Dasturiy ta’limning asosiy xususiyatlari quyidagilardan iborat:
o‘quv materialining alohida qismlarga ajratilishi;
o‘quv jarayonining bilimlarni o‘zlashtirish bo‘yicha bilimlar porsiyalari va fikrlash amallaridan iborat bo‘lgan ketma-ket qadamlardan iborat bo‘lishi;
har bir qadamning nazorat bilan yakunlanishi (savol, topshiriq va shu kabilar);
nazorat topshiriqlarini to‘g‘ri bajarganida o‘quvchining yangi materiallarni olishi va navbatdagi qadamni bajarishi;
to‘g‘ri javob topganda o‘quvchining yordamchi va qo‘shimcha tushuntirishlarni olishi;
har bir o‘quvchining mustaqil ishlashi, kuchi yetadigan mavzu bo‘yicha o‘quv materialini egallanishi;
barcha nazorat topshiriqlari bajarilish natijalarining qayd etilishi (ular o‘quvchilarning o‘zlariga (ichki qayta aloqa) va pedagogga (tashqi qayta aloqa) ma’lum qilinadi);
o‘qituvchining ta’lim tashkilotchisi va qiyinchilik yuzaga kelganda yordamchi (maslahatchi) sifatida ishtirok etishi, individual yondoshuvning amalga oshirilishi;
ta’lim jarayonida o‘qitishning o‘ziga xos vositalarining keng qo‘llanilishi (dasturlashtirilgan o‘quv qo‘llanmalari, trenajerlar, nazorat qilish qurilmalari, o‘qitish mashinalari).
Kompyuterli ta’lim. O‘qitish sohasida jahon didaktikasining muhim tajribasi - shaxsiy elektron-hisoblash mashinalari (ShEHM) rivojlanishi kompyuterli (kompyuterlashtirilgan) ta’limning shakllanishiga imkon berdi. Maxsus ta’lim dasturlari bilan ta’minlangan kompyuterlarni deyarli barcha didaktik masalalar: axborotni berish, o‘qitish jarayonini boshqarish, natijalarini nazorat qilish va tuzatib borish, mashqlarni bajarish, o‘quv jarayoni rivojlanishi haqida ma’lumotlarni to‘plash va boshqalarni hal etishga moslashtirish mumkin.
Rivojlangan mamalakatlarda kompyuterlardan ta’limdan foydalanishning keng rivojlanishi bu boradagi quyidagi asosiy yo‘nalishlarni aniqlashga imkon berdi:
alohida o‘quv fanlari (matematika, tabiiy fanlar, ona tili, chet tili, geografiya va boshqalar) bo‘yicha o‘zlashtirish darajasini oshirishni ta’minlash;
umumiy kognitiv (idrok etish) qobiliyatlari – qo‘yilgan masalani hal etish, mustaqil fikrlash, kommunikativ malakalarni egallash (axborotni to‘plash, analiz, sintez qilish)ni rivojlantirish, u yoki bu ko‘nikmani shakllantirishga imkon beruvchi jarayonlarga e’tiborni kuchaytirish.
Bundan tashqari kompyuterlardan avtomatlashtirilgan test sinovlari o‘tkazish, baholash va boshqarishda keng foydalaniladi, bu o‘qituvchi vaqtini tejashga imkon beradi, natijada pedagogik jarayonning samaradorligi oshadi.
Dasturiy va kompyuterli ta’limlar o‘qitish algoritmlarini ajratishga asoslanadi. Algortm to‘g‘ri natijaga olib keluvchi ketma-ket amallar tizimi sifatida bilim, ko‘nikma va malakalarni to‘la o‘zlashtirish uchun zarur bo‘lgan o‘quv faoliyati tartibi va ketma-ketligini o‘quvchiga ko‘rsatadi. O‘quv dasturlari va kompyuterli ta’limning samaradorligi fikrlash faoliyatini boshqarish algoritmlarining sifatiga bog‘liq. Yomon tuzilgan algoritmlar kompyuterli o‘qitishning sifatini keskin pasaytiradi.
Kompyuterli ta’limning sifati quyidagi ikki asosiy omil bilan aniqlanadi:
o‘qitish dasturlarining sifati;
hisoblash texnikasining sifati.
Bu sohada ham muayyan muammolar mavjud, ya’ni, o‘quvchilarning idrok etish faoliyatini tashkil etish qonuniyatlarini hisobga olgan holda yaratilgan ta’lim dasturlari hozircha juda kam, ularni tuzib ishlab chiqish ko‘p vaqt va kuch talab etiladi, shu bois ularning narxi ham qimmat. Respublika ta’lim muassasalarida EHMlar soni va ulardan foydalanish ko‘lami ortib va takomillashib bormoqda, biroq, bu sohada hali jahon tajribasidan ortda qolish holati bartaraf etilgani yo‘q.
Ta’limni tashkil etish shakllari turli davrlarda turlicha bo‘lgan. XVI-asrning oxiri va XVII-asrning boshlarida buyuk chex pedagogi Ya.A.Komenskiy tarixda birinchi bo‘lib maktab ta’limida sinf-dars tizimini yaratdi. Ta’lim shakllarining rivojlanishi.Jahon pedagogik fani va amaliyotida ta’limni tashkil etishning turli shakllari mavjud. Ayni vaqtda ta’limning quyidagi shakllari ajratib ko‘rsatiladi: individual, individual-guruhli, sinf-dars, ma’ruza, auditoriyadan tashqari va maktabdan tashqari. Ta’limning individual-guruhli shaklidan Yevropada XVI asrda keng foydalana boshladilar
Sinf-dars tizimi sharq mamlakatlariga, jumladan Markaziy Osiyodagi yeski musulmon maktablariga tatbiq bo‘lmadi. Ularda oktabr to‘ntarishiga qadar o‘rta asr maktablariga xos ta’lim tizimi davom etib keldi……………..
Sinf yoshi va bilimi jihatidan bir xil bo‘lgan ma’lum miqdordagi o‘quvchilar guruhidir. Dars deb bevosita o‘qituvchining rahbarligida muayyan o‘quvchilar guruhi bilan olib boriladigan ta’lim mashg‘ulotlariga aytiladi.
Dars- o‘quv ishlarining asosiy tashkiliy shakli. Dars- o‘quv ishlarining markaziy qismi. Hozir maktablarimizda qo‘llanilayotgan sinf-dars tizimi quyidagi tashkiliy shakllarda olib boriladi:
1. Har qaysi sinf yoshi va bilimiga ko‘ra bir xil darajadagi bolalarning doimiy guruhiga ega bo‘ladi. 2. Dars mashg‘uloti asosan 45 daqiqaga mo‘ljallangan bo‘lib, qat’iy jadval asosida olib boriladi. 3. Dars bevosita o‘qituvchining rahbarligida jamoa va yakka shaklda olib boriladi. 4. Dars o‘tilayotgan materialning mazmuniga qarab xilma-xil usul bilan olib boriladi, ta’lim tizimining bir qismi sifatida albatta tugallangan bilim beradi va navbatdagi bilimlarni o‘zlashtirish uchun zamin yaratadigan qilib uyushtiriladi. Ayni paytda, maktablarimizda ta’limni tashkil qilish shakllari ikki turda olib borilmoqda:
1. Sinf-dars shaklidagi olib boriladigan mashg‘ulotlar. 2. Amaliy va tajriba ishlari shaklida olib boriladigan mashg‘ulotlar. Sinf-dars shaklida olib boriladigan mashg‘ulotlar o‘qituvchining kundalik o‘quv materialini tizimli bayon qilib berishni, xilma-xil usullardan foydalanishni, o‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalarini izchillik bilan hisobga olib borishni o‘quvchilarni mustaqil ishlarga o‘rgatishni o‘z ichiga oladi.
Amaliy va tajriba ishlari shaklida olib boriladigan mashg‘ulotlar sinf sharoitidan tashqarida, o‘quv ustaxonasi, tajriba uchastkalari va maydonlarida ishlash, ekskursiyalar o‘tkazish yo‘li bilan olib boriladi.
Nazorat savollari: Turli davrlardagi olimlarning ta’limni tashkil etish yuzasidan qarashlarini o‘rganib chiqing.
Sinf-dars tizimi ta’limni tashkil etish ning asosiy shakli sifatida ekanligini izohlang.
Ta’limni tashkil etishning qo‘shimcha shakllari va ularning ahamiyatini aytib bering.
2- savolbayoni. Sinf-dars shaklidagi dars turlari va ularning tuzilishini quyidagicha izohlashimiz mumkin:
1 soatlik darsga mo‘ljallangan dastur materiallarining mazmunini bayon qilish uchun didaktik maqsad va talabalarga muvofiq ravishda tashkil qilingan mashg‘ulot turi dars turlari deb yuritiladi. Ta’lim tizimida eng ko‘p qo‘llaniladigan dars turlari quyidagilardir:
1. Yangi bilimlarni bayon qilish darsi.
2. O‘tilgan materiallarni mustahkamlash darsi.
3. O‘quvchilarning bilim, malaka va ko‘nikmalarini tekshirish va baholash darsi.
4. Takroriy-umumlashtiruvchi va kirish darslari.
5. Aralash dars (yuqoridagi dars turlarining bir nechtasi birga qo‘llanilishi)
Ma’lum bir dars turi bilan olib boriladigan mashg‘ulotlarda ikkinchi, hatto uchinchi bir dars turining unsurlari bo‘lishi mumkin.
Masalan, maktablarimizda eng ko‘p qo‘llaniladigan dars turlaridan biri yangi bilimlarni bayon qilish darsidir. Bu dars turi quyidagicha tuziladi:
a) Yangi bilimlarni bayon qilish.
b) Yangi bilimlarni mustahkamlash.
v) Yangi bilimlar ustidan mashq qilish.
g) Yangi bilimlarga bog‘liq holda uy vazifalarini topshirish.
Demak, dars boshdan-oyoq bir dars turi bilan olib borilmaydi, balki shu darsda yangi bilimlarni bayon qilish bilan birga uni mustahkamlash, yangi bilimlar ustidan mashq o‘tkazish uyga vazifa kabi boshqa unsurlarning bo‘lishi ham mumkin. Shunga qaramay, darsdan ko‘zlangan maqsad o‘quvchilarga yangi bilim berishga qaratilgan bo‘lsa, butun didaktik usullar shunga bo‘ysundiriladi. Shuning uchun ham bunday dars yangi bilim berish darsi deb ataladi.
Ma’lum dars turi bilan ish olib borilayotganda boshqa bir unsurlari asosiy dars turidan o‘rin olishi va ayni paytda asosiy dars turining tuzilishini tashkil qilishi mumkin. Demak, dars tuzilishi u yoki bu dars turining tuzilishini, uning qismlarini anglatadi.
Nostandart darslar. XX asr 70-yillari o‘rtalarida milliy maktablarda o‘quvchilarning mashg‘ulotlarga qiziqishlarining pasayish xavfi aniqlandi. Muammoni bartaraf etish maqsadida nostandart darslarning tashkil etilishiga alohida e’tibor qaratildi. Nostandart dars an’anaviy tuzilishdagi improvizatsion o‘quv mashg‘ulotidir.
Pedagogik adabiyotlarni tahlil qilish nostandart darslarning o‘nlab turlari mavjudligini ko‘rsatdi. Ular orasida “berilish” darsi, amaliy o‘yinlar, matbuot konferensiyalari, ijodiy hisobotlar, musobaqalar, KVN turidagi o‘yinlar, tanlov, teatrlashtirilgan darslar, kompyuterli darslar, fantaziyalar, “sudlar”, haqiqatni izlash, “paradokslar”, auksionlar, dialoglar Nazorat savollari: Dars turlarini tahlil qiling.
Har bir darsning tarkibiy qismlarini o‘rganib chiqing. Ular o‘rtasidagi bog‘liqlikni bayon qiling.
Dars bosqichlarini izohlang.
Har bir bosqich keyingisidan nimasi bilan farq qilishini ifodalab bering.