3-laboratoriya mashg’uloti: Tovush orttirilishi, almashishi, tushib qolishi, tutuq belgisining ishlatilishiga oid videodars tayyorlash I. Mavzu yuzasidan suhbat.
1. Siz qanday fonetik hodisalarni bilasiz?
2.Fonetik hodisalar qachon yuz beradi?
3.Tovush tushishi hodisasi qo’shimchaning qaysi turi bilan bog’liq holda yuz beradi?
4.Tovush orttirilishi hodisasini tushuntirb bering va misollar yordamida asoslang.
5.So’z asosiga qanday qo’shimchalar qo’shilganda tovush almashishi hodisasi yuz beradi?
6. Videodars haqida tushunchaga egamisiz?
7.Videodarsdan qachon foydalanish mumkin?
8. Videodars tayyorlash uchun nimalar kerak?
Amaliy yordam. Videodars tayyorlash uchun tavsiyalar:
1. Tanlangan mavzuni nazariy jihatdan chuqur o'rganish
2. Mavzuga doir slayd tayyorlash
3.Slaydlar jadval shaklida yoki model shaklida bo’lgani ma’qul
4.Mavzuni tushuntirish jarayonida bir maromda gapiring, kerakli so’zlarga urg’uni bera biling
5. Mavzuni har tomonlama qamrab olishga harakat qiling.
6. Test savollaridan, jonli nutqdan foydalanishingiz mumkin
7. Turli matnlardan foydalanish ham yaxshi samara beradi.
Amaliy ish. Quyidagi mavzulardan birini tanlang a videodars tayyorlang.
Tovush tushishi hodisasiga videodars tayyorlash
Tovush almashishi hodisasiga videodars tayyorlash
Tovush orttirilishi hodisasiga videodars tayyorlash
Tutuq belgisining qo’llanishiga doir videodars tayyorlaydi
4-laboratoriya mashg’uloti: “Eskirgan so’zlar”, “O’zlashma so’zlar” mavzulari bo’yicha tarqatma materiallar tayyorlash I. Mavzu yuzasidan suhbat.
1. Eskirgan so’zlar mavzusi qaysi sinfda o’rganiladi?
2.O’zlashma so’zlar mavzusi qaysi sinfda o’rganialdi?
3.Eskirgan so’zalr haqida gapirib bering.
4. O’zlashma so’zlar deganda qanday so’zlar tushuniladi?
5. Tilimizda qaysi tillardan o’zlashgan so’zlar qo’llanadi?
4. Hozirgi kunda ham yangidan-yangi o’zlashma so’zlar paydo bo’lmoqda. Bular ko’proq qaysi tillardan o’zlashganini bilasizmi?
II. Amaliy ishlar bajarish.
1. Eskirgan so’zlar va o’zlashma so’zlar bo’yicha test savollari tayyorlash(10 ta)
2.Savolli va topshiriqli kartochkalar tayyorlash(10 ta)
3.Rasmli kartochkalar tayyorlash(10 ta)
4. Darslikdagi mashqlar bo’yicha eskirgan so’zlar va o’zlashma so’zlar lug’atini tuzish.