O’quv uslubiy majmua


O‘qituvchining darsga tayyorgarligi



Yüklə 2,49 Mb.
səhifə46/194
tarix22.12.2023
ölçüsü2,49 Mb.
#189806
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   194
portal.guldu.uz-Umumiy pedagogika

O‘qituvchining darsga tayyorgarligi. Darsning samaradorligi uning puxta tayyorlanganligi va samarali tashkil etilganligi bilan bog‘liq. Yaxshi rejalashtirilmagan, yetarlicha o‘ylab chiqilmagan, shoshilinch tuzilgan va o‘quvchilar imkoniyatlariga moslashtirilmagan dars sifatli bo‘la olmaydi. Darsga tayyorgarlik aniq sharoitlarda eng yuqori yakuniy natijaga erishishni ta’minlovchi o‘quv-tarbiyaviy jarayonni tashkil etilishini ta’minlash, komleks chora-tadbirlarni ishlab chiqishdir.
O‘qituvchining darsga tayyorgarligida quyidagi uchta bosqich ko‘zga tashlanadi: tashhislash, bashoratlash, loyihalashtirish (rejalashtirish). Shu bilan birga o‘qituvchi amaliy materiallarni yaxshi bilishi, o‘z fanini erkin olib borishga erishishi lozim. Darsga tayyorgarlik asosini bo‘lajak mashg‘ultning algoritmlari, samaradorligi bog‘liq bo‘lgan omillar va holatlarni hisobga olishni ta’minlovchi qadamlarni ketma-ket tartib bilan bajarish tashkil etadi.
Algoritmni amalga oshirish aniq sharoitlarni diagnostika qilish bilan boshlanadi. Tashhis didaktik jarayon kechadigan barcha sharoitlarni oydinlashtirish, uning natijalarini belgilashdir. Unda o‘quvchilarning imkoniyatlari, ularning faoliyatlari va xulqlari, motivlari, talab va layoqatlari, qiziqish va qobiliyatlari, bilimdonlik darajasi, o‘quv materialining xususiyati, uning amaliy ahamiyati, dars tuzilishi, yangi axborotni o‘zlashtirish, mustahkamlash va tizimlashtirish, bilim, ko‘nikma va malakalarini nazorat qilish hamda tuzatish kabi holatlar namoyon bo‘ladi.
Bashoratlash bo‘lajak darsni tashkil etilishining turli varianlarini baholash va ulardan qabul qilingan mezonlarga muvofiq eng ma’qulini tanlab olish.
Loyihalashtirish (rejalashtirish) o‘quvchilarning o‘quv faoliyatini boshqarish dasturini yaratish bo‘lib, u darsga tayyorlanishning yakuniy bosqichi hisoblanadi. Loyiha (boshqarish dasturi) qisqa va aniq, erkin tuzilgan, pedagog o‘zi uchun boshqarish jarayoni muhim vaziyatlari (kimdan va qachon so‘rash, qaerda mavzuni kiritish, mashg‘ulot keyingi bosqichiga qanday o‘tish, oldindan ko‘zda tutilmagan qiyinchiliklar yuzaga kelganida jarayonni qaysi sxema bo‘yicha qayta o‘zgartirish)ni belgilab olishga imkon beruvchi hujjatdir. Boshqarish dasturi darsning an’anaviy rejasidan boshqarish ta’sir ko‘rsatishlarini aniq va tushunarli belgilab olish bilan farq qiladi.

Yüklə 2,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   194




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin