20. Hozirgina bo‘lgan voqeani unutib, childirmani qo‘lga olib, «Ho-hoy bola»ga o‘yin qilishyaptimi? Mazkur gapdagi «Ho-hoy bola» so‘z qo‘shilmasi nima sababdan qo‘shtirnoqqa olingan? A) o‘zgalarning kulgi bilan aytilgan gapi bo‘lgan uchun B) o‘zgalarning kinoya bilan aytilgan gapi bo‘lgani uchun C) asar nomini bildiruvchi atoqli ot bo‘lgani uchun D) ko‘chirma gapni muallif gapidan ajratib ko‘rsatish uchun Takrorlash uchun savollar:
1. O`zbek tilida jami nechta tinish belgisi bor? 2. Nuqta qaysi o`rinlarda qo`yiladi? 3. So`roq belgisining qo`yilish o`rinlari haqida gapiring. 4. Undov belgisining qo`yilish o`rinlari haqida gapiring. 5. Ko`p nuqta qaysi o`rinlarda qo`yiladi? 6. Tinish belgilarining birikkan holda ishlatilishi haqida gapiring. 7. Vergulning qo`yilish o`rinlari haqida gapiring. 8. Nuqtali vergulning qo`yilish o`rinlari haqida gapiring. 9. Ikki nuqtaning qo`yilish o`rinlari haqida gapiring. 10. Tirening qo`yilish o`rinlari haqida gapiring. 11. Qavsning qo`yilish o`rinlari haqida gapiring. 12. Qo`shtirnoqning qo`yilish o`rinlari haqida gapiring. 13. Qaysi tinish belgisi nisbatan ko`p qo`llanadi? 14. Qaysi o`rinlarda vergul doimo ikki marta qo`llanadi? 15. Qaysi o`rinlarda tire doimo ikki marta qo`llanadi? 16. Qaysi tinish belgilari juft(takroriy) ko`rinishga ega? 17. Qaysi tinish belgilari qisqartirilgan so`zlar bilan qo`llanadi?