Ta’limni quyidagi yo‘nalishlarda isloh qilish vazifalari belgilab olindi:
umuminsoniy qadriyatlar va milliy madaniyat asoslarini e’tiborda tutgan holda ta’lim-tarbiya mazmunini milliy mafkura, mustaqil Vatan tuyg‘usi asosida o‘zgartirish va takomillashtirish;
ta’lim samaradorligini tinmay oshirish, jahon andozalari darajasiga olib chiqish;
variantiv o‘quv rejalari, dasturlar, darsliklar yaratish;
ta’lim-tarbiyada bosh islohotchi bo‘lgan pedagog, tarbiyachilarpning yangi avlodni tayyorlashga kirishish;
ta’lim muassasalarining moddiy-texnika asosini mutahkamlash, ta’limni kompyuterlashtirish, o‘quv jarayoniga yangi pedagogik texnologiyani olib kirish;
ta’lim tizimini, boshqaruv faoliyatini takomillashtirish;
isloh g‘oyalarini iloji boricha viloyat, tuman, o‘quv muassasasi pedagogik jamoalariga tezroq yetkazish, singdirish, amalga oshirish:
Rivojlangan mamlakatlarning tajribasi shuni ko‘rsatmoqdaki, qaerda ta’lim va tarbiyaga e’tibor katta bo‘lsa, o‘sha yerda taraqqiyot, yuksalish bor. Shuning uchun respublikamizning istiqboli uzluksiz ta’limni qay darajada amalga oshirilishiga bog‘liq.
Uzluksiz ta’limning faoliyat ko‘rsatish tamoyillari quyidagilardan iborat:
ta’limning ustuvorligi - uning rivojlanishining birinchi darajali ahamiyatga ega ekanligi, bilim, ta’lim va yuksak intellektning nufuzi:
ta’limning demokratlashuvi - ta’lim va tarbiya uslublarining tanlanishida o‘quv yurtlarining mustaqilligini kengayishi, ta’limni boshqarishning davlat-jamiyat tizimiga o‘tilishi;
ta’limning insonparvarligi - inson qobiliyatlarining ochilishi va uning ta’limga nisbatan bo‘lgan turli-tuman ehtiyojlarining qondirilishi, milliy va umumbashariy qadriyatlar ustuvorligining ta’minlanishi, inson, jamiyat va atrof-muhit o‘zaro munosabatlarining uyg‘unlashuvi;