1-mashq. Badiiy asarlardan tinish belgilarining qo‘llanish o‘rinlari bo’yicha har biriga bittadan misol topib yozing. 2-mashq



Yüklə 18 Kb.
səhifə1/4
tarix05.06.2023
ölçüsü18 Kb.
#125020
  1   2   3   4
18-amaliy 3-k.6-sem


A18 Ona tilida tinish belgilari va ularning tasnifi; tinish belgilarining qo‘llanish o‘rinlari bo’yicha savol-javob o’tkazish, mashqlar, test topshiriqlari bajarish va lisoniy tahlil qoliplarini to’ldirish

1-mashq. Badiiy asarlardan tinish belgilarining qo‘llanish o‘rinlari bo’yicha har biriga bittadan misol topib yozing.
2-mashq. Tirening quyidagi o`rinlarda qo`llanishiga misollar yozing:
1. Ot, son, olmosh va harakat nomi bilan ifodalanib, kesim bilan bog`lamasiz birikkan ega va kesim orasiga:
2. Uyushiq bo`laklardan so`ng kelgan umumlashtiruvchi so`zdan oldin:
3. Ajratilgan bo`lak bilan izohlanmish bo`lak orasiga:
4. Kirish gap bilan gap bo`laklari orasiga:
5. Muallif gapi bilan ko`chirma gap orasida:
6. Dialog tipidagi ko`chirma gaplarda:
7. Kutilmagan voqea-hodisalarni ifodalagan gaplardan oldin:
8. Zid ma’noli bog`lovchisiz qo`shma gaplar orasida:

3-mashq. Undov belgisining quyidagi o`rinlarda qo`llanishiga misollar yozing:
1. Kuchli his-hayajonni ifodalagan gaplardan so`ng:
2. Buyurish, tilak, orzu ma’nolarini ifodalagan gaplardan so`ng:
3. Gap boshida kelib, kuchli his-hayajon ifodalagan undalmalardan, undov hamda ha va yo`q so`zlaridan so`ng:


Mavzuni mustahkamlash uchun test savollari:


1. Jismimiz yo‘qolur // o‘chmas nomimiz, (G‘. G‘ulom). Ushbu gapdagi // belgisi o‘rnida qaysi tinish belgisi qo‘yiladi?
A) vergul B) undov belgisi C) ko‘p nuqta D) tire
2. Undashni kuchaytirish uchun undalmadan oldin kelgan undov so‘zdan so‘ng qanday tinish belgisi qo‘yiladi?
A) undov belgisi B) vergul C) chiziqcha D) nuqtali vergul
3. Gapda tinish belgilari o‘z o‘rnida ishlatilmasa, gap qaysi jihatdan o‘zgarishi mumkin?
A) faqat mazmuni o‘zgaradi B) faqat sintaktik tuzilishi o‘zgaradi C) mazmuni va sintaktik tuzilishi o‘zgaradi
D) mazmuni va sintaktik tuzilishi o‘zgarmaydi

Yüklə 18 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin