O’quv-uslubiy majmua



Yüklə 0,49 Mb.
səhifə58/84
tarix20.11.2023
ölçüsü0,49 Mb.
#164628
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   84
O’quv-uslubiy majmua-hozir.org

Adabiyotlar:
  1. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to’g’risida”gi farmoni. 2029-yil, 29-aprel


  2. B. To‘xliyеv, M. Shamsiyеva, T. Ziyodova. O‘zbеk tili o‘qitish mеtodikasi. – T.: O‘zbekiston Milliy kutubxonasi, 2010.


  3. A. G‘ulomov, M. Qodirov. O‘zbek tili o‘qitish mеtodikasi. – T: “Fan va texnologiyalar”, 2012.




15-amaliy mashg’ulot: Umumiy o’rta ta’lim maktablarining 5-sinf ”Ona tili” darsligining tuzilishi va mazmuni
Reja:
  1. 5-sınf darslıgıdagı kırısh va takrorlash mashg’ulotlarını o‘rganısh.


  2. Fonetıka bo‘lımıga oıd mashg’ulotlarnı o‘rganısh


  3. Leksıkologıya bo‘lımıga oıd mavzularnı o‘rganısh


Darslik haqida ma’lumot beriladi. Maktab darsliklarini ishlab chiqishdagi ahmaiyatli jihatlar, unda DTSning o‘rni haqida fikrlar bayon etiladi. Maktab darsliklarining boshqa darsliklardan farqli tomonlari aytib o‘tiladi.


N.Mahmudov, A.Nurmonov, A.Sobirov, V.Qodirov, Z.Jo‘raboyevalar tomonidan tuzilgan 5-sinf ona tili darsligi (2007) umumiy o‘rta ta’lim davlat ta’lim standartiga mos holda tuzilgan bo‘lib, undagi talablarga javob beradi.
Darslik kirish mashg’uloti va takrorlash qismi bilan boshlanadi. Shuningdek, “Sintaksis va punktuasiya”, “Morfologiya”, “Fonetika” va “Leksikololgiya” hamda o‘quv yili oxirida takrorlash qismlari ham o‘z aksini asosida takrorlash mashg’ulotlari keltirilgan. Darslikda ko‘proq e’tibor nazariy ma’lumotlarga balki amaliy mashg’ulotlarga berilgan, o‘quvchilar o‘zlari mustaqil ravishda imkoni boricha amaliy topshiriqlarni bajaradilar. Darsliklardagi fonetika bo‘limiga oid mashg’ulotlarda quyi sinf o‘quvchilari nutqida uchraydigan kamchiliklar, siytniqsa talaffuzi va imlosida farq qiladigan tovushlarni farqlay olmaligi, buning natijasida so‘zlarni noto‘g’ri yozish hollarini nazarda tutib, ayrim unliliar imlosi, talaffuz va imlo me’yorlari, nutq tovushlarining ma’no farqlash vazifasi kabi mavzularga ko‘proq e’tibor qaratish lozim.
O‘quv yili oxirida takrorlash mashqlarini o‘tishda yil davomida olingan bilimlarni tekshirish maqsadida har xil o‘yin-topshiriqlar, test o‘tkazish kabi usullardan foydalanish o‘qtiriladi.
Fonetika bo‘limini o‘rganish uchun 50 soat dars soati berilgan bo‘lib, shundan 3 soat mustahkmlash va 4 soat takrorlash uchun mashg’ulotlar berilgan.
Fonetika grafika bo‘limi bilan uzviy bog’liq bo‘lganligi uchun darslikda ham ikki bo‘lim bir-biriga solishtirish asosida berilgan.
Bo‘lim boshida tilshunoslik va uning bo‘limlari haqida qoidalar berilgan.
Tilning ichki tuzilishidan qaysisini o‘rganishga ko‘ra tilshunoslik fani bir necha bo‘limlarga bo‘linadi.
Tilning tovush tuzilishi fonetika bo‘limida, harflar tizimi esa grafika bo‘limida o‘rganiladi.
So‘z va uning ma’nolari leksikologiya bo‘limida, so‘z turkumlari morfologiya bo‘limida, gap va gapda so‘zlarning bog’lanishi sintaksis bo‘limida o‘rganiladi.
Og’zaki nutqning eng kichik, boshqa mayda bo‘lakka bo‘linmaydigan qismi nutq tovushi deyiladi.
Tovushning yozuvdagi ifodasi harf deyiladi. Tovushlar nutq a’zolari orqali hosil qilinadi, nutq tovushlari nutq a’zolarining qayerida paydo bo‘lishiga qarab turlarga bo‘linadi: lab tovushlari, til tovushlari, burun tovushlari, bo‘g’iz tovushi.
Fonetika va grafika bo‘limini solishtirib o‘rganishda talaffuzi a imlosi har xil bo‘lgan, ya’ni aytilishi bilan yozilishi orasida farq bo‘lgan tovushlarni o‘rganish katta ahamiyatga ega. Chunki mustaqil yozma ishlar yozishda o‘quvchilar yuqoridagi tovushlar bilan so‘zlar xato yozish hollari ko‘p uchraydi.
Masalan, b jarangli tovush p jarangsiz tovush kabi, d – t kabi talaffuz qilinganda noto‘g’ri yozib qo‘yishi mumkin. Boring, farzant kabi.
Fonetika bo‘limida shu bilan birga yangi o‘zbek alifbosi, talaffuz va imlo me’yorlari, ayrim unlilar va undoshlar talaffuzi va imlosi, qush undoshlar va tutuq belgisining ishlatilishi kabi, shuningdek, urg’u va bo‘g’in haqida ma’lumotlar berib o‘tilgan, shunga mos ravishda mashq va topshiriqlar havola eting. Bo‘g’inga ajratish va bo‘g’in ko‘chirish tushunchlarning farqli tomonlarini sodda mashqlar orqali tushuntirilgan.
Talabalar darslik bilan ishlaganda undagi mavzuga oid mashqlarning barchasini o‘rganib, berilgan topshiriqlar ustida ishlab chiqishi lozim. Chunki sodda ko‘ringan ayrim mashqlarni tushuntirish murakkab bo‘lishi, uni hamma talabalar ham baravar birdek to‘g’ri tushunmasligi mumkin. Bo‘lim oxirida test ustida ishlash va nazorat diktanti olish kabi topshiriq bilan yakunlanadi.
Mustahkamlash uchun savollar:
  1. Fonetika bo‘limiga oid mashg’ulotlarning darslikda berilishi yuzasidan mulohazalariningz.


  2. Fonetika nima uchun grafika bo‘limi bilan birga berilgan, misollar bilan tushuntiring.


  3. Darslikning DTS talablariga mosligi haqidagi fikringiz.


5-sinf darsligida leksikologiya bo‘limini o‘rganish uchun 24 soat dars berib, shundan 3soat mustahkamlash darsiga ajratilgan. Bo‘limdagi mashg’ulotlar leksikologiya haqida suhbat bilan boshlangan. Bunda leksikologiya bo‘limi haqida ma’lumot hikoya turzida berilgan. So‘zlarning atash ma’nosi, bir ma’noli va ko‘p ma’noli so‘zlar, so‘zlarning uz va ko‘chma ma’nosi, so‘zlar ma’no munosabatiga ko‘ra turlari, leksikaning boyitish manbalari lug’at va lug’atshunoslikka oid materiallar berilgan.


So‘zlarning borliqdagi qanday narsa – hodisalar, belgi xususiyatlar, harakat- holatlarni bildirish uning atash ma’nosi sanaladi.
So‘zlar bir ma’noli va ko‘p ma’noli so‘zlarga bo‘lmni ifodalash uchun qo‘llanilgan so‘zlar 1 ma’noli so‘zlar sanaladi.
Nutqiy jarayonda ikki va undan ortiq ma’noda qo‘llanuvchi so‘zlarga ko‘p ma’noli so‘zlar deyiladi.
Ko‘p ma’noli so‘zlarni o‘rganishda ularning shakldosh so‘zlarga o‘xshash va farqli tomonlariga ahamiyat berish lozim.
Ko‘p ma’noli so‘zlar bir so‘zning o‘z va ko‘chma ma’nolarida qo‘llashda hosil bo‘ladi. Shakldosh so‘zlar esa shakli o‘xshash ikki va undan ortiq so‘zlardir.
So‘zlarning ma’no munosabatiga ko‘ra turlarini o‘rganishda adabiyot faniga bog’liq materiallar ham berilib, mumtoz adabiyotga tegishli tuyuqlardan namunalar keltirish orqali shakldosh so‘zlarning ma’nosi ertaklardan keltiring namunalar bilan zid ma’noli so‘zlarning bolalarga atalgan she’rlar keltirish bilan esa ma’nodosh so‘zning o‘ziga xos xususiyatlari tushuntirib o‘tilgan.
Mustahkamlash uchun savollar:
  1. Leksikologiya bo‘limiga oid mashg’ulotlarning darslikda berilishi haqida mulohazalar.


  2. Ushbu bo‘limning tilshunoslikning boshqa bo‘limlariga oid mashg’ulotlar bilan bog’lab o‘tishga mos bo‘lgan mashq va topshiriqlar haqidagi fikrlar.


  3. Lug’atlar bilan ishlashda nimalarga ahamiyat berish lozim.


  4. Ko‘p ma’noli so‘zlar bilan omonim so‘zlarni farqlashga oid mashqlarning darslikda berilishi.





Yüklə 0,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   84




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin