O’quv uslubiy majmua



Yüklə 2,49 Mb.
səhifə8/194
tarix22.12.2023
ölçüsü2,49 Mb.
#189806
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   194
portal.guldu.uz-Umumiy pedagogika

Ishlab chiqarish – kadrlarga bo‘lgan ijtimoiy ehtiyojni shuningdek, ularning tayyorgalik sifati va saviyasiga nisbatan qo‘yiladigan talablarni belgilovchi asosiy buyurtmachi, kadrlar tayyorlash tizimini moliyaviy va moddiy-texnika jihatdan ta’minlash jarayonining qatnashchisi. “Ishlab chiqarishning talab-ehtiyojlari kadrlar tayyorlash tizimining yo‘nalishi, darajasi va miqyoslarini shakllantiradi, kasb tayyorgarligining maqsadi, vazifalari va mazmunini belgilaydi, malaka talablarini ilgari suradi, ta’limning zamonaviy texnologiyalari va shakllarini tanlashni taqozo etadi”.

Nazorat savollar:

  1. “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi”ning bosh g‘oyasi nimadan iborat?

  2. Kadrlar tayyorlash milliy modeli nima?

  3. Kadrlar tayyorlash milliy modelining asosiy tarkibiy qismlari nimalardan iborat?

  4. Uzluksiz ta’lim tizimining mohiyatini yoritib bering.

3-savol bayoni.
Respublikamizning istiqlolga erishuvi jamiyat hayotining barcha jabhalarida shu jumladan ta’lim-tarbiya sohasida ham o‘z aksini topdi. O‘zbek pedagogikasi tarixida burilish davri, yangilanish davri boshlandi. O‘zbekiston Respublikasidagi mustaqil huquqiy, demokratik davlat, erkin fuqarolik jamiyati qurish yo‘lidagi ulkan ishlar inson mohiyatini yangidan kashf qilishga, uni intellektual-amaliy rivojlanishi uchun yangi shart-sharoitlar yaratib berdi. Bu o‘z navbatida insoniyat yaratgan ma’naviy–ilmiy boyliklarga, insonning o‘ziga yangicha munosabat, yondashuvni yuzaga keltirdi.
Prezidentimiz I.A.Karimov aytganlaridek: “Fuqarolar endi ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni ishtirokchisi, bajaruvchisi emas, balki bunyodkori va tashkilotchisidir. Bunday yangicha yondashish albatta pedagogika fanini keyingi rivojlanishiga katta ta’sir ko‘rsatdi. Endi pedagogika fani faqat ta’lim-tarbiya jarayonini nazariy, metodik-amaliy ta’minlovchi emas, komil insonni shakllanishini, rivojlanishini ta’minlovchi keng sohalarni o‘z ichiga ola boshladi. Endilikda pedagogika fani o‘z oldiga yangicha fikrlash, yangicha tafakkur, milliy mafkuraning keng qamrovli sifatlarini shakllantirish vazifalarini qo‘ydi. Shuning uchun ham yangi ta’lim konsepsiyasi qabul qilindi va unda keyingi rivojlanishlarning barcha yo‘nalishlari qayta ko‘rib chiqildi. Ko‘p yillar davomida pedagogika siyosatga xizmat qilib kelgan va ma’lum chegaralanishlarga amal qilishga majbur bo‘lgan bo‘lsa, endilikda u siyosatdan holi bo‘lgan holda erkin fan sifatida o‘z rivojlanishini davom ettirish imkoniyatiga ega bo‘ldi. O‘zbek pedagogikasi o‘z milliy xususiyatlarini rivojlantirish imkoniyatiga ega bo‘ldi.
Ona tili, Vatan tarixi, geografiyasi, milliy urf-odat va an’analar e’tibordan chetda qolib, shaxslar ota-bobolar o‘tmishidan bexabar o‘qitilar edi. Respublikamizning istiqlolga erishuvi natijasida o‘zbek pedagogikasi ijodiy va milliy yo‘nalishda e’tiborli o‘zgarishlar kasb etdi. Boy milliy madaniy meros va an’analar e’tibordan chetda qolgan ilg‘or pelagogik fikrlar O‘zbek pedagogikasida o‘z o‘rnini topdi hamda o‘z vazifasini bajara boshladi. Yangi mazmunli darsliklar, uslubiy qo‘llanmalar yaratishda milliy-madaniy, tarixiy adabiyotlardan, materiallardan keng foydalanila boshlandi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1991 yil 29 avgust qaroriga asosan “Ta’lim to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining qonuni kuchga kirdi. “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonuni ta’lim tizimini jiddiy yangilanishi, isloh qilinishiga asos bo‘ldi. Oldingi qabul qilingan qonunlardan (1930, 1949, 1958, 1973, 1984 yillar) farqli o‘laroq, xalq ta’limi tizimini tuzilishining quyidagi yangi tamoyillardan joriy etildi:

  • ta’lim-tarbiyaning insonparvarligi hamda xalqchilligi;

  • ta’lim tizimining uzluksizligi va izchilligi;

  • davlat ta’lim standartlari doirasida har bir kishiga millati, dinidan qat’iy nazar ta’lim olishi uchun imkoniyat yaratilganligi;

  • davlat ta’lim tizimining ilmiyligi va dunyoviyligi;

  • ta’limda umuminsoniy va milliy-madaniy qadriyatlarning ustuvorligi;

  • tayanch (to‘qqiz sinf darajasida) ta’limning majburiyligi;

  • ta’lim standartlarini tanlashda yagona va tabaqalashtirilgan yondashuv bo‘lishiga asoslanganligi;

  • ta’lim muassasalarida chet tillarini jiddiy o‘rganish, din tarixi, xalqimiz tarixi, madaniyati va jahon madaniyatini tarixi sohasida bilim olish uchun sharoitlar yaratilganligi;

  • ta’lim muassasalarining turli siyosiy partiyalar va ijtimoiy-siyosiy harakatlarning ta’siridan holiligi;

  • amaldagi qonunlar doirasida mulkchilikning barcha shaklida ta’lim muassasalarining teng huquqliligi;

  • bilimdonlik va iste’dodni rag‘batlantirish;

  • tarbiyalanuvchilar va ta’lim oluvchilarni hurmatlash;

  • pedagog shaxsini, uning ijtimoiy mavqeini hurmatlash va boshqalar.


Yüklə 2,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   194




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin