O’quv-uslubiy majmua


Maktabda so‘z turkumlarini o‘rganish. «Fe’l» so‘z turkumini o‘qitish



Yüklə 0,49 Mb.
səhifə30/84
tarix20.11.2023
ölçüsü0,49 Mb.
#164628
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   84
O’quv-uslubiy majmua-hozir.org

Maktabda so‘z turkumlarini o‘rganish. «Fe’l» so‘z turkumini o‘qitish. «Fe’l» so‘z turkumi xususidagi dastlabki ma’Iumotlar boshlang‘ich sinflarda Shuning uchun mazkur so‘z turkumini o‘rganishdan oldin egallangan bilim, malaka va ko’nikmalar takrorlanadi. Berilgan bo‘lishli fe’llardan bo‘lishsiz (va aksincha) fe’llar hosil qilish, ular ishtirokida gaplar qurish, kesim vazifasida kelgan fe’llaming zamonmi almashtirib qo‘llash, kesimlarga shaxs-son va zamon qo‘shimchalari qo‘shish ishlari o‘rganilganlarni o‘quvchilar xotirasida tiklash imkoniyatini yaratadi.
  1. sinfda fe’llaming lug‘aviy shakllari va ma’no guruhlari o‘rganiladi. 0‘quvchilar «Fe’llaming umumiy xususiyatlari», «Fe’l nisbatlari» (aniq nisbat, orttirma nisbat, majhul nisbat, o‘zlik nisbat, birgalik nisbat), «Nisbat qo‘shimchalarining so‘z yasovchilar bilan yaxlitlanishi va takror qo‘llanilishi», «Fe’lning vazifa shakllari» (harakat nomlari, sifatdoshlar, ravishdoshlar), «Tub va yasama, sodda va qo‘shma fe’llar», «Harakat tarzi shakllari», «Fe’lning ma’noviy gurahlari» (nutqiy faoliyat fe’llari, aqliy faoliyat fe’llari, jismoniy faoliyat fe’llari, holat fe’llari), «Ko‘makchi fe’llar», «Fe’llaming munosabat shakllari», «Fe’llaming zamon shakllari», «Mayl shakllari», «Shaxs-son shakllari» singari mavzular bilan tanishadilar.


Mazkur mavzulami o’rganishda asosiy e’tibor o‘quvchilaming so‘z zaxirasini fe’llar bilan boyitish, og‘zaki va yozma nutqda ulardan to‘g‘ri va o‘rinli foydalanish malakalarini kengaytirishdan iboratdir.


0‘quvchilaming so‘z zaxirashii fe’llar bilan boyitishning muhim choralaridan biri fe’l-sinonimlar ustida ishlashdir. Berilgan fe’llarga ma’nodoshlar topish (raasalan, ajablanmoq, taajjublanmoq, hayron bo ‘Imoq; ayimioq, ajratnioq, judo qilmoq, mahrum qilmoq), sinonimik uyadagi ma’nosi tushunarli bo‘lmagan so‘zIaraing ma’nosini izohlash, qatordagi har bir so‘z yordamida gaplar tuzish (masalan, Salimaxon berilgan so ‘zlar ichidan fe ’llami ajratdi. Bozorga olib ketilishi lozirn bo'lgan mevalarni bir yoqqa ayirdi), matnni tahrir qilib, takrorlangan fe’llar o‘miga ulaming sinonimlarini qo‘llash singari ijodiy-amaliy ishlardan foydalanish o‘quvchilaming so‘z zaxirasini oshirishda o‘ta muhimdir.
«Harakat nomi» mavzusini o‘rganishda berilgan matn yoki gaplardan harakatni atab kelgan so‘zlami ajratish, ularni qo‘shimchadoshlarga bo‘lib guruhlash, bu guruhlami mustaqil davom ettirish, qo‘shimchadosh so‘z guruhlari uchun xos boMgan qo‘shirachalar: -moq ni ajratish, bu qo‘shimchalar bilan hosil bo‘lgan so‘zIaming imlosi, gaplami harakat nomi birikmalariga, birikmalami gaplarga aylantirish (masalan, Haqiqat tantana qiladi. Haqiqatning tantana qilishikabi), harakat nomlarining zarur, kerak, lozim, short, muhimkabi so‘zlar bilan birikib, kesim vazifasida kelishi ustida ish olib boriladi.
Fe’lning ravishdosh va sifatdosh shakllarini o‘rganishda ham shunga o‘xshash amaliy ishlar davom ettiriladi. 0‘quvchilar berilgan fe’l juftlarini (masalan, keldim, ishladim) bog‘lovchilar yoki ohang vositasida bog‘lab gap tuzish, bu fe’llami -b(-ib), -gach(-kach, -qach) qo‘shimchalari bilan biriktirib, gaplarning shaklini o‘zgartirish (masalan, Men keldim va ishladim - Men keldim, ishladim - Men kelib ishladim - Men kelgach, ishladimkabi), ravishdosh yasovchi qo‘shimchalar ro‘yxatini tuzish, ular yordamida so‘zlar hosil qilish, bu qo‘shimchalammg imlosi ustida ishlash kabi amaliy ishlardan foydalaniladi.
Sifatdoshlami o‘rganishda o‘quvchilar berilgan «sifat+ot» shaklli birikmalarda (masalan, siniq shisha, buzuq uy, quruq meva)sifatni fe’l bilan almashtirish (masalan, singan shisha, buzilgan uy, qurigan
meva)va sifatli birikmalar hosil qilish, sifatdoshlami hosil qiluvchi birikmalami aniqlash, ulaming imlosi ustida ishlash, sifatdoshlardan foydalanib, gaplaming mazmunini saqlagan holda shaklini o‘zgartirish (masalan, Kim ko'p o'qisa, dono bo‘ladi. Ko‘p o'qigan kishi dono bo ‘ladi)singari topshiriqlami berish mumkin.
Ma’lumki, tuslangan fe’llaming ham, tuslamnagan fe’llaming ham bo‘lishli va bo‘Iishsiz shakllari mavjud. 0‘quvchilar bu mavzulami o‘rganishda boMishli fe’llami boMishsiz shaklga va, aksincha, bo‘lishsiz fe’llami boMishli fe’llarga aylantirish, bo‘lishsiz shaklni hosil qiluvchi qo‘shimchalami aniqlash ustida ish olib boradilar.
«Fe’l» so‘z turkumini o‘rganishda, ayniqsa, uyadosh fe’llar ustida ishlash muhim ahamiyatga ega. 5-sinfda o‘quvchilar «Uyadosh so‘zlar» mavzusini o‘rganishda bir qator uyadosh fe’llar bilan ham tanishganlar. Berilgan umumiy ma’noli fe’lning xususiy ma’nolarini aniqlash, bir paradigmani tashkil etgan fe’llar ro‘yxatini tuzish (masalan, nutq fe’llari: so'zlamoq, gapirmoq, pichirlamoq, shivirlamoq, baqirmoq, o 'qimoq, hikoya qilmoq, qichqirmoqva h.k.) singari ijodiy- amaliy ishlar o‘quvchilar so‘z zaxirasini oshirishda muhim ahamiyatga ega.
Mazkur so‘z turkumini o‘rganishda o‘quvchini ta’lim
jarayonining faol ishlovchisiga aylantirish uchun kuzatish, izlanish, alohidaliklami sharhlash, qiyoslash, umumiylikni aniqlash, farqlami topish, tasnif etish, hukm chiqarish, amalda qo‘llash singari aqliy faoliyat usullarini qo‘llash lozim.
«Fe’l» so‘z turkumiga oid barcha mavzular til hodisalarini kuzatish va izlanish bilan boshlanib, umumlashmalar hosil qilish va amalda qoMlash bilan yakunlanadi.
«Fe’llarning yasalishi» mavzusini o‘rganishdan oidin o‘quvchilaming o‘zak va qo‘shimcha xususlda egallagan ma’lumotlari xotirada tiklanadi. Berilgan so‘zlami o‘zakdoshlarga ajratish va har bir so‘zning qaysi so‘z turkiuniga mansub ekanligini aniqlash, o‘rganilganlami xotirada tiklash hamda yangi mavzuni o‘rganishga zamin hozirlaydi.

Yüklə 0,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   84




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin