lishi mumkin va hokazo. Ijro etilayotgan musiqaning obrazli - emotsional mohiyatiga qarab u yoki bu ma’noli harakat tanlanadi.Turli dirijorlarda qo'l harakatlari va yuz ifodasi (mimika)ning nisbiyligi turlicha. Aytish mumkinki, mimika, asosan, kerakli emotsional (hissiy) h o latn i, q o 'l harakatlari esa ijroning texnik detallarini boshqaradi. Mimika - dirijorning obrazli fikrlashi naqadar yorqin va aniqligini namoyon etuvchi omildir. U - ma’nodor qo'l harakatining doimiy hamrohidir. Zero, qo'l harakatiga hamroh bo'lgan nigoh uni ruhlantiribgina qolmay, uning ta’sirini kuchaytirib, birinchi navbatda bu harakat mo'ljallanganini ham bildiradi. Agar yuz ifodasiz bo'lsa, hatto eng aniq va nozik qo'l harakati ham kerakli badiiy ta’sirga ega bo'la olmaydi. Hattoki, ba’zi hollarda mimika qo'l harakatini ortda qoldirib, asosiy m a’no kasb etadi. Buni shunday izohlash mumkin, ular o 'z la r in in g chiroyli q o ‘l harakatlari bilan m a’no ifoda eta olmaydilar. Shu bois dirijorga qo'l harakatlarining tashqi chiroyi emas, balki ulam ing m a’nodorligi va ishontiruvchanligi muhim. Buning eng yaxshi isboti sifatida buyuk rus kompozitori Pyotr Chaykovskiyning ajoyib dirijor Artur Nikish haqida quyidagi so'zlarini keltirish joiz: «Uning dirijorligi, — deb yozadi P.I. Chaykovskiy, — Gans Fon Byulovning ta ’sirchan va o'ziga xos usuliga mutlaqo o'xshamaydi. Fon Byulov q an ch alik harak atch an , n o tin ch va k o 'zga tashlanuvchi harakatlari ta’sirchan bo'lsa, janob Nikish shunchalik xotiijam va nafis, ortiqcha harakatlardan xolidir. Shu bilan birga janob Nikish hayratlanarli darajada kuchli, hukmronlik tuyg'usiga to'liq va o 'ta irodalidir. U bamisoli dirijorlik qilayotgandek emas, balki qandaydir sirli ilhom ta ’sirida harakatlanayotgandek, ohanglar oushida suzayotgandek tuyuladi kishiga. U diqqatni ko'p ham jalb qilavermaydi, chunki e’tiborni o'ziga tortmaslikka harakat qiladi. Vaholanki, orkestming ulkan jamoasi, mahoratli ustaning qo'lidagi bir cholg'udek, uning h u k m id a ek a n in i, to 'liq b o 'y su n ay o tg an in i sezasiz. O rk estrn i boshqarayotgan bu rahbar - 30 yoshlar chamasidagi rangpar, chaqnoq ko'zli yigit sehrli kuchga egadek tuyuladi. Bu kuch ta ’sirida orkestr, goh minglab lerixon karnaylaridek gumburlaydi, goh kaptardek mayin ovoz chiqaradi, gohida esa sehrlab qo'yuvchi sirlilik og'ushiga sizni batamom bog'lab qo'yadi. Bularning barchasi tinglovchilar o'ziga b o ‘ysunuvchi orkestr ustida xotirjam hukmronlik qilayotgan bu kichkinagina kapelmeysterga e’tibor ham bermaydigan tarzda amalga oshiriladi. Menimcha, bu - ideal!»Shu o 'rin d a «Yosh gvardiya» («Molodaya gvardiya») jumalida keltirilgan bir qiziqarli faktni eslash joiz (1966, 10-son 180-bet): amerikalik Din Dikson ismli dirijor bir kuni chap qo'Ii va o'ng yelkasini shikastlab olibdi. Navbatdagi konsertni qoldirmaslik uchun u faqat ko'z va qoshi harakati yordamida dirijorlik qilgan. Konsertdan so'ng musiqachilar o'z dirijorining yuz ifodasini yaxshi tushunganliklarini bildirganlar. Ana shu narsalaming barchasini bilish uchun qancha o'qish kerak? Odatda, dirijorlik kasbini biron-bir musiqiy cholg'uni yaxshi chala oladigan musiqachilar egallaydilar. Ba’zida esa dirijorlikka orkestr artisti yoki yakkaxon sozanda sifatida uzoq yillar faoliyat ko'rsatgan tajribali kishilar murojaat qiladilar. Gohida esa dirijorlikka bastakorlar qo'l uradilar. Buning uchun dirijorga tabiatdan berilgan musiqani tinglash qobiliyati va musiqa xotirasi nihoyatda zarur bo'ladi. Zero, pultda turar ekan, u musiqiy asarning har bir notasini eshitishi kerak bo'ladi. Agar orkestr a ’zolaridan qaysi b irid ir n o to ‘g ‘ri chalsa, yuz kishidan aynan qay biri n o to ‘g ‘ri chalayotganini aytib berish - dirijorning burchidir.Dirijorning vazifasi — orkestrni o'z irodasiga bo'vsundirgan holda barcha musiqachilaming musiqani yakdil his qilishini ta'minlash, ularni birlashtirib. yuzta turli shaxsdan o'zining har bir harakatiga qarab ish tutuvchi yagona jam oa, organizm yaratishdan iborat. Bunda quvonchli ijod hayajoni, ijodkorga xos va uni san’atga ruhlantiruvchi ko‘tarinkilikni asabiylikdan farqlash joiz. Zero, ijodiy hayajonda doimo o'zini tuta bilish, yaxshi kayfiyat, ijodga berilib, sho'ng'ib ketish hamroh bo'lsa, asabiylik. o'ziga ishonmaslik, quyushqondan chiqib ketish kabi salbiy oqibatlarga olib keladi Yüklə 339,29 Kb. Dostları ilə paylaş: |