O’quv uslubiy majmua



Yüklə 2,49 Mb.
səhifə82/194
tarix22.12.2023
ölçüsü2,49 Mb.
#189806
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   194
portal.guldu.uz-Umumiy pedagogika

4-savol bayoni.
Huquqiy tarbiya. Huquqiy tarbiya o‘quvchilar o‘rtasida fuqarolik tarbiyasini tashkil etishda o‘ziga xos o‘rin tutadi. 1993 yil mart oyida e’lon qilingan "Sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlar Konsepsiyasi"da qayd etilganidek: "Huquqiy tarbiyaning asosiy maqsad va vazifalari Konstitutsiyani, davlat haqidagi ta’limotni, chunonchi, fuqarolik, oila, mehnat, xo‘jalik, ma’muriy, nafaqa, sud ishlarini yuritish va boshqarish huquqlarining ma’nosini tushuntirishdan, bolalarni davlat qonunlarini yuksak darajada hurmat qilish, ularga so‘zsiz rioya etish, adliyaviy bilimlarni egallashga ehtiyoj sezish, tartib va intizomni buzuvchilarga nisbatan murosasizlik ruhida tarbiyalash, xalqaro huquqning ahamiyatga molik masalalari, xalqaro tashkilotlar (BMT, Xavfsizlik Kengashi va hokazo) faoliyati haqida o‘quvchilarning umumiy tasavvurlarini shaklantirishdan iboratdir
1997 yil 29 avgustda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining IX sessiyasida qabul qilingan "Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish Milliy dasturi" g‘oyalari jamiyat va shaxs huquqiy madaniyatini shakllantirish va uni rivojlantirish borasida qimmatli nazariy asos bo‘lib xizmat qiladi.
Huquqiy ta’lim va tarbiya o‘zaro bog‘liqlik, uzviylik, aloqadorlik hamda dialektik xarakterga ega bo‘lib, shaxs huquqiy madaniyatini shakllantirish garovi hisoblanadi. Zero, huquqiy ta’lim o‘quvchilarga huquqiy me’yorlar, qonunlar hamda ijtimoiy-huquqiy munosabatlar mohiyati to‘g‘risida tizimlangan bilimlarni berish, ularda huquqiy bilimlarni egallashga bo‘lgan ehtiyojni yuzaga keltirish, huquqiy ongni shakllantirish jarayoni bo‘lib, u izchil, uzluksiz, tizimli tarzda tashkil etilishi lozim.
Huquqiy tarbiya shaxs tomonidan o‘zlashtirilgan nazariy-huquqiy bilimlar negizida huquqiy faoliyatni tashkil etish borasidagi ko‘nikma va malakalarni hosil qilish, unda ijobiy mazmundagi huquqiy sifatlarni qaror toptirish va huquqiy madaniyatni shakllantirishga yo‘naltirilgan pedagogik jarayon hisoblanadi. Shaxs huquqiy madaniyatini shakllantirish huquqiy ta’lim va tarbiya jarayoning muhim bosqichidir.
Huquqiy tarbiyani tashkil etish jarayonida quyidagi vazifalar hal etiladi:
- o‘quvchilarga huquqiy me’yorlar, qonunlar va ijtimoiy-huquqiy munosabatlar mohiyati hamda ularning ijtimoiy hayotdagi ahamiyati to‘g‘risida ma’lumotlar berish;
- o‘quvchilarda huquqiy bilimlarni egallashga bo‘lgan ehtiyojni yuzaga keltirish, huquqiy ongni qaror toptirishga erishish;
- o‘quvchilarda huquqiy faoliyatni tashkil etish borasidagi ko‘nikma va malakalarni hosil qilish;
- ularda ijobiy mazmundagi huquqiy sifatlar (huquqiy tasavvur, huquqiy idrok, huquqiy tafakkur, huquqiy savodxonlik, huquqiy mas’ullik, huquqiy faollik, huquqiy e’tiqod va huquqiy salohiyat)ning qaror topishini ta’minlash;
- o‘quvchilar huquqiy madaniyati (huquqiy me’yorlar, qonunlarning ijtimoiy hayotdagi ahamiyatini to‘g‘ri baholash, harakat va harakatsizlikning qonuniy bo‘lishiga erishish, davlat Konstitutsiyasi va ramzlarini, shuningdek, fuqarolik huquq va burchlarini hurmat qilish, yuridik xizmatlarga nisbatan ehtiyojni qaror toptirish, har qanday ko‘rinishdagi huquqbuzarliklarga qarshi murosasiz kurashni tashkil etish)ni shakllantirish.
Huquqiy madaniyat – shaxs tomonidan huquqiy bilimlarning o‘zlashtirilishi hamda huquqiy faoliyatni tashkil etish darajasining sifat ko‘rsatkichi. Shaxs huquqiy madaniyatini shakllantirish quyidagi shartlar asosida amalga oshiriladi:
- keng ko‘lamli ijtimoiy – huquqiy axborotli muhitning mavjudligi;
- shaxs huquqiy ongini shakllantirish;
- shaxs huquqiy faoliyatini yo‘lga qo‘yish.

Yüklə 2,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   194




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin