O’quv uslubiy majmua



Yüklə 2,49 Mb.
səhifə41/194
tarix22.12.2023
ölçüsü2,49 Mb.
#189806
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   194
portal.guldu.uz-Umumiy pedagogika

Frontal


-

-

Jamoaviy

-

Nazoat savollari:

  1. Og‘zaki bayon metodlarining afzalliklari nimalar ko‘rinadi?

  2. Ko‘rgazmali metodlar turkumini nimalar tashkil etadi?

  3. Amaliy metodlar mohiyati nimadan iborat?

  4. Didaktik o‘yinlar qanday maqsadda qo‘llaniladi?

4-savol bayoni.
Ta’lim metodlari turli shakllar hamda xilma-xil ta’lim vositalari yordamida joriy etiladi. Ta’lim shakllari ta’lim jarayonining tashkiliy-tuzilmaviy ko‘rinishidir. Bugungi kunda ta’lim muassasalarida quyidagi ta’lim shakllaridan samarali foydalanib kelinmoqda: ma’ruza, seminar, amaliy mushg‘ulot, uchrashuv, taqdimot, sayohat, o‘quv konferensiyasi va boshqalar.
Ta’lim jarayonida ta’limning samaradorligini ta’minlovchi muhim elementlardan biri sifatida ta’lim vositalari e’tirof etiladi. Ta’lim vositalari sirasiga quyidagilar kiradi: texnik hamda axborot qurilmalari (dioproektor, kinedoskop, uskunalar, radio, televidenie, kompyuter, audio hamda video magnitafonlar), laboratoriya jihozlari (kolbalar, probirkalar, kimyoviy reaktivlar, mikroskop), xarita, maketalar, diagrammalar, plakatlar, rasmlar, chizmalar va hokazolardan foydalaniladi.
N.S.Sayidahmedov tomonidan asoslangan ta’lim metodlari tasnifi asosida didaktik jarayon nazariyasi yotadi2. Ma’lumki, didaktik jarayon har qanday pedagogik texnologiyaning asosi sifatida o‘zida quyidagi uchta komponentni mujassamlashtiradi:

  1. motivatsion bosqich;

  2. o‘quv faoliyati;

  3. boshqaruv.

Demak, didaktik jarayon tuzilmasiga mos holda ta’lim metodlarini quyidagi uch guruhga ajratish mumkin:
I. O‘qish va mehnatga rag‘batlantiruvchi hamda motivlashtirish metodlari.
II. O‘quv-bilish faoliyatini tashkil etish va amalga oshirish metodlari.
III. O‘quv-bilish faoliyatini boshqarish metodlari.
O‘z navbatida har bir guruh ilmiy asosda kichik guruhlarga ajratiladi:



I. O‘qish va mehnatga rag‘batlantiruvchi hamda motivlashtirish metodlari

I kichik guruh

II kichik guruh

III kichik guruh

O‘qishga qiziqishni rag‘batlantiruvchi metodlar

O‘qish va mehnatda burch hamda javobgarlikni rag‘batlantiruvchi metodlar

Mehnatga va muayyan kasbga qiziqishni rag‘batlantiruvchi metodlar

  • biluv o‘yinlari;

  • o‘quv bahsi;

  • hissiy-axloqiy kechinmali vaziyatlar yaratish;

  • appersepsiyali (idrokning tajribaga bog‘liqligi) vaziyatlarni yaratish;

  • biluv yangiliklari vaziyatlarini yaratish

  • o‘qish va mehnatning muhimligiga ishontirish;

  • talablarni ifodalash;

  • talablarni bajarish uchun mashq;

  • o‘qishdagi rag‘bat;

  • o‘qishdagi kamchilik uchun tanbeh

  • g‘oliblarni ma’naviy va moddiy rag‘batlantirish;

  • o‘quvchilarning ishlab chiqarish vositalarini mustaqil boshqarishga intilishlarini rag‘batlantirish;

  • ish joyidagi xulqini rag‘batlantirish


II. O‘quv-bilish faoliyatini tashkil etish va amalga oshirish metodlari

I kichik guruh

II kichik guruh

III kichik guruh

O‘quv-bilish faoliyatining mo‘ljal asoslarini vujudga keltirish metodlari

O‘quv-bilish faoliyatini bajarish metodlari

Mehnatda va mehnatda nazorat va o‘z-o‘zini nazorat metodlari

Og‘zaki:

  • hikoya;

  • suhbat;

  • tushuntirish;

  • ma’ruza;

  • yo‘riqnoma

Amaliy:

  • mashq;

  • o‘quv-ishlab chiqarish tajribasi;

  • o‘quv-unumli mehnat;

  • kitob bilan ishlash;

  • yozma ish

Og‘zaki:

  • individual so‘rov;

  • yalpi so‘rov;

  • dasturli og‘zaki so‘rov

Ko‘rsatmali:

  • illustrasiya;

  • namoyish

Izlanuvchi:

  • qisman-izlanuvchi

  • tadqiqotchilik;

  • algoritmlik;

  • tashhisli

Yozma:

  • nazorat-yozma ish;

  • yozma sinov (test);

  • yozma imtihon;

  • dasturli yozma sinov (test);

  • laborotoriya-amaliy;

  • nazorat laborotoriya ishi;

  • mashinali nazorat;

  • unumli mehnatni son va sifat jihatdan baholash




III. O‘quv-bilish faoliyatini boshqarish metodlari

Bilish faoliyatini kuzatish metodlari:

  • bevosita;

  • bilvosita yo‘riqnoma yordamida;

  • o‘z-o‘zini nazorat

Nazorat metodlari:

  • o‘qituvchi topshiradi;

  • dasturli qo‘llanmadan foydalaniladi;

  • ta’limning texnik vositalari yordamida

O‘quv faoliyatini tuzatish (korreksiya) metodlari:

  • tezkor;

  • yakuniy natija bo‘yicha;

- foiz ko‘rsatkichi bo‘yicha

Shunday qilib, taqdim etilayotgan ta’lim metodlari tizimi nazariy-amaliy jihatdan asoslangan va mazkur tizim yaxlit o‘quv-tarbiya jarayonini qamrab oladi. Ushbu tizim bir qarashda akademik Yu.K.Babanskiy tomonidan asoslangan ta’lim metodlari tizimiga o‘xshash. Biroq, Yu.K.Babanskiy tasnifi1ga ko‘ra ta’lim jarayoniga nisbatan kibernetik yondashuv maqsadga muvofiq, unga ko‘ra har qanday murakkab faoliyat, shu jumladan, ta’limiy faoliyat ham quyidagi uchta tarkibiy qismdan iboratdir:



  1. tashkiliy;

  2. rag‘batlantiruvchi;

  3. nazorat.

Ana shu asosida ta’lim metodlari quyidagicha guruhlanadi:

  1. O‘quv-bilish faoliyatini tashkil etish va bajarish metodlari.

  2. O‘quv-bilish faoliyatini rag‘batlantirish va motivlash metodlari.

  3. Nazorat va o‘z-o‘zini nazorat metodlari.

Didaktik jarayon nazariyasi asosida ko‘rilgan o‘qish metodlarining tasnifi kichik guruhlar tarkibi, soni va unga kiritilgan metodlar nomenklaturasi hamda funksiyalari bilan kibernetik yondashuvli tizimdan tubdan farqlanadi va o‘quv-tarbiya jarayonining metodik jihatdan birmuncha yuqori darajasini ta’minlaydi1.

Yüklə 2,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   194




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin