O’quv uslubiy majmua



Yüklə 2,49 Mb.
səhifə2/194
tarix22.12.2023
ölçüsü2,49 Mb.
#189806
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   194
portal.guldu.uz-Umumiy pedagogika

M U N D A R I J A


Kirish..............................................................................................................
O‘QUV MATERIALLARI ...............................................................................
semInar MASHg‘ULOTLARI .......................................................................
MUSTAQIL TA’LIM MAShG‘ULOTLARI .................................................
GLOSSARIY .....................................................................................................
ILOVALAR ................................................................................................……
FAN DASTURI.......................................................................................................
ISHCHI FAN DASTURI.............................................................................................
TESTLAR.................................................................... ................................
QOSHIMCHA DIDAKTIK MATERIALLAR......................................................................

Kirish
Mustaqillik barcha jabhalarda bo‘lgani kabi xalq ta’limi sohasida ham katta o‘zgarishlar yasadi. Ta’lim samaradorligini oshirish, davlat ta’lim standartlarining bajarilish sifatini ta’minlash, hozirda pedagogikaning oldida turgan muhim vazifalardan biri hisoblanadi.
«Ta’lim to‘g‘risida»gi qonunni amalga oshirish jarayoni sifat bosqichga kirdi. Yangi o‘quv dasturlari, o‘quv rejalari, yangi avlod darsliklari, ta’lim standartlariga muvofiq holda ta’lim muassasalariga taqdim yetildi. Ta’lim oldida turgan vazifalarni hal etish bevosita o‘qituvchi faoliyatiga bog‘liqdir. O‘qituvchi o‘quvchilarni bilim egallashda faollashtiradigan, barcha uchun qulay bo‘lgan yo‘llarni, usul va uslublarni, ta’limning turli xil vositalarini va vaziyatlarini izlaydi. Ulardan foydalangan holda pedagogik jarayonning samaradorligini oshiradi. Talabalarni mustaqil fikrlashga o‘rgatib, ijodiy izlanishga, egallayotgan kasbining sirlarini bilib olishga yo‘naltiradi.
Pedagogika fani jamiyatning rivojlanish qonun-qoidalariga tayangan holda taraqqiy etadi. Kuchli davlatdan kuchli jamiyatga o‘tish yo‘lida amalga oshirilayotgan ishlar milliy ong kun sayin yuksalayotganidan dalolat beradi. Inson ongi taraqqiy etmas ekan, ijtimoiy hayot jabhalarida hech bir o‘zgarish sezilmaydi. Ushbu qo‘llanmada pedagogika fanidan o‘tiladigan mavzular bo‘yicha mustaqil ish topshiriqlari berilgan. Talaba har bir mavzu bo‘yicha yangi bilimlarni mustaqil tarzda puxta o‘zlashtirish ko‘nikmalariga ega bo‘lishi, kerakli ma’lumotlarni izlab topishning qulay usullari va vositalarini aniqlashi, axborot manbalaridan unumli foydalanishi, an’anaviy o‘quv va ilmiy adabiyotlar, me’yoriy hujjatlar bilan ishlashi, internet tarmog‘idan maqsadli foydalanishi va berilgan topshiriqlarning yechimini belgilashi, topshiriqlarni bajarishda tizimli va ijodiy yondoshishlari zarur. To‘plamda mavzularning nazariy asoslarini mukammal o‘rganish, tahlil qilish, qiyosiy taqqoslashga mo‘ljallangan vazifalar, ayrim jihatlarini chuqur egallashga qaratilgan topshiriqlar, olgan bilimlarni amalda tatbiq etish yo‘l-yo‘riqlari ishlangan.
Majmua talabalarning pedagogika fanidan oladigan bilimlarini ko‘nikma va malakaga aylantirish uchun, pedagogik kasb xususiyatlaridan voqif bo‘lishlari hamda kafolatlangan natijaga erishishlariga hissa qo‘shishga yo‘naltirilgan va oliy o‘quv yurtining barcha yo‘nalishdagi talabalari uchun mo‘ljallangan.
O‘quv- uslubiy majmua oxirida yakuniy xulosalar, bilimini sinab ko‘rish uchun nazorat savollari, tegishli adabiyotlar ro‘yxati va fanda yechimini kutayotgan asosiy ilmiy muammolar mavzulari keltirilgan.
O‘quv- uslubiy majmua haqidagi fikr-mulohazalarini bildirgan hamkasblariga mualliflar o‘z minnatdorchiligini bildiradi.


O‘QUV MATERIALLARI



Yüklə 2,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   194




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin