O’quv-uslubiy majmua



Yüklə 413,75 Kb.
səhifə51/53
tarix06.09.2023
ölçüsü413,75 Kb.
#141709
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   53
O’quv-uslubiy majmua-fayllar.org

GLOSSARIY
ABBREVIATURA (ital. abbreviatura < lot. abbrevio qisqartiraman). Qisqartma so‘zlar. BMT (Birlashgan millatlar tashkiloti), Dramto‘garak (drama to‘garagi), SamDChTI (Samarqand davlat chet tillar instituti) kabi.
ABZATS. Matnning bir xat boshidan keyingi xat boshigacha bo‘lgan qismi.
AGGLYUTINATIV. Agglyutinatsiyaga asoslangan. Agglyutinativ tillar. O‘zbek tili – agglyutinativ til.
ADSTRAT. Bir hududda turli tillarning uzoq davr birga amal qilishi natijasida yuzaga kelgan ikki tillilikning turi.
AKKOMODATSIYA. Turli kategoriyadagi tovushlarning
so‘z tarkibida o‘zaro moslashuvi.
AKSENTEMA. Urg‘uning so‘z yoki nutq oqimidagi fonologik-aksentologik xususiyatlariga nisbatan nomlanishi.
AKSENTOLOGIYA. Fonetikaning urg‘uni (urg‘uning tabiati, tipi, vazifasi va h.) o‘rganuvchi bo‘limi.
AKSIDENSIYA. Sezgi organlari yordamida his qilish mumkin bo‘lgan belgilar.
AKSENT. Ona tilidan boshqa tilda so‘zlaganda, tovushlarni o‘sha tildagidan boshqacha holda, o‘z tili tovushlari kabi yoki unga yaqin talaffuz etish. O‘zbekcha aksent bilan gapirmoq.
ALLOMORFA. Morfemaning biri o‘rnida ikkinchisini ishlatib bo‘lmaydigan variantlari, uning bir ko‘rinishi,
AMALIY TILSHUNOSLIK. Tilshunoslikning lingvistik
masalalarini amaliy yo‘l bilan o‘rganuvchi sohalari. Amali tilshunoslik mashinaviy tarjima va yozuv, imlo masalalar bilan shug‘ullanadi. Amaliy tilshunoslikka eksperimental fonetika, leksikografiya, lingvostatistika, orfografiya kiradi.
AMORF TILLAR (yun. amorphos – shaklsiz). Affikslarga ega bo‘lmagan, so‘zlar orasidagi grammatik aloqalar bitishuv yo‘li bilan yoki yordamchi so‘zlar vositasida ifodalanadigan tillar Masalan, xitoy tili.
ANALITIK TILLAR. Grammatik ma’nolar yordamchi so‘zlar, so‘z tartibi, ohang yordamida ifodalanadigan tillar. Masalan, ingliz, frantsuz, ispan tillari analitik tillar guruhiga
kiradi.
ANALOGIYA. (yun. analogia – muvofiqlik, aynanlik, o‘xshashlik). Narsa va hodisalarda biror xususiyatning o‘xshashligi.
ANTONIMIK JUFTLIK. O‘zaro qarama-qarshi ma’noli ikki so‘z.
ANTONIMIYA. Leksemalarning bir-biriga zid ma’no anglatishi asosida guruhlanishi.
AN’ANAVIY TILSHUNOSLIK. Tilshunoslikdagi faqat til qismlari va tuzilishining ichki munosabatlarini, bog‘liqliklarini yoritish bilan birga til va tafakkurning o‘zaro munosabati, tilning jamiyat bilan, shu tilda so‘zlashuvchi
jamoa bilan aloqasi kabi masalalarini o‘rganadigan yo‘nalishi.
APOKOPA. So‘z oxiridagi undosh tovushlarning tushib qolishi. Apokopa asosan o‘zlashma so‘zlarda ro‘y beradi. Masalan, to‘rt > to‘r, qirq > qir, kabi.
ARGO (fr. argot – jargon). Yasama til. Biror ijtimoiy guruh, toifaning (mas., talabalar, sportchilar, o‘g‘rilar va b.) o‘ziga xos, boshqalar tushunmaydigan lug‘aviy birliklardan iborat tili.
ARGOTIZMLAR. Yashirin ma’noli so‘zlar.
AREAL LINGVISTIKA. Tilshunoslikning lingvistik areallarini o‘rganish bilan shug‘ullanuvchi sohasi.
ARTIKL (lot. articulus – nutq qismi, bo‘lagi). Ba’zi tillarda otning oldidan qo‘shilib, unga aniqlik yoki noaniqlik va b. ma’nolarni bag‘ishlaydigan ko‘rsatkich. Aniqlik artikli.
ARTIKULYATSIYA. Nutq a’zolarining nutq tovushlarini hosil qilishdagi harakati va holati.
ARTIKULATSIYA BAZASI. Til egalarida shu tilga xos artikuylatsiyani amalga oshirish uchun shakllangan psixologik va fiziologik ko‘nikmalar.
ARTIKULATSIYA O‘RNI. Talaffuzda ishtirok etuvchi asosiy nutq a’zosi yoki shu a’zoning faol ishtirok etayotgan qismi.
ARTIKULYATSIYA USULI. Nutq a’zolari hosil qilgan to‘siqdan havo oqimining portlab, sirg‘alib yoki titrab o‘tishi.
ASOS MORFEMA. Lug‘aviy ma’no anglatadigan, boshqa ma’noli qismlarga bo‘linmaydigan, so‘z va so‘z shakli yasash uchun asos bo‘ladigan morfema. Masalan, ishchi, suvsiz, olmalar, bolacha so‘zlaridagi ish, suv, olma, bola asos
morfemalardir.
ASSIMILYATIV HOLAT. Nutq oqimida fonemalar assimilyatsiyasiga olib keluvchi vaziyat.
ASSIMILYATSIYA. Bir xil kategoriyadagi tovushlarning so‘z tarkibida o‘zaro moslashuvi.
ASSOTSIYATSIYA. Til birliklarining shakliy yoki mantiqiy- semantik belgisiga ko‘ra birlashuvi.
ATASH SEMALARI. Leksemaning leksik ma’nosidagi ideografik semalar (atash, nomlash ma’nosini shakllantiruvchi semalar).
ATRIBUT (lot. attributum – qo‘shib berilgan, ta’minlangan, qo‘shimcha qilingan). Predmet yoki hodisaning o‘ziga xos, undan ajratib bo‘lmaydigan eng muhim xarakterli xususiyati, belgisi.
ATRIBUTIV. Atributga, aniqlovchiga oid; aniqlovchili. So‘zlarning atributiv bog‘lanishi. Atributiv aloqa.
AFFIKS (lot. affixus – birlashtirilgan, biriktirilgan). So‘zga qo‘shilib, yangi so‘z yoki so‘z shaklini hosil qiluvchi til birligi. Mac, -chi (gulchi), -lar (kitoblar).
Affikslar vazifalariga ko‘ra ikki asosiy turga bo‘linadi: 1) so‘z yasovchi affikslar; 2) shakl yasovchi affikslar. Affikslar so‘zning boshiga, o‘rtasiga yoki oxiriga qo‘shilishi mumkin. So‘zning boshiga qo‘shiladigan affikslar prefiks, o‘rtasiga qo‘shiluvchilari infiks, oxiriga qo‘shiladiganlari suffiks
deyiladi. O‘zbek tilidagi affikslar asosan so‘zning oxiriga, ba’zilari so‘z oldiga qo‘shiladi, ya’ni suffiks va prefiks holida bo‘ladi.
AFFIKSOID. Affiks vazifasida qo‘llanuvchi morfema: taklifnoma, dalolatnoma, bildirishnoma kabi so‘zlardagi noma.
AFFRIKATA. Qorishiq undosh tovush; paydo bo‘lish o‘rniga va ovozning ishtirokiga ko‘ra bir xil bo‘lgan portlovchi tovush bilan sirg‘aluvchi tovushning yaxlit bitta tovush sifatida talaffuz qilinishiga teng keladi. Macalan, o‘zbek tilidagi ajdar, so‘zidagi j, choy so‘zidagi ch qorishiq undoshlardir.
BILINGVIZM. Ikki tillilik.
BINAR OPPOZITSIYA. Bir turdagi ikki hodisaning birbiriga qarama-qarshi holda guruhlanishi. Masalan, undosh tovushlarda: jarangli-jarangsizlik, unli tovushlarda: lablanganlablanmaganlik binar oppozitsiyani hosil qiladi.
BOBOTIL. Ma’lum tillar oilasining kelib chiqishi va shakllanishi uchun manba, asos bo‘lgan til. Masalan, turkiy tillar oilasi uchun qadimgi turkiy til bobotildir.
BOSH MA’NO. Ko‘p ma’noli (so‘z, ibora va b.) ma’nolari tizimida markaziy o‘rinda turadigan, boshqa ma’nolar unga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoki biror ma’no orqali bog‘lanadigan ma’no. Macalan, ko‘z so‘zining odamning ko‘zi, derazaning ko‘zi, uzukning ko‘zi birikmalaridagi ma’nosi boshqa-boshqa (mustaqil) ma’nolar bo‘lib, bulardan odamning ko‘zi birikmasidagi ma’no, ya’ni “ko‘rish a’zosi” ma’nosi bosh ma’nodir. Keyingi ikki birikmadagi ma’nosi esa keyin yuzaga kelgan (keyin hosil bo‘lgan) ma’nolardir.
BROK MARKAZI. Bosh miya qobig‘idagi markaziy nerv sistemasiga kiruvchi nerv hujayralarining bir turi. U nutqning yuzaga chiqishida qatnashadigan mushaklarni harakatga keltiradigan nerv markazi hisoblanadi.
BO‘G‘IN. Bir havo zarbi bilan aytiladigan tovush va tovushlar majmui. Bo‘g‘in qanday tovush bilan bitganligiga ko‘ra ikki xil bo‘ladi.
VAZIFA SEMALARI. Atash, ifodalash bilan birga leksemalarning nutqda o‘zaro birika olishini (valentligini) belgilaydigan semalar.
VALENTLIK. Leksemaning birikma yoki gap tarkibida boshqa leksemalar bilan aloqaga kirisha olish xususiyatlari.
VARIANTLAR. Nutqda ishtirok etadigan til birliklarining moddiy amalga oshishi.
VARIYATSIYA. Fonema ottenkasining Moskva fonologlari maktabida qabul qilingan nomi.
VOKALIZM. Unli fonemalar tizimi.
VOLAPYUK (ingl. world-dunyo, speak – gapirmoq, ya’ni dunyo tili). 1880 yilda nemis ruhoniysi Shleyxer tomonidan tavsiya etilgan sun’iy xalqaro til.
VULGARIZMLAR. Haqorat ma’nosida qo‘llanadigan so‘zlar.
VULGAR. Dag‘al, qo‘pol, odobdan tashqari. Vulgar so‘z. Vulgar ibora.
GAP PRAGMATIKASI. Gap – fikr kommunikatsiyasining asosiy birligidir va uning vaziyat bilan o‘zaro munosabatini o‘rganish talab qilinadi. Shu munosabat
bilan gap tahlilida umumiy semiotikaning qoidalariga muvofiq uch aspekt: belgi tuzilmalarining sintaktikasi, semantikasi va pragmatikasiga bo‘linadi. Pragmatika til faktlarini inson faoliyati aspektida, ularning qo‘llanish planida tasvirlaydi. Agar gapning sintaktik strukturasi gapning qanday qurilganini, inson qanday gapirayotganini ko‘rsatsa, agar gap semantikasi gap nimani anglatayotganini, unda borliqning qaysi fragmenti o‘z aksini topayotganini ko‘rsatsa, gap pragmatikasi esa insonlar mazkur holatda qanday sharoitlarda, qanday maqsadda so‘zlashayotganligini aniqlashga harakat qiladi. Pragmatik sintaksisning diqqat markazida kommunikatsiya masalasi va so‘zlovchi inson – kommunikatsiya jrayonining markazi turadi.
GAP REFERENTLIGI. Lingvistikada yaxlit bir gapga nisbatan, shuningdek, alohida olingan bir so‘zga nisbatan ham, referentlik haqidagi masala, ya’ni muayyan borliq bilan o‘zaro munosabat haqida so‘z boradi.
GEMINYATSIYA. So‘z tarkibida bir xil undoshlarning qavatlanishi.
GERS. Tebranayotgan jismning (masalan, un paychalarining) tinch holatdagi nuqtadan ikki (qarama-qarshi) tomonga bir marta borib kelishi. Ovozning past yoki balandligi gerslar miqdori bilan belgilanadi.
GIPERONIM. Jins (turkum) tushunchasini ifodalaydigan leksema.
GIPONIM. Tur tushunchasini ifodalaydigan leksema.
GIPONIMIYA. Lug‘at boyligidagi leksemalarning pog‘onali aloqasidan kelib chiqadigan ma’no munosabatlari.
GRADUAL OPPOZITSIYA. Pog‘onali zidlanish.
GRADUONIMIYA. Leksemalarning ma’no guruhlari a’zolarida u yoki bu belgining darajalanishi.
GRAMMATIK DIALEKTIZMLAR. Biror shevaning o‘zigagina xos (adabiy tildagidan o‘zgacha) grammatik shakllari.
GRAMMATIK KATEGORIYA. Ma’lum grammatik tushunchani ifodalaydigan shakllarning umumlashgan sinfi.
GRAMMATIK MA’NO. Muayyan grammatik shakl ma’nosi.
GRAMMATIK SATH. Til ierarxiyasining morfologik va sintaktik birliklardan iborat eng yuqori pog‘onasi: so‘z turkumlari, grammatik ma’no va grammatik shakllar, so‘z birikmalari va gap, ularning turlari va konstruksiya modellari.
GRAMMATIK TUSHUNCHA. Bu lisoniy bilishda aks
etgan va grammatikaning predmeti belgilagan mantiqiyfalsafiy kategoriya.
GRAMMATIK SHAKL. Grammatik ma’noni ifodalash uchun xizmat qiladigan til vositalari. Masalan, bolalarga oti tarkibida ko‘plik, jo‘nalish kelishigi ma’nolarini ifodalovchi shakllar mavjud.
GRAMMATIKA (yun. grammatike – harf o‘qish va yozish san’ati < gramma – yozuv, harf, chiziq). Tilshunoslikning so‘z shakllari, so‘z birikmalarining turlari,
rang turlari haqidagi bo‘limi. Qiyosiy grammatika. Tarixiy grammatika.
GRAMMATIKALASHISH. So‘zning mustaqil lug‘aviy ma’nosini yo‘qotib, yordamchi vazifada qo‘llanishga o‘tishi, yordamchi so‘zga aylanishi.
GRAMMATIK KATEGORIYA. Asosida yotuvchi umumiy ma’nosiga ko‘ra birlashuvchi grammatik shakllar tizimi. Grammatik kategoriyaning odatda ikki turi farqlanadi: 1) morfologik kategoriya 2) sintaktik kategoriya.
GRAFEMA. Grafik tizimning eng asosiy birligi, ifodalovchi va ifodalanuvchi tomonlari bor bo‘lgan semiotik belgi.
GRAFIK ASIMMETRIYA (fonetik-grafik asimmetriya). So‘z tarkibida o‘zaro munosabatga kirishayotgan harf va tovushlar o‘rtasidagi miqdoriy tenglikning buzilishi.
GRAFIK SIMMETRIYA (fonetik-grafik simmetriya). So‘z tarkibidagi tovush va harflarning miqdoran teng bo‘lishi («bir tovushga bir harf» munosabatining ta’minlanishi).
GRAFIK SINONIMIYA. Shakli har xil bo‘lgan ikki grafemaning ma’lum fonetik-grafik pozitsiyalarda bitta fonemani ifodalashi.
GRAFIKA. Yozuv tizimining birinchi (yetakchi) komponenti. U harfiy va noharfiy belgilar vositasida yozuvning tovush tili bilan aloqasini ta’minlaydi.
DEGEMINATSIYA. So‘z tarkibidagi geminatsiyaning yo‘qolishi.
DENOTAT. Leksema orqali nomlanuvchi (ataluvchi) voqelik, narsa-buyum.
DENOTATATIV MA’NO. Denotat bilan bevosita bog‘liq, uni bevosita bildiruvchi ma’no. Leksemadan anglashiladigan voqelik, narsa-buyum va boshqalar haqidagi tushuncha.
DERIVATLAR. Hosilalar.
DERIVATSIYA (lot. derivatio – yasalish). Til birliklari (so‘z, so‘z birikmalari va boshqa)ning yasalishi, hosil bo‘lishi.
DESKRIPTIV LINGVISTIKA. (ingl. descriptive – tasviriy). Hozirgi tilshunoslikda amerika strukturalizmi deb nomlanuvchi yo‘nalish. Bu yo‘nalish til tuzilishining shakliy unsurlarini distributiv metod asosida o‘rganadi.
DETERMINANT. Gapning kuchsiz sintaktik aloqali ikkinchi darajali bo‘lagi.
DETERMINLASHISH. Terminlarning ommalashib, umumnutq birligiga aylanishi.
DIAKRITIK (yun. diakritikos – farqlovchi). Alifbodagi shakldosh harflardan birining osti yoki ustiga yoxud o‘rtasiga, yoniga qo‘yiladigan, uning qanday o‘qilishini ko‘rsatadigan maxsus belgilar.
DIAKRITIK BELGILAR. Harfga qo‘shimcha ravishda birikitirilgan ishora belgilari.
DIAKRITIK HARFLAR. O‘z referentiga ega bo‘lmagan, ammo so‘z qismlari yoki fonemalarning o‘ziga xos jihatlariga ishora qiladigan harflar.
DIALEKT (yun. dialektos – laxja, sheva). Umumxalq tilining adabiy tildan ma’lum lisoniy xususiyatlari bilan farq qiluvchi mahalliy yoki ijtimoiy ko‘rinishi; lahja.
DIALEKTAL. Dialekt– lahjaga, shevaga oid.
DIALEKTIZMLAR. Qo‘llanishi territoriyaga ko‘ra chegaralangan til birliklari.
DIATEZA. Sintaktik va semantik aktantlar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatning o‘zgarib turishiga bog‘liq harakatga yo‘llantirilgan har xil shakllar diateza deyiladi.
DIAXRONIYA (dia.. + yun. xronos - vaqt, davr). Ayrim til hodisalarining tarixan o‘zgargan holda izchil rivojlanish bosqichlari; davr o‘tishi bilan tilda yuz beruvchi o‘zgarishlar; til taraqqiyotini vaqt nuqtai nazaridan o‘rganish.
DIVERGENSIYA. Til strukturasidagi o‘zgarishlar ta’sirida bir fonemaning ikki fonemaga bo‘linishi. Masalan, «k»ning «k» va «q»ga ajralishi.
DIVERGENT. Divergensiya yo‘li bilan bir fonemaning ottenkalaridan o‘sib chiqqan yangi fonema.
DIGLOSSIYA. So‘zlovchilarning aynan bir jamoasida adabiy til va mahalliy dialekt o‘rtasida sotsia-kommunikativ vazifalarning taqsimlanishi.
DIKTUM. Gapning mazmuniy informative tomoni. Diktum va modus – gap qurilishining ikki zaruriy tomoni.
DINAMIK URG‘U. Zarb urg‘usi.
DINAMIK URG‘U. Tovush kuchining o‘zgarishiga (intensivligiga) asoslanadigan urg‘u. Dinamik urg‘uda intensivlik yetakchi bo‘ladi. Qiyos. Kvantitativ urg‘u.
DISKURS. Bu dinamik (tadrijiy) jarayonning bir bo‘lagi bo‘lgan matn. Matn tahlili – bu diskurs tahlilning bir qismi. Diskurs matn tahlilidan tashqari matnni hosil qiladigan va qabul qiladigan, mental jarayonlar va boshqalarni oldindan
mutlaq qilib oladi.
DISSIMILYATIV HOLAT. Nutq oqimida fonemalar dissimilatsiyasiga olib keluvchi vaziyat.
DISSIMILYATSIYA. So‘z tarkibidagi ikkita bir xil (yoki o‘xshash) tovushlardan birining noo‘xshash tovushga ko‘chishi.
DIFTONG (di.. + yun. phthongos – ovoz, tovush). Ikki unli tovushning bir bo‘g‘inda birikib, qorishib kelishi va shunday birikkan tovushlar (mas, nemis tilidagi “ai” kabi).
DIFFUZ (lot. diffusio – tarqalish, yoyilib ketish). Diffuz tovushlar. Bir-biriga singishib ketgan, qorishiq tovushlar.
DIXOTOMIYA (yun. diha - ikki qismga + tome – bo‘lish; kesilish) Butunning izchil ravishda ikkiga bo‘linishi va bu bo‘laklardan har birining ikkiga ajralishi.
DOMINANTA. Sinonimik qatordagi betaraf ma’noli so‘z.
DUBLETLAR. Bir xil (teng) semantik tarkibga ega bo‘lgan til birliklari. Mas., tilchi – tilshunos, adab – odob, arziydigan – arzirli va b.
EVFEMIZM. Narsa, voqeya-hodisalarni yumshoq ifodasi, qo‘pol, beodab so‘zlar va tabu o‘rnida qollanuvchi so‘z hamda iboralar. Masalan, o‘ldi so‘zi o‘rnida vafot etdi, ko‘z yumdi, joni uzildi kabi so‘z va iboralarni qo‘llash.
YOZUV. Fikrni ma’lum harf va tinish belgilari vositasida qog‘ozda ifodalashga asoslangan aloqa vositasi.
EKSPERIMENTAL (INSTRUMENTAL) FONETIKA. Nutq tovushlari, urg‘u kabi birliklarning fizik-akustik va artikulatsion xususiyatlarini maxsus asboblar vositasida o‘rganadigan fonetika.
EKSTENSIONAL (tushuncha hajmi). Bu ko‘pgina narsapredmetlar bilan o‘zaro munosabatda bo‘ladigan tushuncha.
EKSTRALINGVISTIK OMILLAR. Tildan boshqa sistemalarga oid faktorlar (nolisoniy omillar). Ular til taraqqiyotiga tashqaridan (til va jamiyat, til va ong, til va tafakkur munosabatlari jarayonida) ta’sir o‘tkazadi.
EKSTRALINGVISTIKA. Tilshunoslikning etnik, ijtimoiy-tarixiy, geografik va boshqa omillarni tilning taraqqiyoti hamda vazifasi bilan bog‘liq hodisalar sifatida o‘rganuvchi tarmog‘i.
ENANTIOSEMIYA. Bitta leksema ma’nosida nutqiy muhit taqozosi bilan zidlanishning ifodalanishi.
ENSIKLOPEDIK LUG‘ATLAR. Tabiat va jamiyatdagi muhim hodisalar, tarixiy-ilmiy voqeliklar, buyuk shaxslar haqida ma’lumot beruvchi lug‘at tiplari.
EPENTEZA. So‘z o‘rtasida tovush orttirilishi.
EPITEZA. So‘z oxirida tovush orttirilishi.
ETIMOLOGIK LEKSIK MA’NO. Leksemaning kelib chiqishida uning mazmun planiga asos bo‘lgan dastlabki ma’no. U ma’no etimoni deb ham ataladi.
ETIMOLOGIYA. Tilshunoslikdagi so‘z va morfemalarning kelib chiqishini o‘rganuvchi bo‘limi.
ETNOLINGVISTIKA. Makrolingvistikaning til bilan xalq o‘rtasidagi munosabatlari, til faoliyati va taraqqiyotida lingvistik hamda etnik omillarning o‘zaro ta’sirini o‘rganuvchi tarmog‘i.
ETNOSOTSIOLINGVISTIKA. Sotsiolingvistikaning nutqni ham lisoniy, ham etnik-etnografik xususiyatlarni hisobga olgan holda tadqiq etuvchi tarmog‘i.
YOSH GRAMMATIKACHILAR. Tildagi alohida xususiyatlarni faqat tarixiy jihatdan qarab, fonetik qonuniyatlarning barcha tillar uchun umumiy, o‘zgarmas
tarzda ekanligmi talqin etgan XIX asr oxiri XX asr boshlaridagi tilshunoslik oqimi. Bu maktabning namoyandalari: rus tilshunoslari: F.F.Fortunatov, A.Shaxmatov, nemis tilshunoslari: I.Shmtdt, G.Ostgof, K.Brugman, G.Paul, frantsuz tilshunosi M.Breal va boshqalar.
JARGON (fr. jargon – ma’lum bir guruhga oid so‘z). Biron ijtimoiy yoki professional guruxga xos, faqat ularning o‘zi tushunadigan va adabiy tildan farq qiladigan so‘z va iboralar.
JARGONIZMLAR. Yashirin ma’no bilan birga tinglovchini yoki o‘zga bir shaxsni kamsitish yoxud uning xislatini bo‘rttirib baholash xususiyatiga ega so‘zlar.
JONLI TIL. Hozirgi davrda biror xalqning aloqa quroli, so‘zlashuv vositasi bo‘lgan til.
IDEOGRAMMA (yun. idea - tushuncha + gramma – yozuv). Tilning ayrim tovushlarini emas, balki to‘liq tushunchalarni ifodalashga asoslangan, shartli qabul qilingan yozuv belgilari (raqamlar, matematik shakllar; shuningdek,
ieroglifik yozuv belgilari).
IDEOGRAFIK. Ideografiyaga oid. Ideografik yozuv.
IDEOGRAFIK LUG‘AT. So‘zlar alifbo tartibida emas, balki mavzuiy (ma’noviy-mazmuniy) tamoyil bo‘yicha joylashtirilgan lug‘at.
IDEOGRAFIYA (yun. idea - tushuncha + grapho – yozaman). Ideogrammaga asoslangan yozuv tizimi.
IDEOGRAFIK YOZUV. Grafik belgilar so‘zlarni emas, balki ma’nolarni ifodalovchi yozuv.
IDIOMA (yun. idioma – o‘ziga xoslik, xususiyat). Ma’nosi o‘z tarkibidagi so‘zlarning ma’nolariga bog‘liq bo‘lmagan, yaxlit holda bir ma’no beruvchi, ixcham ibora; frazeologizmlarning bir turi. Mac, tomdan tarasha tushganday,
og‘zingga qarab gapir.
IDIOMATIK. Idiomaga, idiomatikaga taalluqli. Idiomatik ibora. Tilning idiomatik boyligi.
IDIOMATIKA. Idiomalar haqidagi ta’limot.
IERARXIYA. Til tizimida quyidan yuqoriga qarab bosqichma-bosqich joylashgan sathlar (yaruslar) yig‘indisi: fonetik-fonologik sath (quyi yarus), morfemik sath, leksik sath (yuqori yaruslar), grammatik sath (yanada yuqoriroq yarus) kabi.
IMPLIKATURA. Bu fikrning so‘z bilan ifodalanmagan, lekin nazarda tutilgan ma’nosi. Implikatura, matn parchasidan farqli ravishda, uning matnda borligini ko‘rsatadigan lingvistik belgilarga ega bo‘lmasligi va presuppozitsiyaga asoslanishi mumkin.
INVARIANT. Tilning qurilish birligining (fonema, morfema, leksema va sh. k.) nutqdagi muayyan voqelanishidan ajratib, mavhum olingan holati.
INVARIANTLAR. Sistema tarzidagi tilga mansub mavhum birliklar.
INVERSIYA (lot. inversio – o‘rin almashtirish). Nutq ta’sirchanligini oshirish maqsadida gapda so‘zlarning odatdagi (to‘g‘ri) tartibini o‘zgartirish; teskari tartib (bahor keldi – keldi bahor).
INDIVIDUAL NUTQ NEOLOGIZMI. Ayrim shaxs nutqida voqe bo‘lgan neologizm.
INITSIALLAR. Boshlang‘ich bo‘g‘in unli, undoshlar.
INTEGRATSIYA. Tillar, shuningdek, dialektlarning o‘zaro noo‘xshashliklari yo‘qola borib, bir umumiy tilga birlashishi.
INTERVOKAL (inter.. + lot. vocalis – unli tovush). Intervokal tovush. Ikki unli tovush o‘rtasida keladigan tovush.
INTERVOKAL HOLAT. Undosh fonemaning ikki unli orasida qo‘llanishi. Bunday pozitsiyada (ko‘p bo‘g‘inli so‘zlarda) portlovchi «q» undoshi sirg‘aluvi «g‘» tarzida (qishloq > qishlog‘imiz kabi), jarangsiz «k» undoshi jarangli «g» tarzida (telpak > telpagim kabi) talaffuz qilinadi.
INTERVOKAL HOLAT. Undosh fonemaning ikki unli orasidagi holati.
INTERLINGVA. Xalqaro yordamchi tillardan biri (1950 yili Nyu-Yorkda Xalqaro yordamchi tillar assotsiatsiyasi tomonidan yaratilgan).
INTERLINGVISTIKA. Tilshunoslikning xalqaro muomalaga mo‘ljallangan sun’iy tillar (volapyuk, esperanto va b.), matematik va informatsion tillar qurilishini o‘rganuvchi sohasi.
INTONATSIYA. So‘zlovchining nutq mavzuiga munosabatini, his-tuyg‘usini ifodalovchi talaffuz uslubi; ton.
INFINITIV. (lot. infinitivus – noaniq). Fe’lning noaniq shakli; masdar.
INFORMATIK KATEGORIYASI. Har bir gap informatsiya tashiydi. Biroq yangi informatsiya, agar u o‘zidan oldingi predmet haqidagi bilimga suyangan holda bo‘lsagina, tinglovchiga tushunarli bo‘lishi mumkin. Shuning uchun
gapning to‘liq informativ strukturasi quyidagichadir: u tema deb ataladigan ma’lum qismi, hamda rema deb ataladigan informatsiyaning yadrosini o‘z ichiga oladi. Tema va rema gapning kommunikativ bo‘laklari hisoblanadi. Uning aktual bo‘linishlarining komponentlari hisoblanadi. Fikr ma’lumdan noma’lumga qarab borar ekan, odatda rema temadan keyin keladi. Bu kommunikativ bo‘laklarning betaraf (neytral) tartibidir. Agar rema temadan oldin kelsa, bu holda kommunikativ bo‘laklarning emfatik (emotiv) so‘z tartibi
vujudga keladi.
INFORMATSIYA. Informatsiya deganda nominativ xarakterdagi so‘z birikmasi sifatidagi har qanday xabar tushuniladi. Bu o‘zida qandaydir faktlar haqida darak beradigan gap, gaplar birikmasi (gapdan katta birlik va abzats), butun matn bo‘lishi mumkin. Bu holda informatsiya odatda nominatsiya, ma’no, mazmunga to‘g‘ri keladi.
INFRATOVUSH. 16 Hz dan kam chastotali tovush.
IFODA SEMALARI. Semema tarkibidagi uslubiy ma’no qirralari.
IXTISOSLASHISH, CHEGARALANISH. Terminlarning ma’nosi va qo‘llanishidagi o‘ziga xoslik, ma’lum soha tushunchasini nomlash bilan cheklanish.
ICHKI FLEKSIYA. So‘z shakllarining, ba’zan yangi so‘zlarning asos tarkibidagi (ko‘pincha unli) tovushlarni o‘zgartirish orqali hosil qilinishi.
KALKA (fran. salque – kopiya, taqlid). O‘zga til materialidan qismma-qism nusxa olish yo‘li bilan hosil qilingan so‘z yoki boshqa bir til birligi. Kalkalar leksik, semantik, frazeologik bo‘lishi mumkin.
KVANTITATIV URG‘U (miqdor urg‘usi). Cho‘ziqlik belgisiga ega bo‘lgan urg‘u.
KOGEZIYA. Matnning formal bog‘li bo‘lishligi.
KOGERENTLIK. Matnning mazmunan bog‘li bo‘lishligi.
KOGNITIV TILSHUNOSLIK. Bilish nazariyasi asosida tilni ongli his qilishni o‘rganish yo‘nalishi.
KOINE (yun. koinos – umumiy). Bir necha o‘zaro yaqin, qarindosh laxjalarning aralashuvidan hosil bo‘ladigan va oxiroqibat ularning barchasini almashtiradigan, ular o‘rnida qo‘llanadigan til.
KOMBINATOR OTTENKA. Fonemaning so‘z tarkibidagi tovushlar ta’sirida yuzaga kelgan ko‘rinishi.
KOMBINATOR O‘ZGARISHLAR. Nutq tovushlarining qo‘shni tovushlar ta’sirida miqdor va sifat belgilarining o‘zgarishi. Akkomodatsiya, assimilyatsiya, dissimilyatsiya, diereza, epenteza, gaplologiya, proteza, metateza kombinator o‘zgarishlar hisoblanadi.
KOMMUNIKATIV (lot. communicatio < communicare – umumiy qilmoq, bog‘lamoq). Kommunikatsiyaga, fikr almashuvga oid.
KONVERGENSIYA. Tarixiy taraqqiyot natijasida ikki fonemaning bir fonema holiga kelishi: qadimgi turkiy va eski o‘zbek tillarida alohida-alohida fonemalar bo‘lgan «e» va «o» unlilari shu qonuniyat asosida hozirgi o‘zbek adabiy tilida bitta «o‘» fonemasiga birlashgan.
KONSONANTIZM. Undosh fonemalar tizimi.
KONTEKSTUAL ANTONIMIYA. Tilda antonimik munosabatda bo‘lmagan so‘zlarning ma’lum kontekst doirasida antonimik munosabatga kiritilishi.
KONTENSIONAL. Bu muayyan tushuncha (ma’no, nom)da aks etgan belgilar yig‘indisi, aniqrog‘i strukturasi.
KONTINUUM KATEGORIYASI. Bevosita zamon va makon tushunchalari bilan bog‘langan. “Kontinuum” termini nimadir uzluksiz hosil bo‘lishini anglatadi, ya’ni harakatning zamon va makonda bo‘linmas oqimi. Biroq uni to‘xtatib, birgalikda harakat haqidagi tasavvurni hosil qiladigan diskret xarakteristikalarni tuzib qo‘yilgan qismlarda ko‘rgan holdagina harakatni tahlil qilish mumkin. Shunday qilib, kontinuumni matn kategoriyasi sifatida umumiy tarzda zamon va makonda sodir bo‘ladigan fakt va voealarning muayyan ketma-ketligi tarzida tasavvur qilish mumkin. Bunda voqea-hodisalarning kechishi turlicha matnlarda bir xil bo‘lmaydi. Badiiy matnning zamon va makon parametrlari boshqa turdagi matnlarnikidan tubdan farq qiladi.
KONTRASTIV. Tillarni o‘rganishning qiyosiy solishtirma metodi.
KORRELYATSIYA. Bir farqlanish belgisi asosida tarkib topgan ikki va undan ortiq oppozitsiyalar qatori.
QIYOSIY-TARIXIY METOD. Nisbatan keyingi vaqtlardagi yozma manbalar va jonli tilni qiyoslab o‘rganish asosida jonli til hamda yozma manbalarda qayd etilmagan qadimgi til faktlarini tiklashdan iborat lingvistik metod.
QIYOSIY-TARIXIY TILSHUNOSLIK. Tilshunoslikning qarindosh tillarni qiyosiy-tarixiy metod asosida o‘rganuvchi tarmog‘i.
QIYOSIY-TIPOLOGIK METOD. Tillarning qarindoshligidan qat’i nazar, ulardagi o‘xshash va farqli alomatlarni aniqlash metodi.
LABIAL UNDOSHLAR. Lab-lab va lab-tish undoshlari.
LAHJA. Fonetik, leksik va grammatik xususiyatlari birbiriga yaqin hamda o‘xshash shevalar yig‘indisi, guruhi.
LEKSEMA. So‘zning grammatik ma’no bildiruvchi qo‘shimchalarsiz qismi; tilning lug‘at tarkibiga xos birlik.
LEKSIK ARXAIZMLAR. Hozirgi paytda bor bo‘lgan voqelikning eskirgan nomi yoki hozirgi tilda mavjud bo‘lgan leksemaning eskirgan ma’nosi.
LEKSIK ISTORIZMLAR. O‘tmish voqeligining nomlari.
LEKSIK QO‘LLASH. Leksemaning okkazional (nutqiy) ma’noda qo‘llanishi.
LEKSIK MA’NO. Leksemaning nimanidir nomlashi, atashi, anglatishi.
FONETIK SO‘Z. Leksemaning fonetik qiyofasi, nomi. Denotat – leksema tomonidan nomlangan narsa-predmet, voqelik. Referent – til birligi ifodalaydigan tushuncha, fikr predmeti.
LEKSIK MA’NO TURLARI. Leksik ma’no bir necha nuqtai nazardan yondashib turlarga ajratiladi. Jumladan: 1) yasalish munosabatiga ko‘ra; 2) obektni ifoda etishiga ko‘ra; 3) nutqda voqelashish holatiga ko‘ra.
LEKSIK NEOLOGIZM. Yangilik bo‘yog‘i bor bo‘lgan leksemalar.
LEKSIK SATH. Til ierarxiyasining lug‘at boyligidan iborat yuqori pog‘onasi: so‘zlar, iboralar, ularning turli qatlamlari.
LEKSIKA. Biror til yoki shevada muayyan paytda mavjud bo‘lgan so‘zlar majmui; biror ish, faoliyat, kasb-hunar sohasida qo‘llanadigan so‘z va terminlar, shuningdek, biror muallif badiiy asarlarining so‘z boyligi. O‘zbek tili leksikasi.
Toshkent shevasining leksikasi. Kasb-hunar leksikasi.
LEKSIKOGRAF. Leksikografiya mutaxassisi; lug‘atshunos.
LEKSIKOGRAFIK. Leksikografiyaga, lug‘atchilikka oid. Leksikografik ishlar.
LEKSIKOGRAFIYA. Tilshunoslikning lug‘atchilik bilan shug‘ullanuvchi sohasi.
LEKSIKOLOG. Leksikologiya mutaxassisi; so‘zshunos.
LEKSIKOLOGIK. Leksikologiyaga oid. Leksikologik tadqiqot.
LEKSIKOLOGIYA. Tilshunoslikning tilning lug‘at tarkibini (leksikani) o‘rganuvchi bo‘limi; so‘zshunoslik. O‘zbek tilining leksikologiyasi.
LEKSIKOLOGIYANING OBEKTI. Tilning lug‘at boyligi, leksik tizimi.
LEKSIKON (yun. lexikon – lug‘at). Ma’lum bir kishining so‘z va iboralari zaxirasi; biror ijtimoiy qatlam yoki muayyan faoliyat sohasiga mansub umumiste’moldagi so‘zlar zaxirasi.
LEKSIK-FONETIK ARXAIZM. Talaffuz arxaizmi. Bunda leksemaning tovush tarkibida qisman eskirishi yuz beradi.
LEKSIK-FONETIK DIALEKTIZM. Adabiy tilda bor bo‘lgan so‘zning biror shevadagi fonetik tarkibi.
LEKSIK-FRAZEOLOGIK ANTONIMLAR. So‘z va frazema orasidagi ma’no ziddiyatiga asoslangan antonimlar.
LEKSIK-FRAZEOLOGIK SINONIMLAR. So‘z va frazemalar o‘rtasidagi ma’no birligiga asoslangan sinonimlar.
LINGVIST. Lingvistika mutaxassisi; tilshunos.
LINGVISTIK OMILLAR. Til strukturasi va sistemasiga mansub bo‘lgan, shu tizim qoida-qonuniyatlaridan kelib chiqadigan omillar: fonemalarning funksional xususiyatlari, morfema tiplari, leksik va grammatik tizimlar xususiyatidankelib chiqadigan faktorlar. Ular lisoniy omillar deb ham
yuritiladi.
LINGVISTIK. Lingvistikaga, tilshunoslikka oid. Lingvistik adabiyot. Lingvistik atlas. Lingvistik tadqiqot. Lingvistik tahlil.
LINGVISTIKA. Til haqidagi fan, til bilimi; tilshunoslik.
LINGVISTIK-FUNKSIONAL ASPEKT. Fonetikaning yuqori bosqichi. U fonetik birliklarning til mexanizmidagi rolini, demak, ijtimoiy mohiyatini o‘rganadi.
LISONIY LUG‘ATLAR. Til birliklari, til tizimiga xos kategoriyalar haqida ma’lumot beruvchi lug‘atlar.
LISONIY OMILLAR. Tilning strukturaviy va sistemaviy xususiyatlaridan kelib chiqadigan omillar.
LOGOGRAFEMALAR. Tushunchalarni yoki tushuncha nomi bo‘lgan so‘zlarni yozuvda ifodalaydigan grafemalar (raqamlar, simvollar).
MAKROLINGVISTIKA. Makrolingvistika tilni keng doirada, “katta hajmda” olib, uni statistik usullar asosida tadqiq qiladi. Kishilik jamiyatidagi barcha belgi sistemalarini va ularning o‘zaro bog‘lanishlarini o‘rganuvchi tilshunoslik.
MANTIQIY MARKAZ. Ikki ma’no o‘rtasidagi oraliq tushuncha.
MATEMATIK LINGVISTIKA. Tilshunoslikning tilni tadqiq etish va o‘rganishda matematik metodlarni qoplash imkoniyatlarini o‘rganuvchi sohasi.
MATN TILSHUNOSLIGI. Tilshunoslikning turli mazmun va uslubdagi matnlarini ilmiy tadqiq qiluvchi sohasi.
MENTALINGVISTIKA. Tilshunoslikning til bilan tafakkurning aloqasini va shunga bog‘liq masalalarni o‘rganuvchi bo‘limi.
METATEZA. So‘zdagi tovushlarning o‘rin almashinuvi (mas., kirpik-kiprik, tuproq-turpoq kabi).
METOD. Muayyan fan sohasida qoplanadigan vosita va usullar tizimi.
MODAL MA’NO. So‘zlovchining o‘zi ifodalayotgan fikrga munosabatini bildiradigan ma’no. Masalan, fikrning chin yoki gumonligi ma’nosi, afsuslanish, qoniqish, imkoniyat, mamnunlik kabi ma’nolar modal ma’nolar hisoblanadi.
MODALLIK. Modallik kategoriyasi so‘zlovchining gap mazmuniga va gap mazmunining borliqqa munosabatini ifodalaydi. Modallikda fikrning subektiv lahzasi. So‘zlovchi ongi orqali obektiv borliq bir bo‘lagining aksi o‘z ifodasini
topadi. Modal unsur modusga (modus modalligi) yoki diktumga (diktum modalligi) taalluqlidir. Diktum modalligi ish-harakat bajaruvchi shaxsning muayyan harakatga munosabatini ko‘rsatadi. Modus modalligi esa so‘zlovchining faktga munosabatini aks ettiradi.
MODALLIK KATEGORIYASI. Borliqqa so‘zlovchi tomonidan belgilanadigan harakat munosabatini ifodalaydigan leksik-grammatik kategoriya.
MODEL. Biron til hodisasi (nutq birligi) tarkibiy qismlarining joylashish holatini ko‘rsatuvchi sxema yoki namuna: So‘z yasalish modeli: yasalish asoc + yasovchi.
MONOSEMIYA. Bir ma’nolilik; so‘zning bir ma’noga ega bo‘lishi (Asosan terminlar shunday xususiyatga ega bo‘ladi. Mac, leksema, fonema so‘zlari).
MONOSILLABIZM (mono.. + yun. syllabe – bo‘g‘in). Ba’zi tillarda so‘z (leksema)larning bir bo‘g‘indan iborat bo‘lishi (bu xususiyat xitoy-tibet tillari uchun xos).
MONOFONEMALI GRAFEMA. Mazmun planida faqat bitta fonema kodlashtirilgan fonografema.
MORFA (gr. Morphe – shakl). Morfemaning so‘zshakl tarkibida qatnashayotgan ko‘rinishi. Turli so‘zshakllarda ishtirok etuvchi bunday morfemalar majmui morfemani tashkil etadi. Masalan, ko‘rgali, olgani so‘zshakllaridagi -gali, -gani
qo‘shimchalari bir morfema, ya’ni ravishdosh qo‘shimchalari hisoblanadi.
MORFEM TAHLIL. U yoki bu tilning morfemalar inventlarini aniqlashdan iborat operatsiya.
MORFEMA. Morfema nutqiy zanjirning eng kichik bo‘lagi bo‘lib, u bo‘lakka qandaydir o‘ziga xos ma’no bilan bog‘langan va boshqa morfemalar bilan mustahkam aloqalarda bo‘ladi.
MORFEMIKA. Tilning eng kichik ma’noli birliklari – nomlanishining tuzilishi, turlari va vazifalarini o‘rganuvchi tilshunoslik bo‘limi.
MORFOGRAFEMALAR. Morfemalarni ifodalovchi belgilar.
MORFOLOGIK. Morfologiyaga oid. Morfologik tahlil. So‘zning morfologik tarkibi.
MORFONOLOGIYA. Fonologiya va morfonologiya o‘rtasidagi oraliq fan bo‘lib, u fonologiyaning birliklari va morfologiyaning kategoriyalari bilan ish ko‘radi hamda ularning funksional aloqasini, ya’ni fonologik vositalarning
morfologik qo‘llanishini aniqlaydi.
NATURALISTIK OQIM. Tilni tabiiy organizm sifatida qaragan XIX asrdagi tilshunoslik oqimi. Namoyandalari: A.Shleyxer, M.Myuler.
NUTQNING FONETIK BO‘LINISHI. Nutqning tovush, bo‘g‘in, takt va fraza kabi birliklarga bo‘linishi.
NOLISONIY OMILLAR (ekstralingvistik faktorlar). Til taraqqiyotiga (shu jumladan, leksik tizim rivojiga) tashqaridan ta’sir o‘tkazuvchi omillar: ijtimoiy-siyosiy tuzum, psixologiya, urf-odatlar, ilmiy-texnikaviy taraqqiyot, adabiyot-san’at va boshqalar.
NOMEMA. Leksemaning tovush tomoni, nomi.
NOMINATIV BIRLIK. Nomlash xususiyatiga ega birlik.
NOMINATSIYA (lot. nominatio - atash, nom qo‘yish). Tilda nomlash vazifasini bajaruvchi birliklari (so‘z, so‘z birikmasi kabilarni) hosil qilish.
NORMA (Me’yor). Adabiy tilga va adabiy nutqqa xos barqaror belgi-xususiyatlar. Ular ijtimoiy til amaliyotida tanlab olinadi va mustahkamlanadi.
NUTQ. Tilning voqelanishi, so‘zlovchining til birliklaridan foydalanib fikr ifodalash jarayoni va shunday jarayon natijasida yuzaga keladigan hodisa.
OKKAZIONAL MA’NO. Leksemaning tildagi ma’nosiga xos bo‘lmagan, ayrim shaxsning leksik qo‘llashi natijasida yuzaga keltirilgan sun’iy ma’nosi.
OKKAZIONALIZM (lot. occasionalis–tasodifiy). Umumiste’molga muvofiq, to‘g‘ri kelmaydigan, individual tarzdagi ma’noga ega bo‘lgan til birligi.
OPPOZITSIYA. Ikki yoki undan ortiq bir turdagi til hodisalarini qarama-qarshi qo‘yish, qarama-qarshilik holati.
ORFOGRAMMA. So‘zning yoki so‘z formasining imlo qoidasiga mos ravishda yozilgan shakli.
ORFOGRAFIK BELGI. To‘g‘ri yozish me’yorlarini ta’minlashda qo‘llanadigan maxsus noharfiy belgilar (mas., defis).
ORFOGRAFIYA. Muayyan til yozuv sistemasining to‘g‘ri yozish me’yorlarini belgilaydigan imlo qoidalari. Tilshunoslikning imlo qoidalari xususida bahs yurituvchi bo‘limi ham orfografiya deyiladi.
ORFOGRAFIYA PRINSIPLARI. Imlo qoidalarining tuzilishiga asos bo‘lgan tamoyillar: fonetik prinsip, fonematik prinsip, morfologik yoki fonematik-morfologik prinsip, grafik prinsip, tarixiy-an’anaviy prinsip, shakliy-an’anaviy yozuv prinsipi, semantik-uslubiy prinsip kabi.
ORFOEPIYA. To‘g‘ri (adabiy) talaffuz me’yorlari tizimi.
PARADIGMA (yun. paradigma – misol, namuna). Til birliklari, grammatik shakllarning umumiy ma’nosiga ko‘ra birlashuvchi, xususiy ma’nosiga ko‘ra farqlanuvchi tizimi.
PARALINGVISTIKA. Tilshunoslikning o‘zaro aloqaaralashuvda imo-ishora, mimika, nutq vaziyati kabi omillarni o‘rganuvchi sohasi.
PARAFRAZEMALAR. Paronimik munosabatda bo‘lgan frazemalar.
PARONIMIYA. Ikki yoki undan ortiq leksemaning talaffuzda o‘zaro o‘xshash, ohangdosh bo‘lishi.
PARONOMAZIYA. Jonli so‘zlashuvda paronim so‘zlarni qorishtirish hodisasidan badiiy nutqda uslubiy maqsadlarda foydalanish.
PARTONIMIYA. Leksemalarning ma’no guruhlarida butun-bo‘lak munosabatlarining ifodalanishi.
PERSEPTIV ASPEKT. Fonetikaning eshitish va his etish bilan bog‘liq jarayonlarni o‘rganuvchi aspekti.
PIKTOGRAFIK YOZUV. Nutq mazmuni rasm, shartli tasvir tarzidagi grafik shakllar asosida ifodalanadigan yozuv.
PIKTOGRAFIYA (lot. pictus – bo‘yoqda chizilgan, tasvirlangan + yun. grapho – yozaman). Narsa-buyum, voqeahodisa, ish-harakatlarni shartli belgi-rasmlarda aks ettirishdan iborat ibtidoiy yozuv turi (bunday yozuv hozirgi kunda yo‘l
harakatini tartibga soluvchi belgilarda, turli ko‘rsatkich va peshlavhalarda qo‘llanmoqda).
PLEONAZM (yun. pleonasmos – ortiqchalik). Bir xil yoki sinonimik til birliklarining semantik jihatdan takror holda qo‘llanishi (mas, bosh-oyoq sarpo birikmasidagi forscha sarpo so‘zi ham «bosh-oyoq» ma’nosini ifodalaydi).
POZITSION OTTENKA. Fonemaning so‘z yoki bo‘g‘indagi pozitsiya talabiga moslashgan ko‘rinishi.
POZITSION O‘ZGARISHLAR. Tovushlarning ma’lum holatda ro‘y beruvchi o‘zgarishlari. Reduksiya, proteza hodisalari pozitsion o‘zgarishlardir.
POZITSION XUSUSIYATLAR. Nutq tovushlarining so‘z tarkibidagi o‘rni (unlining urg‘uli yoki urg‘usiz bo‘g‘inda, undosh tovushning kuchli yoki kuchsiz pozitsiyada bo‘lishi), shu omil ta’sirida yuz beradigan hodisalar.
POLIGRAF. Shaklan ikki yoki undan ortiq harflar qo‘shilmasiga teng bo‘lgan analitik grafema.
POLISEMANTIK. Ko‘p ma’noga ega bo‘lgan; ko‘p ma’noli.
POLISEMIYA. Ko‘p ma’nolilik hodisasi.
PRAGMATIKA (Yun. pragma, pragmatos – ish, harakat). Semiotika va tilshunoslikning nutqda til belgilarining amal qilishini, ularning o‘zaro munosabatini o‘rganuvchi sohasi.
PREDIKATIVLIK. Har qanday gapning zaruriy xususiyatlari sifatida u gap mazmunining borliqqa fikrning nisbatan tugallangan jarayoni sifatidagi munosabatini xarakterlaydi; predikativlik gapning ayrim biror bo‘lagi bilan
bog‘langan bo‘lmaydi.
PREFIKS (lot. – praefixum < rgae – olddan, oldindan + fixus – biriktirilgan). So‘zning o‘zak oldidan qo‘yiladigan qismi, old qo‘shimcha (benuqson, noto‘g‘ri).
PROKOPA. So‘z boshidagi tovushning tushib qolishi.
PROTEZA. So‘z boshida tovush orttirilishi.
PSIXOLINGVISTIKA. Tilshunoslikning odam nutqi faoliyatini ruhiy jihatdan o‘rganuvchi bo‘limi. REDUKSIYA. Urg‘usiz bo‘g‘indagi unlining
kuchsizlanishi.
REDUPLIKATSIYA (lot. reduplicatio – ikkilanish). So‘zdagi dastlabki bo‘g‘inni yoki o‘zaki, butun so‘zni takror qo‘llash bilan takroriy so‘z, grammatik shakl hosil qilish usuli.
REKURSIYA. Artikulyatsiyaning uchinchi bosqichi (talaffuzning qaytishi).
REPREZENTATSIYA (fran. gerresentation–tiklash).
1.Til faktlarini eng ishonarli shart-sharoitlarda namoyish qilish.
2.Nutqda tushirib qoldirilgan so‘zga xos semantik komponentning saqlanib qolgan so‘zga yuklatilishi. Mas., Bizning yorni ko‘rgan (odam) bormi?
SEMANTIK MAYDON. Ma’lum sema asosida birlashuvchi so‘z va iboralar majmui. Masalan, oziq-ovqat nomlari: palov, lag‘mon, sho‘rva, mastava, qotirma, manti kabi.
SANDXI. So‘zning analitik shakllarida birinchi so‘z oxiridagi tovush bilan ikkinchi so‘z boshidagi tovush o‘rtasidagi singishuv natijasida sodir bo‘ladigan o‘zgarishlar.
SEGMENT (lot. segment – bo‘lak). Nutqning fonetik jihatdan bo‘laklarga bo‘linishi (segmentlash) natijasida hosil bo‘lgan bo‘lak. Talaffuzdagi nutq bo‘lagi. Katta nutq bo‘lagi – fraza makrosegment, kichik nutq bo‘laklari: takt, bo‘g‘in, tovush mikrosegment birliklardir.
SEGMENT BIRLIKLAR. So‘z yoki morfema tarkibida (yoki nutq oqimida) gorizontal chiziq bo‘ylab birin-ketin keladigan birliklar: nutq tovushi, bo‘g‘in, fonetik so‘z, takt, fraza.
SEMA. Leksik ma’no (semema)ni tashkil toptiruvchi komponent va ma’no qirralari.
SEMANTIK. Semantikaga, ma’noga oid. So‘zning semantik tizimi. Semantik tahlil.
SEMANTIKA (fran. semantique < yun. semantikos – ifodalovchi). Til birliklarining mazmun-ma’no tomoni va ular bilan bog‘liq masalalarni o‘rganuvchi tilshunoslik sohasi.
SEMASIOLOGIYA. Leksik birliklarning semantik tarkibi va u bilan bog‘liq masalalarni o‘rganuvchi soha.
SEMIOTIKA. Turli-tuman belgilar (ramzlar) tizimining umumiy xususiyatlarini o‘rganuvchi fan.
SENTENSIYA. Bu mikrochekinish. U muallif chekinishlarining ayrim ko‘rinishlariga ega bo‘lgan holda, xabar berishga to‘g‘anoq bo‘lish vazifasini bajaradi. Biroq sentensiya alohida olingan gapdan katta birlik va ayniqsa yaxlit
bir bobda qaraganda sujet yo‘nalishi bilan uzviy bog‘langan. Sentensiya odatda gapdan katta birlik yoki abzatsning mazmun qobig‘iga o‘rangan bo‘ladi.
SIGNIFIKAT. Til birligi ifodalaydigan ma’no.
SILLABIK YOZUV. Bo‘g‘inli yozuv.
SILLABIKA. Bo‘g‘in (sillabema) haqidagi ta’limot.
SIMVOLLAR. Ilm-fanning ma’lum sohalarida qabul qilingan maxsus ideografik belgilar.
SINGARMONIZM. So‘zning asosi va affiksi tarkibidagi unlilarning o‘zaro uyg‘unlashuvi, garmoniyasi.
SINGARMONIK. Singarmonizmga oid, singarmonizm qoidalariga, talablariga bo‘ysunuvchi. Singarmonik moslashuv.
SINEREZIS. So‘z tarkibidagi ikki unlining diftonglashuvi.
SINKOPA. So‘z o‘rtasidagi tovushlardan birining tushib qolishi.
SINTAGMA. Ikki so‘zdan yoki so‘zlar guruhidan tashkil topgan eng sodda sintaktik butunlik.
SINTAGMA URG‘USI. Nutq oqimining ma’no jihatidan muhim bo‘lgan qismini (sintagmani) alohida ta’kidlash, ajratish uchun qo‘llanadigan urg‘u.
SINTAGMATIK MUNOSABATLAR. Tilning sintagmatik sistemasi sodir bo‘layotgan nutqning grammatik komponentlari o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarning ko‘plab turlari yig‘indisi sifatida mavjuddir. Birinchi navbatda bunday munosabatlar bevosita bir-biri bilan chegaradosh bo‘lgan
komponentlar o‘rtasida vujudga keladi. Lekin ko‘pgina tillarda, ma’lum darajada, ehtimol, jahonning barcha tillarida bir-biridan ko‘p yoki kam distans uzoqlikda turgan sintagmatik qatorning komponentlari o‘rtasida u yoki bu munosabatlar,aloqalar mavjud bo‘ladi. Masalan: “I told you this.” gapida “I”
va “told” komponentlari mazkur gapning egasi va kesimi sifatida bir-biri bilan juda yaqin aloqa tufayli zich bog‘langan, biroq ular bir-biri bilan bevosita chegaralanmaydi.
SINTAGMATIK XUSUSIYAT. So‘z yoki bo‘g‘in tarkibida tovushlarning zanjirsimon joylashuvi; birin-ketin kelishi, gorizontal chiziq bo‘ylab joylashuvidan kelib chiqadigan xususiyatlar.
SINTAGMATIKA. Til birliklarini nutq zanjiridagi unsurlar sifatida tekshirish aspekti.
SINTAKSEMALAR. Elementar sintaktik birliklar – tilda bir qator variantlar bilan berilgan invariantlardir.
SINTAKSIS. So‘zlarning birikish va gaplarning qurilish, shuningdek, gaplarning kattaroq qurilmalarga – gapdan katta birikma va matnga kirish qonuniyatlarini o‘rganuvchi grammatikaning bir bo‘limi sifatida tavsiflanadi.
SINTAKTIK POZITSIYA. Gapda fikr strukturasi va gapdagi so‘zlarning valentlik xususiyatlari bilan aniqlanadigan gap bo‘lagining o‘rni.
SINTETIK GRAFEMA. Nutq oqimida bir yo‘la ikki
fonemani ifodalaydigan monograf. Kirill o‘zbek yozuvidagi
ye, yo, yu, ya harflari shunday grafemalardir.
SINTETIK (yun. synthetikos – biriktiruvchi, qo‘shuvchi, ulovchi). Sintezga, butunligicha uzviy bog‘lanishda olib tekshirishga asoslangan. Tadqiqotning sintetik usuli.
SINXRONIYA. Tilning hozirgi tuzilishini, holatini o‘rganish.
SITUATSIYA. Nutq akti yuz berayotganda unga ta’sir ko‘rsatuvchi sharoit.
SOTSIOLINGVISTIKA. Tilshunoslikning tilning ijtimoiy yashashi va ijtimoiy taraqqiyoti sharoitlarini o‘rganuvchi sohasi.
SOTSIOPRAGMATIKA. Sotsiolingvistikaning nutqning ham lisoniy, ham ijtimoiy xususiyatlarini hisobga olgan holda tadqiq etuvchi tarmog‘i.
SPEKTOGRAF. Tovush formantlarini aniqlovchi maxsus apparat.
SPIRANTIZATSIYA. Portlovchi undoshning intervokal holatda sirg‘aluvchi undoshga o‘tishi.
STILISTIK MA’NO. Muloqot vaziyatini aks ettiruvchi asosiy vositalardan biri bo‘lib, bayonning umumiy stilistik ohangini hosil qilishda uning birinchi darajali jihati bilan bog‘langandir.
STRUKTURA. Bir butun tizim (makrotizim) tarkibidagi mikrotizimlar, ular o‘rtasidagi aloqalar mexanizmi.
STRUKTURALIZM. Tildagi ichki aloqalar va bosqichlar o‘rtasidagi bog‘lanishlarni o‘rganuvchi tilshunoslik oqimi. Strukturalizmning AQSH, Daniya, Praga, Frantsiya maktablari bor.
SUBSTRAKT. G‘olib tilda yengilgan til elementlarining bo‘lishi.
SUN’IY TIL. Insonning tabiiy tilidan farq qiluvchi, biror shaxs tomonidan maxsus lshlab chiqilgan yordamchi til. Mas., esperanto (L.Zamengof, 1887), volapyuk (L.Shleer, 1870). XX asrning birinchi yarmida 400 ga yaqin sun’iy tillar ishlab chiqilgan.
SUPERSEGMENT BIRLIKLAR. Urg‘u, ohang, melodika, pauza kabi ustama hodisalar, ular so‘zga, frazaga, gapga yoki nutqqa yaxlit holda aloqador bo‘lishi bilan segment birliklardan farq qiladi.
SUPERSEGMENTAL FONETIUM (PROSODIKA). Nutqning bo‘g‘in, takt, fraza kabi birliklarini o‘rganuvchi fonetika bo‘limi.
SUFFIKS (lot. suffixus – qadalgan, biriktirilgan). So‘z o‘zagiga qo‘shilib, uning ma’nosini o‘zgartiradigan yoki boshqa so‘z bilan bog‘lash uchun xizmat qiladigan morfema; qo‘shimcha.
TABIIY TIL. Kishilar o‘rtasida aloqa, fikr almashuv vositasi sifatida qo‘llanayotgan eng muhim aloqa vositasi.
TABU. Diniy e’tiqod, irim, qo‘rqish ta’sirida ayrim so‘zlarning qo‘llanishini cheklash va man etish; ishlatilishi cheklangan so‘zlar. Masalan, chayon so‘zi o‘rnida eshak, oti yo‘q so‘zlarining ishlatilishi.
TAVSIFIY LINGVISTIKA. Tilning holatini tavsifiy planda o‘rganuvchi tilshunoslik.
TAVSIFIY FONETIKA. Xususiy fonetikaning ichki bir turi. U muayyan tilning fonetik tizimini statika holatida (til taraqqiyotining oldingi bosqichlarida yuz bergan hodisalar bilan bog‘lamay) o‘rganadi.
TARIXIY FONETIKA. Xususiy fonetikaning ichki bir turi. U muayyan til tovush tizimini diaxron planda va dinamik holatda (tarixiy taraqqiyotda) o‘rganadi.
TASVIRIY (DESKRIPTIV) TILSHUNOSLIK OQIMI. Tilni formal usullar yordamida o‘rganuvchi oqim. Amerika deskriptiv tilshunosligi: L.Blumfild, Z.Xarris, G.Glisson va boshqalar.
TEZAURUS (yun. thesauros – xazina, boylik). Muayyan tildagi barcha so‘zlarni qamrab oladigan, ularning matnda qo‘llanish holatlarini to‘la-to‘kis aks ettiradigan lug‘at.
TERMINLAR. Fan, texnika, adabiyot, san’at va boshqa sohalarga oid ixtisoslashgan tushuncha nomlari.
TERMINOLOGIYA (lot. terminus chek, chegara belgisi, logos - so‘z, ta’limot). 1.Ma’lum sohaga oid terminlar majmui.
2.Tilshunoslikning terminlar yaratish tamoyillari, ularni tartibga solish muammolari bilan shug‘ullanuvchi, terminlarga doir ilmiy-nazariy va amaliy masalalarni o‘rganuvchi bo‘limi.
TIL SATHLARI. Tilni tekshirish jarayonida, uni tahlil etishning turli usullarida belgilanadigan qatlamlari. Tilning asosiy sathlari: 1) fonetik sath; 2) leksik sath; 3) grammatik sath.
TIL SHOXOBCHALARI. Genetik jihatdan yaqinlik belgilariga ega bo‘lgan til oilalarining ichki guruhlari, shu oila ichidagi til guruhlari.
TILLAR OILASI. Kelib chiqish asosining umumiyligi, fonetik, leksik va grammatik jihatdan o‘zaro o‘xshashligi, yaqinligi bilan izohlanadigan tillar guruhi. Mas., turkiy tilla oilasi.
TILLAR TASNIFI. Tillarning muayyan belgilar asosida ma’lum oila va guruhlarga ajratilishi.
TILLARNING QARINDOSHLIGI. Tillarning bir asos tildan kelib chiqqanligi va ularning fonetik, leksik va grammatik qurilishida umumiylik, izchil mosliklarning mavjudligi.
TILLARNING MORFOLOGIK TASNIFI. Tillarni grammatik shakl hosil qilish usullarida farq qilishga ko‘ra guruhlarga ajratish.
TILLARNING CHATISHUVI. O‘zaro ta’sir etuvchi ikki tildan birining g‘olib chiqishi va ikkinchi tilning esa g‘olib tilda biror fonetik, leksik, sintaktik izlar qoldirishi. Mas., kelt tili, frank tili.
TILLARNING SHAJARAVIY TASNIFI. Tillarni kelib chiqish manbaining birligi, umumiyligiga ko‘ra guruhlarga ajratish.
TILNING IFODA JIHATI. Tilning tashqi tomoni, strukturasi, undagi birliklar (tovushlar, morfemalar, so‘zlar, so‘z birikmalari, gaplar).
TIPOLOGIYA (yun. typos – belgi, iz; namuna, shakl, + logos – fan, ta’limot). Ob’ektlar tizimini qismlarga ajratish va ularni umumlashma model yoki tip yordamida guruhlashtirishdan iborat ilmiy metod.
TONIK (MUSIQIY) URG‘U. Ovoz tonining o‘zgarishi, tovlanishiga asoslangan urg‘u.
TRANSKRIPSIYA. Fonemalarning turli ottenkalarini, shuningdek, lahja va shevalarga xos fonetik xususiyatlarni yozuvda aniq ifodalash uchun shakllantirilgan maxsus grafik belgilar tizimi.
TRANSLITERATSIYA. Biror alifbo asosida yozilgan matnlar yoki alohida so‘zlarni boshqa bir alifbo vositalari bilan harfma-harf aks ettirish. Yevropacha nomlarning o‘zbekcha transliteratsiyasi.
UZUAL MA’NO. Leksemaning semantik tarkibida bor bo‘lgan leksik ma’no.
UZUS. Leksema, frazema, so‘z shakli va sintaktik konstruksiyalarning til egalari tomonidan qabul etilgan qo‘llanishi.
O‘LIK TIL. Hozirgi davrda so‘zlashuv vositasi sifatida qo‘llanmaydigan, jonli iste’moldan chiqqan (iste’molda bo‘lmagan) til. Mas., lotin, eski slavyan, sankskrit.
ULTRATOVUSH. 20000 Hz dan ortiq chastotali tovush.
UMLAUT (nem. Umlaut – unlini almashtirish). So‘zdagi unlilarning grammatik shakl yasash vositasi sifatida almashinuvi. Bu hodisa, mas., nemis tilida a, o, u unlilarining yumshashida ko‘rinadi. O‘zbek tilining ayrim shevalarida,
mas., Namangan viloyatidagi shevalarida umlaut hodisasi uchraydi.
FLEKSIYA (lot. flexio – egilish, bukilish). So‘z o‘zgarishlarida namoyon bo‘ladigan grammatik kategoriyalar majmui ko‘rsatkichi; qo‘shimchalar qo‘shilishi yoki asos (negiz)dagi ba’zi tovushlarning o‘rin almashinishi natijasida so‘zlarning dastlabki shaklini yo‘qotishi yoki o‘zgartirishi.
FLEKTIV TILLAR. Morfologiyada, ba’zan so‘z yasalishida fleksiya hodisasi ustunlik qiladigan tillar.
FLEKTIV. Fleksiya xususiyatiga ega bo‘lgan; fleksiyaga oid.
FONEMA. So‘zlar, morfemalar va grammatik shakllarning tovush qobig‘ini, binobarin, ma’nolarini ham farqlash uchun xizmat qiladigan eng kichik segment birlik. Fonetik jihatdan yaqin va funksional jihatdan o‘xshash tovushlar sinfining qisqacha ifodalanishi. Bir fonemaga aynan bir tovushning turli-tuman ko‘rinishlari birlashib, muayyan tilda ushbu barcha turlar aynan bir vazifaga ega bo‘ladi.
FONEMA VARIANTI. Fonemaning nutqda yondosh tovushlar ta’sirida paydo bo‘ladigan ko‘rinishi. Masalan, v fonemasining lab-lab variantlari.
FONEMA OTTENKALARI. Fonemalarning talaffuzdagi aniq ko‘rinishlari.
FONEMALARNING DIFFERENSIAL BELGILARI. O‘zaro qarama-qarshi qo‘yilayotgan ikki fonemaning farqlanadigan belgilari.
FONEMALARNING INTEGRAL BELGILARI. O‘zaro qarama-qarshi qo‘yilayotgan ikki fonemaning farqlanmaydigan belgilari.
FONEMATIK. Fonemaga oid. Tilning fonematik tarkibi.
FONETIK. Fonetikaga oid. Fonetik qonunlar. Tilning fonetik tizimi. Fonetik transkripsiya.
FONETIK DIALEKTIZMLAR. Dialekt yoki shevaga
xos fonetik birliklar tizimi.
FONETIK SO‘Z. Nutq tovushlarining ma’lum tartibda joylashuvidan tarkib topgan so‘zning fonetik qiyofasi, leksemaning ifoda plani.
FONETIK TAMOYIL. So‘z, asos va qo‘shimchalarni eshitilishiga muvofiq yozish. Masalan, burun, shahar so‘zlariga egalik qo‘shimchalari qo‘shilganda, ikkinchi bo‘g‘indagi unli tushib qolishi: burnim, shahrim, shahrimiz kabi yozilishi.
FONETIK HODISALAR. Nutq jarayonida yuz beradigan kombinator va pozitsion o‘zgarishlar.
FONETIKA. Tilshunoslikning fonetik birliklar, ularning fizik-akustik va h.k. xususiyatlari haqida ma’lumot beruvchi bo‘limi.
FONETIK-FONOLOGIK SATH. Til ierarxiyasining tovush tizimidan iborat quyi pog‘onasi (quyi yarusi): nutq tovushlari, bo‘g‘in, urg‘u, ohang va boshqalar.
FONETIST. Fonetika sohasi bilan shug‘ullanuvchi tilshunos.
FONOGRAFEMA. Grafemalarning fonemalarni ifodalashga asoslangan tipi.
FONOLOGIK OPPOZITSIYA. Differensial belgilar asosida ikki fonemaning bir-biriga qarama-qarshi qo‘yilishi (fonologik zidlanish).
FONOLOGIYA (fono.. + yun. logos – bilim, tushuncha). Tilshunoslikning nutq tovushlarini, ya’ni fonemalarni so‘z va morfemalarning tovush qobig‘ini farqlovchi vosita sifatida o‘rganuvchi sohasi.
FONOSTILISTIKA. Fonetik-fonologik birliklarning, shu jumladan urg‘uning ham matndagi uslubiy xususiyatlariga oid ta’limot. U stilistikaning bir bo‘limi sanaladi.
FORMANTLAR. Tovush tembrini ifodalovchi va uning boshqa tovushlar tembridan farqini ko‘rsatuvchi chastotalar.
FRIKATIV (lot. fricatio – ishqalanish). Frikativ undoshlar. Nutq a’zolari bir-biriga yaqinlashib, havo tor oraliqdan sirg‘alib chiqishi natijasida hosil bo‘ladigan v, f, z, s, j, sh, x undoshlari.
XALQARO TILLAR. Xalqaro kengashlarda, simpoziumlarda ishlatiluvchi, Birlashgan Millatlar Tashkiloti tomonidan rasmiy tan olingan, xalqlararo faol qo‘llanuvch tillar. Bunga ingliz, ispan, xitoy, frantsuz, rus, arab tillari
kiradi.
XUSUSIY FONETIKA. Fonetikaning muayyan bir til tovushlari, ularning turlari, fizik-akustik va artikulyatsion xususiyatlari xususida bahs yurituvchi turi.
CHASTOTALI LUG‘AT. So‘zlarning (so‘z shakllari, so‘z birikmalarining) nutqda qo‘llanish miqdori haqida ma’lumot beruvchi lug‘at.
EKSTRALINGVISTIKA. Tilshunoslikning etnik, ijtimoiy-tarixiy, jug‘rofiy va boshqa omillarni tilning taraqqiyoti va vazifasi bilan bog‘liq hodisalar sifatida
o‘rganuvchi sohasi.

Yüklə 413,75 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   53




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin