O’quv-uslubiy majmua
O’QUV-USLUBIY MAJMUA
(I kurs)
Bilim sohasi:
|
100000 – Gumanitar
|
Ta’lim sohasi:
|
110000 – Pedagogika
|
Ta’lim yo‘nalishi:
|
5111200 – O‘zbek tili va adabiyoti
|
Fanning o’quv-uslubiy majmuasi Muqimiy nomidagi Qo’qon davlat pedagogika instituti kengashining 2021-yil ____ dagi __-sonli bayoni bilan tasdiqlangan.
Tuzuvchilar:
A.Xasanov
|
-
|
Qo’qon DPI, “O’zbek tili” kafedrasi dotsenti, filologiya fanlari nomzodi
|
M.Nasirov
|
-
|
Qo’qon DPI, “O’zbek tili” kafedrasi o’qituvchisi
|
Taqrizchilar:
I.Madrahimov
|
-
|
Qo’qon DPI, “O’zbek tili” kafedrasi dotsenti, filologiya fanlari nomzodi
|
Sh.Akramov
|
-
|
Qo’qon DPI, “O’zbek tili” kafedrasi dotsenti, filologiya fanlari nomzodi
|
MUNDARIJA:
I.
|
O’QUV MATERIALLAR
|
|
1)
|
Ma’ruza mashg’ulotlari
|
|
2)
|
Amaliy mashg’ulotlar
|
|
II.
|
MUSTAQIL TA’LIM MASHG’ULOTLARI
|
|
1)
|
Mustaqil ta’lim mavzularini o’zlashtirish bo’yicha uslubiy ko’rsatmalar
|
|
III.
|
GLOSSARIY
|
|
IV.
|
ILOVALAR
|
|
1)
|
Fan dasturi
|
|
2)
|
Ishchi fan dastur
|
|
3)
|
Mashqlar to’plami
|
|
4)
|
Testlar
|
|
5)
|
Baholash mezonlari
|
|
6)
|
Boshqa ma’lumotlar (fan bo’yicha boshqa materiallar mavjud bo’lsa keltiriladi)
|
|
7)
|
O’UMning elektron variant (CD yoki DVD diskda)
|
|
O’QUV MATERIALLARI
MA’RUZA MASHG’ULOTLARI
1-ma’ruza: Ona tili o’qitish metodikasi mustaqil fan sifatida.
Reja:
1. “O‘zbek tili o‘qitish metodikasi” fanining maqsad va vazifalari.
2.O’zbek tili o’qitish metodikasining tarixiy shakllanishi , rivojlanishi va hozirgi ahvoli.
3.“O‘zbek tili o‘qitish metodikasi” fanining ilmiy-tadqiqot metodlari.
4. “O‘zbek tili o‘qiish metodikasi” fanining boshqa fanlar bilan aloqadorligi.
5.Ona tilining umumiy ta’lim tizimida tutgan o’rni va ahamiyati
6.Ona tili o’qituvchisi va unga qo’yiladigan talablar
1. “O‘zbek tili o‘qitish metodikasi” fanining maqsad va vazifalari.
Maktab, AL va KHKlarida o‘zbek tilining o‘qitilishi “Ta’lim to‘g‘ risida” gi Qo-nunda belgilangan ana shu prinsiplarga tayanadi. Ta’lim mazmuni masalasi peda-gogika tarixida eng qadimiy va ayni paytda eng dolzarb masalalardan biri bo‘lib turibdi. Pedagog olimlar jamiyat taraqqiyotining barcha davrlarida «Nimani o’qitish kerak?» degan savolga javob izlash bilan shug‘ullandilar va hali-hamon bu savolga to‘liq va har tomonlama mukammal javobni topa olganlaricha yo‘q. Ta’lim mazmuni bo‘yicha berilgan va berilayotgan barcha ma’lumotlar jamiyat va taraq-qiyot uchun nisbiyligicha qolaveradi. Cnunki odamlar yashaydigan jamiyat doimiy rivojlanishda, takomillashishda davom etadi va ijtimoiy taraqqiyot qonunlari aso-sida beto‘xtov ilgarilab boradi.
Ta’lim mazmunining bu tarkibiy qismlari chiziqsimon birin-ketinlikda joylashgan hodisalar emas, balki aylanasimon yaxlitlik bo‘lib, bu aylananing boshlanish va tugallanish nuqtasi birinchi va to‘rtinchi qismlarni, aylana doirasi esa ijodiy-amaliy ko‘nikmalarni tashkil etadi.
O‘zbek tili o‘qitish mazmuni – fonetika, leksikologiya, grammatika (morfologiya va sintaksis), uslubiyat, to‘g‘ri talaffuz, to‘g‘ri yozish, so‘z tanlash va gap tuzish; ijodiy fikrlash, fikrni to‘g‘ri, aniq ifodalash, ifodali o‘qish (qiroat), matn ustida ishlash va matn yaratish faoliyatlarini qamrab oladi.
«Talaba — ta’lim — o‘qituvchi» tizimi yangilangan ta’lim mazmunida yetakchi omildir. Bo‘lajak ona tili o‘qituvchisi metodika fanini chuqur o‘rganishi, kommunikativ savodxonlik me’yorlari bo‘yicha DTS talablarini yaxshi bilishi darkor. Snuningdek, o‘quvchi so‘z boyligini oshirish va boyitishning xilma-xil usullarini bilishi, til imkoniyatlaridan unumli foydalanishni o‘rganishi, egallangan nutqiy ko‘nikma va malakalarni mustahkamlash, rivojlantirish, takomillashtirish, ularni amaliyotga tatbiq etish yuzasidan izchil ma’lumotlarga ega bo‘lishi lozim.
“O‘zbek tili o‘qitish metodikasi” fani pedagogik fan sifatida o‘zining ilmiy tadqiqot obyekti, predmeti, maqsadi va vazifalariga ega.
Demak, o‘zbek tili mashg‘ulotlarida talabani ijodiy va mustaqil fikrlashga yo‘naltirish, so‘z tanlash, gapda so‘zni to‘g‘ri va o‘rinli qo‘llash o‘z fikrini aniq, ixcham, ravon ifodalashga o‘rgatish til o‘qitish metodikasining birlamchi vazifasi bo‘lsa, «talaba - talaba», «talaba - o‘qituvchi» tizimida o‘zaro muloqotni, bahsu munozarani to‘g‘ri tashkil qilish, talaba tafakkurini rivojlantirish jarayonlarini oqilona boshqarish, fikr ifodalash malakasini shakllantirishni o‘rganish, talabalarni o‘qituvchilik mahorati va ilg‘or texnologiya bilan tanishtirib borish metodika fanining ikkinchi va bag‘oyat muhim vazifasi hisoblanadi.
2.O‘zbеk (ona) tili o‘qitish mеtodikasi fanining shakllanish tarixi, XI asrdan XIX asrning 2-yarmigacha bo‘lgan davrda yashagan allomalarning til va nutq, ta’lim va tarbiya haqidagi fikrlari.
Uzoq tarixga ega bo‘lgan o‘zbеk xalqi ijtimoiy-siyosiy va g‘oyaviy to‘siqlarga qaramay, O‘rta Osiyodagi boshqa xalqlar kabi ilg‘or fikr egalarini, dunyoga mashhur buyuk olim, shoir va san’at ahllarini etkazdi, insoniyatga ilm-fan, madaniyat va adabiyot sohasida o‘lmas yodgorliklar taqdim etdi.
Abu Nasr Forobiy, Mahmud Qoshg‘ariy, Yusuf Xos Hojib, Mahmud Zamaxshariy, Alishеr Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur, Munis Xorazmiy kabi olim va shoirlar o‘z asarlarida o‘sha davr maktablaridagi ta’lim-tarbiya, ilmiy va badiiy asarlarni o‘qish va o‘rganish haqida fikrlar bildirib, metodik fikrning rivojiga ta’sir ko‘rsatdilar.
Ona tilini o‘qitish tarixi ancha qadimgi davrlarga borib taqaladi. Sharqda IX-XV asrlarda ijtimoiy – madaniy hayotda yuksalish, ilm – fanda taraqqyot kuzatiladi. Bu davrda O‘rta Osiyoda yashab, ijod qlgan, qomusiy olimlarimiz turli fanlar bo‘yicha erishgan yutuqlari bilan jahon madaniyati, ma’rifati, ilmu fan rivojiga ulkan hissa qo‘shdilar. Markaziy Osiyoni jahonga tanitgan Al-Xorazmiy, At- Termiziy, Abu Nasr Forobiy, Abu Ali ibn Sino, Abu Rayhon Beruniy, Ismoil Jurjoniy, Marg‘inoniy, Zamahshariy, Mahmud Qoshg‘ariy, Yusuf Xos Hojib, Alisher Navoiy kabi ulkan mutafakkirlar bebaho kashfiyotlari bilan o‘z xalqlarining shuhratini olamga yoydilar. Ular ta’lim va tarbiya bobida ham o‘chmas iz qoldirdilar. Chunonchi, buyuk mutafakkir Al Xorazmiy “Sezgi orqali bilish bu qisman bilish bo‘lsa, mantiqiy bilish haqiqatdir”, – deydi va bilim egallashda ijodiy faoliyatni asos qilib oladi.
Sharqda “ikkinchi muallim” deb tan olingan (Arastudan keyin) Abu Nasr Forobiyning “Ta’lim-tarbiya berish usullari” asaridagi “Bilim, ma’rifat, yaxshi axloq bilan bilimdon, ma’rifatli, yetuk, mukammal inson yetishadi. Buning uchun ta’lim jarayoni o‘qituvchi tomonidan to‘g‘ri tashkil etilishi, boshqarilishi va ma’lum maqsadlarga yo‘naltirishi lozim”, – degan fikri “O’zbek tili o‘qitish metodikasi”da ham asosiy, bosh mezon vazifasini o‘taydi.
Dostları ilə paylaş: |