O’quv-uslubiy majmua



Yüklə 413,75 Kb.
səhifə38/53
tarix06.09.2023
ölçüsü413,75 Kb.
#141709
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   53
O’quv-uslubiy majmua-fayllar.org

Adabiyotlar:
1. Abduazizov A. Tilshunoslik nazariyasiga kirish. –Toshkent, 2010.
2. Irisqulov I. Tilshunoslikka kirish. –Toshkent, 2009.
3. Rasulov R. Umumiy tilshunoslik. –Toshkent, 2013.
4. Tilshunoslik nazariyasi va metodologiyasi. Tuzuvchi: H.Dadaboyev. –Toshkent, 2004
5. Borbala Richter. First steps in theoretical and applied linguistics. –Budapest, 2006.
8-ma’ruza: Tilning grammatik sathi.
Mavzu rejasi:
  1. Grammatika tilning grammatik qurilishiga oid qonun-qoidalarni tahlil etuvchi sath sifatida.


  2. Grammatikaning tarkibiy qismlari: morfologiya va sintaksis.


  3. Grammatik ma’no, grammatik shakl va grammatik kategoriya.


  4. Morfologiya so‘z shakli haqidagi ta’limot.


  5. Sintaksis so‘z birikmasi va gap haqidagi ta’limot.



1.Grammatika va uning tarkibiy qismlari. Grammatika tilshunoslikning tarkibiy qismi bo‘lib, tilshunoslikning boshqa sohalari bilan aloqasi ko‘p qirrali va murakkabdir.


O‘tmishda grammatika to‘g’ri yozish va gapirishga yordam beruvchi qonun va qoidalarni o‘rgatadi deb tushunilgan. Bugungi kunda grammatika termini tilshunoslikda ikki ma`noda qo‘llaniladi. Grammatika deyilganda, birinchidan, tilning grammatik qurilishi, ikkinchidan, tilning grammatik qurilishi haqidagi fan tushuniladi. Ikkinchi ma`noda grammatika so‘zlarning ma`lum turkumlarga bo‘linishi, ularning har biriga xos formalar, nutqning grammatik qurilishi haqadagi fandir.
Ma`lumki, til kishilik jamiyatida fikr almashish quroli sifatida xizmat qiladi. Kishilarga fikr almashish imkoniyatini yaratib berish uchun har bir til ma`lum miqdordagi grammatik vositalarga ega bo‘lishi kerak. Lekin gapning hosil bo‘lishi uchun so‘zlarning o‘zi kifoya qilmaydi. Gapda so‘zlar har bir tilning grammatik va fonetik qoidalari asosida birlashib, ma`lum bir fikrni ifodalaydi.
Tilning grammatik qurilishi o‘z kategoriyalari va birliklariga ega. Bular so‘z formalari, so‘z birikmalari va gaplardir.
Grammatika ikki qismdan iborat: morfologiya va sintaksis. Morfologiyada so‘z turkumlari, uning kategoriyal va nokategoriyal shakllari o‘rganiladi. Sintaksis nutqning grammatik qurilishi haqidagi ta`lim bo‘lib, so‘z birikmasi, gap va undan yirik bo‘lgan birliklarni o‘z ichiga oladi.
Grammatikaning quyidagi turlari mavjud:
- tarixiy grammatika
- falsafiy grammatika
- umumiy (universal) grammatika
- qiyosiy grammatika
- tasviriy grammatika (deskriptiv)
- transformatsion grammatika.
Tarixiy grammatika biror bir tilning grammatik qurilishida ro‘y bergan o‘zgarishlar taraqqiyotini o‘rganadi.
Falsafiy grammatika ning asosiy vazifasi til va tafakkur, logik va grammatik kategoriyalarning aloqa imkoniyatlarini o‘rganadi.
Umumiy grammatika qaysi til oilasiga mansub ekanligidan qat`iy nazar, hamma tillarga xos bo‘lgan umumiy xususiyat va qonuniyatlarni belgilaydi.
Qiyosiy grammatika tillarning grammatik tizimini bir-biri bilan taqqoslab, qiyoslab, ularga xos umumiy va xususiy belgilarni o‘rganadi.
Qiyosiy grammatika o‘z navbatida qiyosiy–tarixiy va tipologik–qiyosiy grammatikalarga bo‘linadi. Rasmus Rask (1787-1832) «Qadimgi island tili va island tilining paydo bo‘lishi». YA.Grimm «Nemis tili grammatikasi»(1819).
Tasviriy (deskriptiv) grammatika biror konkret til grammatik qurilishining hozirgi (sinxron) holatini o‘rganadi. Deskriptiv grammatikada til birliklari va ularning mohiyatini aniqlashda formal metodlardan foydalaniladi. Deskriptiv grammatikada tilning qurilishini tahlil qilish jarayonida ma`no e`tiborga olinmaydi.
Struktural tilshunoslik tilning ichki qurilishi, til sistemasini tashkil etgan elementlarning orasidagi munosabatlar, oppozitsiyalarni o‘rganishga katta e`tibor beradi. Struktural tilshunoslik tilni o‘rganishda va fanning predmetini belgilashda o‘ziga xos yangi oqimdir.
Til tizimini tadqiq qilishning ikki metodi mavjud: destributiv analiz metodi va tranformatsion analiz metodi.
Birinchi metod. L.Blumfeld. »Til», Z.Xarris. »Struktural tilshunoslikning metodlari» (1951). Bu metod tilshunoslikda keng qo‘llanilmoqda. U til birliklarining (fonema, morfema, so‘zlar) distributsiyasi (qo‘llanish o‘rni, joylashishi) turlicha bo‘ladi, degan nazariyaga asoslanib, til tizimini tashkil etgan elementlarning o‘zaro birikishi qonun-qoidalarini o‘rganadi. U birmuncha ob`ektiv metoddir.
Distributiv metod yordamida til birliklari aniqlanadi va bu metod fonema, uning variantlari, morfemalarni, allamorflarni aniqlashga yordam beradi. Ammo sintaksisga xos bo‘lgan masalalarni o‘rganishda bu metodning imkoniyatlari cheklangan.
SHuning uchun tilda bevosita tashkil etuvchilarga ajratish metodi paydo bo‘ldi. Bunda gap bevosita ikki qismga ajratib tekshiriladi. Mas., ot qism va fe`l qism. Bu metod distributiv tahlilni o‘z ichiga olgan holda sintaktik birliklarni analiz qilishda qo‘llaniladigan formal metoddir.
Bu metodning qiyinchiliklari:
1.Morfologiya bilan sintaksis aralashtirib yuboriladi, so‘z birikmalari va gap bir-biridan farqlanmaydi.
2. Bir xil strukturaga ega bo‘lgan, ammo mazmun jihatdan har xil bo‘lgan so‘z birikmalari bu metod bo‘yicha bir xil analiz qilinadi. Mas., To‘yga ko‘p keksa erkaklar va ayollar kelishdi jumlasini analiz qilganda, keksa so‘zining qaysi so‘zga tegishli ekanligini aniqlash qiyin (erkaklargami yoki ayollarga).
3. Bu metod til sintaktik yarusining elemantar birligini va sodda sintaktik birliklarning tashkil topishi va tarixni ko‘rsatib berolmaydi.
Bevosita tashkil etuvchilarga ajratish metodining yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan kamchiliklarni bartaraf etish ehtiyoji transformatsion analiz metodlarining yaratilishida asosiy omil bo‘ldi.
Transformatsion grammatika hozirgi tilshunoslikda, xususan, sintaktik va stilistik izlanishlarda eng ko‘p qo‘llanilayotgan metod yordamida ish ko‘radi.
Ma`lumki, distributiv metod yordamida til yaruslarining birliklari: fonema, morfema, ularning qo‘llanilish o‘rinlari aniqlansa, bevosita tashkil etuvchilarga ajratish metodida esa bu gapning ichidagi sintaktik munosabatlar o‘rganiladi.
Transformatsion metodning asosiy mohiyati quyidagilardan iborat:
Har bir tilda son-sanoqsiz gaplar mavjud va bu yangi gaplar tinglovchi
tomonidan to‘g’ri tushiniladi. Tabiiy quyidagi savol tug’iladi: Qanday qilib nutq eshituvchi shu paytgacha eshitmagan yangi gaplarni tushunadi? Buning asosiy sababi shundan iboratki, nutqda mavjud bo‘ladigan cheklanmagan miqdordagi gaplar, ma`lum miqdordagi elementlar sintaktik modellar asosida paydo bo‘ladi. Lekin bu sintaktik modellar (yadro gaplar) ning soni chegarali va amalda faqat bir necha bo‘lishi mumkin. Mas., ot qism - fe`l qism.
Gapning elementar, sodda modellari transformatsion grammatikada yadro gaplar deb ataladi. Bu model asosida tuzilgan gaplar o‘sha yadro gapning transformasi hisoblanadi.
mavjud bo‘lib, so‘zning ana shu tonlardan qaysi biri yordamida talaffuz qilinishiga qarab so‘zning ma`nosi o‘zgaradi. Mas., ma-ona, kanop, chumoli, so‘kinmoq.
Urg’u. O‘zbek va ingliz tillarida urg’u so‘zlarning leksik ma`nolarini ajratishda ishlatiladi: yangi (sifat), yangi (ravish).
Takror. Takror biror grammatik ma`noni ifodalash uchun bir so‘zni ikki marta takrorlash bo‘lib, u lingvistikada reduplikatsiya (lat-ikkilanish) deb yuritiladi. Mas., malay tilida - orang-odam, orang-orang-odamlar, xitoy tilida sin-yulduz, sin-sin-yulduzlar. O‘zbek tilida sariq-sap-sariq, ko‘k-ko‘m-ko‘k.
Ichki flektsiya. U turli grammatik ma`nolarni ifodalash uchun so‘z tarkibidagi tovushlarning o‘zgarishidir. Mas., arabcha-kitob-kutub, kataba-kutuba.
Suppletivizm. Suppletivizm deganda, bir so‘zning turli grammatik formalarning har xil so‘z o‘zaklaridan yasalishi tushuniladi: ya-menya, mi-nas.
YOrdamchi so‘zlar. YOrdamchi so‘zlar yoki funktsional so‘zlar ham grammatik ma`no ifoda qilish uchun qo‘llaniladi. Bunday so‘zlar boshqa so‘zlarning tarkibiy qismi emasligi bilan affikslardan farq qiladi.
Umumiy tilshunoslik nuqtai nazaridan tillarda yordamchi so‘zlar turli-tumandir. Ularga ko‘makchi, bog’lovchi, artikl’, predlog, yordamchi va bog’lovchi fe`llar, yuklamalar kiradi. Bu so‘zlar grammatik kategoriyalar ifodalashda qatnashishi yoki qatnashmasligi nuqtai nazaridan ikki qismga bo‘linadi:
a) so‘zlarning analitik formasini yasashda ishtirok etuvchi yordamchi so‘zlar;
b) bu funktsiyani bajarmaydigan yordamchi so‘zlar.
YOrdamchi so‘zlarning birinchi gruppasiga artikllar, yordamchi fe`llar, ba`zi yordamchi so‘zlar kiradi.
YOrdamchi so‘zlarning ikkinchi gruppasiga bog’lovchi, ko‘makchi, predgog va ba`zi yuklamalar kiradi.
O‘zbek tilida sof ko‘makchi fe`llar yo‘q. Ayrim mustaqil fe`llar ,masalan, bo‘l, ol, qo‘y, bor, kel kabilar ko‘makchi fe`l vazifasida kelib turli-tuman ma`nolarni ifodalash uchun xizmat qiladi. Masalan, bo‘l ko‘makchi fe`li tugallik, to‘la bajarilish ma`nosini ifodalaydi. Zulfiya topshiriqlarni bajarib bo‘ldi.
Grammatik ma`no anglatishning yana bir vositasi so‘z tartibi dir. So‘z tartibi xitoy-tibet tillari oilasiga kiruvchi tillarda va qurilishi shu tillarga o‘xshash bo‘lgan boshqa tillarda juda muhimdir.
-Masxaraboz masxarabozni masxaraboz deb atadi.
So‘z gapda uch xil vazifani bajarmoqda: ega, vositasiz to‘ldiruvchi, vositali to‘ldiruvchi.
Sintaktik va analitik vositalar. Grammatik ma`nolarni ifodalovchi til vositalari turli-tumandir. Tilshunoslikda bu vositalar ikki katta gruppaga ajratilgan: sintetik vositalar,analitik vositalar.
Sintetik vositalarga affiksatsiya (prefeks, suffekslar), ichki flektsiyaning hamma turlari (arab tiliga xos xususiyatlar), hind-evropa tillari so‘z o‘zagidagi unlining o‘zgarishi, suppletiv formalar kiradi.
Analitik vositalar grammatik ma`no anglatuvchi yordamchi so‘zlar, so‘z tartibi orqali grammatik ma`no anglatish, takror, intonatsiyalardan iborat.
Sintetik va analitik vositalar dunyo tillarida bir xil emas.
Sintetik tillarga turkiy tillar, fin-ugor tillari (venger, eston, fin, ugor), yapon va koreys tillari kiradi.
Analitik tillarga xitoy-tibet tillari, hand-evropa tillari (ingliz, frantsuz) tillari ham kiradi.
Agglyutinativ tillarda bir grammatik affiks bitta grammatik ma`no anglatadi. Flektiv tillarda ko‘proq. Mas., rus: knigu-rod, son ma`nolari.
O‘zbek tilining -lar ko‘plik qo‘shimchasi rus tilida bir necha ko‘plik affiksiga to‘g’ri keladi: i, a, ya, i.
3.Grammatik kategoriyalar va ularning ifodalanish usullari. Har bir tilning o‘ziga xos grammatik ma`nolari ,uni ifoda qiluvchi vositalari mavjud. Grammatik kategoriya - umumlashgan grammatik ma`no bo‘lib, u tilning qaysi morfologik tipga kirishini ko‘rsatadi va o‘z ifodasini so‘zlarning o‘zgarishida, gapda so‘zlarning bog’lanishida topadi. Zidlik mas., birlik va ko‘plik. SHundan son kategoriyasi kelib chiqadi.
Grammatik kategoriyalar grammatik ma`no va grammatik formalar birikmasidan tarkib topadi.
Grammatik kategoriyalar ifodalanish usuliga ko‘ra uch turga bo‘linadi:
- sintetik grammatik kategoriyalar;
- analitik grammatik kategoriyalar;
-aralash grammatik kategoriya yoki sintetik-analitik grammatik kategoriyalar.
Sintetik grammatik kategoriyalar: o‘zbek tilida: son, kelishik, egalik, shaxs-son.
Analitik grammatik kategoriyalar: rus tili: egalik, o‘zbek tilida -i, rus tilida tvoya, moya, ego, nasha, vasha, ix.
Jins kategoriyasi
Son kategoriyasi
Kelishik kategoriyasi
Zamon kategoriyasi
Demak, har bir tilning o‘ziga xos grammatik ma`no turlari va ularni ifoda qilish usullari, vositalari bor. Bular har bir tilning o‘ziga xos grammatik qurilishiga ega ekanini ko‘rsatuvchi faktorlardir.
Morfologiya grammatikaning bir qismi bo‘lib, so‘z turkumlari nazariyasi haqidagi ta`limdir. So‘zlarni so‘z turkumlariga ajratish nazariyasining printsiplari quyidagilar:
1. So‘z turkumlarining kategorial belgilari
2. So‘zlarini turkumlarga ajratish printsiplari
3. Turli tillarda so‘z turkumlari
Turkumlarga va guruhlarga ajratish doimo qiyoslash orqali amalga oshiriladi.
Tilda son-sanoqsiz so‘zlar bor. Ularni shu holcha o‘rganib bo‘lmaydi. Tilshunoslik fanining rivojlanib borishi bilan so‘zlarni turkumlarga ajratish ham mukammallashib borgan.
Narsa, predmet va hodisalarni turkumlarga ajratish uchun ma`lum o‘lchovlar, shartlar, mezonlarga asoslanish kerak.
Bu muammoni echish tarixini hozirgi vaqtga kelib shartli ravishda uch asosiy etapga ajratish mumkin:
1. Strukturalizmgacha bo‘lgan davr
2. Strukturalizm davri
3. Strukturalizmdan keyingi, ya`ni hozirgi davr.
Birinchisi uch belgiga asoslanagan:
- so‘zlarning leksik ma`nosi
- so‘zlarning morfologik belgilari, ya`ni so‘zning grammatik shakli
- so‘zlarning gapdagi sintaktik vazifasi.
Strukturalistlar esa so‘zlarni distributsiyasini asosga oldilar. So‘zning distributsiyasi deganda so‘zning chap va o‘ng tomondan aloqaga kirishi mumkin bo‘lgan hamma imkoniyatlari nazarda tutiladi.
Amerika strukturalistlari ana shu qarashni-so‘zlar distributsiyasini tavsiya qildilar. Mas., Charlz Frizning fikricha, ingliz tilida so‘zning ma`nosini bilmasdan, bu so‘zni gapda tutgan o‘rniga qarab, qaysi so‘z turkumiga kirishini aniq aytish mumkin. Bunda u ingliz tilidagi gaplarda so‘z tartibining qat`iy ekanligiga asoslanadi.
SHu tarzda u to‘rt mustaqil so‘z turkumini va o‘n beshta yordamchi so‘z turkumini aniqlaydi. Mana shu asosda Charlz Friz ingliz tilida so‘z turkumi so‘zlarning gapda tutgan o‘rniga bog’liq, degan xulosaga keladi.
Bu tavsiyaning ma`lum qiyinchiliklari mavjud:
1.U hamma tillar uchun universal bo‘la olmaydi.
2.Mazmun inkor etiladi. Binobarin forma va mazmun dialektikasi buziladi.
So‘z turkumlarining kategorial belgilari quyidagilar:
1.So‘z turkumlarining semantik belgisi.
2.So‘z turkumlarining morfologik belgisi.
3.So‘z turkumlarining sintaktik belgisi.
4.So‘z yasalish belgisi.
So‘z turkumlarining semantik belgisi deganda, so‘zlarning konkret ma`nolari emas, balki uning umumlashgan ma`nosi nazarda tutiladi. Mas., uy, mars, yalpiz, do‘stlik, quyosh. Ularning har biri garchi konkret ma`nolarni anglatsa-da, bu printsipda umumiy ma`no, ularning predmetlik ma`nosi nazarda tutiladi. Chekmoq, o‘qimoq, yozmoq, turmoq so‘zlarining konkret ma`nolari har xil. Hammasiga xos bo‘lgan umumiy ma`no ish-harakatdir.
So‘z turkumlarining morfologik belgisi yoki morfologik xususiyati deganda, u yoki bu so‘zga xos bo‘lgan grammatik kategoriyalar, mazkur so‘zlarga xos forma yasovchi, so‘z o‘zgartiruvchi affiksal morfemalar tushuniladi (forma yasovchi-so‘z formalarini hosil qiluvchilar -lar, fe`l-yap; so‘z o‘zgartiruvchi-forma yasovchilarning sintaktik munosabat ifodalaydigan turi tushiniladi: s., kelishik affikslari, shaxs-son affikslari. Mas., qizil, katta, ishlamoq, etmoq, uy, daraxt so‘zlarini olamiz va ularga quyidagi qo‘shimchalarni qo‘shib ko‘ramiz:
- roq
- di, -i(b)
- gan
Hamma so‘z turkumlari gapda birday vazifa va miqdorda ishlatilmaydi. Otlar gapda barcha gap bo‘lagi vazifasida kelishi mumkin. Sifatlarning sintaktik vazifasi chegaralangan.
So‘zlarning gapda boshqa so‘zlar bilan birika olish imkoniyati ham sintaktik
belgi hisoblanadi. Bunda semantik belgi asosiy rol o‘ynaydi.Mas., predmet, narsa-belgi-sifat--harakat-fe`l singari. Ana shularga qarab so‘zlar turkumlarga ajratiladi.
Har bir so‘z turkumining o‘ziga xos yasovchilari bor.
So‘z turkumlarining yuqorida qayd etilgan kategorial belgilari so‘z turkumlari nazariyasining birinchi printsiplarini tashkil qiladi. Misollar: rus tilida semantik belgi bilan bir qatorda morfologik belgi ham etakchidir. Xitoy tillari oilasiga kiruvchi tillarda, masalan, xitoy, vetnam tillarida affikslar yo‘q. O‘zbek tilida morfologik va semantik belgilardan keyin sintaktik belgilar hisobga olinadi.
2.Morfemika. So‘z yasalishining grammatika bilan bog’liqligi (morfologiyada: ayniqsa, affiksatsiya yo‘li bilan yasalish; kategorial ko‘chish; sintaksisda: qo‘shma so‘z bilan so‘z birikmasi orasidagi munosabat va b.) uning tabiatidagi etakchi xususiyatlaridandir. Uzak va affikslarning analizi morfologiyada ham, so‘z yasalishida ham uchraydi, lekin bu ikki sohaning analizi-hodisaga qanday nuqtai nazardan yondashishi—har xil, shunday bo‘lsa ham, bari bir, har ikki soha uchun umumiy bo‘lgan hodisalar ham bor. SHunga ko‘ra, keyingi vaqtlarda bularni yoritishning yangi sxemalari paydo bo‘ldi: dastlab morfemalariing har ikki sohaga aloqador bo‘lgan tomonlari ayrim beriladi, bu ayrim qism morfemika deb ataladi, keyin so‘z yasalishi, undan keyin morfologiya bayon qilinadi. Bu yangi tartib ilmiy jihatdan puxta asoslangan bo‘lib, praktik tomondan ham afzalliklarga ega.
Morfemika so‘zning eng kichik ma`noli qismlarihaqidagi ta`-limotdir. By kichik kismlar morfemalardir. Bu morfemalar turli ko‘rinishlarga ham ega bo‘ladi. Masalan, ishla so‘zadagi -la elementi hayda so‘zida -da formasida kelgan (lekin hay-hayla fe`lida yana -la tusida qo‘llangan), hozir ajralmaydigan unda so‘zida ham aslda shu -da affiksi bor (un—ovoz). Bu -la va -da ko‘rinishlari umumiy tarzda morfema deyiladi. Buning har bir ko‘rinishi esa morf sanaladi. Demak, morfema morflarningyig’indisidir. Bu turli ko‘rinishdagi qismlar, morflar, bir-biriga nisbatan allomorf sanaladi. Bu hol o‘zak morfemalarda ham uchraydi: tash-qi so‘zidagi tash elementi tish tusida ham uchraydi (chiq so‘zining kelib chiqishini eslang: tishiq — chiq). YAna: yuvmoq — yumoq (u ko‘ylakni yuvgan-yugan), to‘zg’i-to‘zi (-g’i va -i), qo‘zg’a va to‘zg’i (-g’a va g’i), to‘zidi—to‘zg’idi—to‘zg’oq (to‘zi va to‘z, qo‘zi va qo‘z, qazi va qaz: qazig’an—qazgan), -gancha va -guncha (Bu formalar keyinroq differentsiatsiyaga uchragan), kuchuk uvladi—Bo‘ri ulidi (uv va u, -la va -li). Anglashiladiki, morfema deganimizda (o‘zak morfema ham, affiksal morfema ham), yuqoridagi kabi yaqin — o‘xshash morflarning yig’indisini ko‘zda tutamiz, shu har xil ko‘rinishlarning umumiy atalishini anglaymiz (lekin ma`lum morfologik modelga ko‘ra regulyar takrorlanadigan variantlar morf sanalmaydi). Morfema sostaviga ko‘ra, ko‘pincha, umumlashtirib aytganda, fonemalar kompleksidan, ba`zan bir fonemadan iborat bo‘ladi (har bir konkret ko‘rinishga nisbatan aytganimizda morf fonemadan iborat bo‘ladi), bir qancha so‘zlarda takrorlanadi, (bir xil ma`noda), muntazamlik xarakteriga ega bo‘ladi. Morflarning bir morfema sanalishi (-la va -da affikslarini eslang) ularning ma`no jihatidangina emas, balki formal tomondan (material-tovush tomonidan) ham yaqin-o‘xshash bo‘lishiga asoslanadi. Masalan, islamok va iskamoq
qo‘llanadi, lekin termin sifatida yangi so‘z yaratish ma`nosi uchun xoslangan: yasama so‘z (yasama so‘zi —sifat), yasalma (yasalish natijasida hosil bo‘lgan so‘z — yasalma so‘z, yasalma termini — ot).
Har bir tilning yasama so‘zlari shu tildagi so‘z yasash modellari asosida yaratiladi. Masalan, bajaruvchi shaxs otlarining yasalish modellari: ot (o‘zak-iegiz) +chi affiksi (kran+chi), ot + soz (samolyotsoz); sifatning ma`lum turlarini yasashning modellarn: ot+li (bolali), fe`l + q (ochiq); qo‘shma otlarning yasalish modellari: ot + ot (non jiyda, qo‘l arra, qo‘l soat), sifat+ot (ko‘k qar-g’a); abstrakt ma`noli otlarning yasalish modellari: sifat + lik(yaxshilik, kattalik), ravish + lik(tezlik); natija otlarining yasalish modellari: fe`l+m(to‘plam, bog’lam), fe`l + n(tugun, bo‘g’in) va b.
So‘z yasash modellari, umuman, hosil qilish, yaratish sxemasi — andazasi ma`nosidagi umumlashgan, abstrakt hodisadir. Buning ayrim xususiyatlari: 1) yasalish modeli bir xil bo‘lgan so‘zlar struktura va ma`no tomonidan o‘xshash bo‘ladi; 2) so‘z yasash modellarining unumli yo unumsiz bo‘lishi uning—shu strukturadagi modelning yangi yasalma hosil qilish yo hosil qilmasligidandir. Masalan, qo‘shma so‘zning sifat+ot, ot+ot modellari unumli, uning izofa bilan hosil bo‘lishi (fasli bahor tusida) unumsiz: ko‘shma so‘z hosil qilmaydi; 3) model’ so‘zi abstrakt tushunchani bildiradi, lekin juda umumiylik va nisbatan umumiylik holatlariga qarab, uning sostavidagi elementlar ham turli tusga kiradi. Masalan, yasama so‘z hosil qilishning modellari: o‘zak+ suffiks, prefiks+o‘zak, lekin buning nisbatan aniq turlari haqida gapirganimizda, modelning qismlari ham shunga mos nomlardan bo‘ladi; ish otlari yasashning modellari: fe`l+q (suvoq, chopiq), fe`l+m (terim, o‘rim); qo‘shma so‘z hosil qilishning modeli: so‘z+so‘z, qo‘shma otlarning modellari: ot+ot, sifat+ot, son+ot va b. Qo‘shma so‘zning modellari so‘z birikmasining modellariga o‘xshaydi, lekin ularning hamma turi ham o‘xshash bo‘la bermaydi. Ko‘rinadiki, so‘z yasash modeli yasama so‘zning tuzilishi sxemasi, demak, bu sxema so‘z yasash sxemasidir. U so‘zning yasalish strukturasini tekshirishning umumlashtirilishidan tug’ilgan: so‘zning yasalish strukturasini aniqlash bilan umumlashtirish natijasida so‘z yasash modellari belgilanadi, bu modellar tilning so‘z yasalish sistemasini tashkil qiladi.

Ma’ruza mashg’uloti


Har bir yasalmaning asosida boshqa so‘z yotadi («falon so‘z falon so‘zdan yasalgan») va bu yasalish ma`lum modelga ko‘ra biror yo‘l, usul bilan yuzaga kelgan bo‘ladi. Demak, har bir yasalishda ikki elementning munosabati bor: yasashga asos bo‘lgan so‘z va yasalib chiqqan so‘z (yasashga asos bo‘lgan element mustaqil holida ayrim so‘z, lekin yasalmaga asos bo‘lgach - undan yangi so‘z yasalgach— so‘zning qismi: o‘zak yoki negiz). YAsalmadagi bu ikki element tashqi va ichki tomonlardan o‘zaro munosabatda bo‘ladi. Bu munosabatning xususiyatlari:
So‘z yasalishining, yasama so‘zning, binarlik (ikki qismdan iborat bo‘lish) holati, binar oppozitsiya tusida bo‘lishi, unda ikki elementning aloqador ekanligini ko‘rsatadi: yasama so‘z (mahsul) va uning yasovchisi (yasalishiga asos bo‘lgan element). Masalan, sutchi (sutchi so‘zi sut so‘zidan yasalgan, -chi morfemasi yasovchi affiksi bo‘lib, yasashning vositasi bo‘lib kelgan). Binar konstruktsiyadagi bu qismlar bir xil o‘zakli — bir o‘zakdan bo‘ladi. Demak, o‘zak o‘sha elementlarning umumiy qismi sanaladi: qiyoslanayotgan elementlarning (yasama so‘zning yoki qarindosh so‘zlarning) umumiy — o‘xshash qismi. Yasalmadagi ikki element semantik jihatdan ham, formal (tashqi) jihatdan ham aloqador: shu tomonlar yasalganlikning ko‘rsatkichidir (busiz yasalmalik munosabati
bo‘lmaydi): a) so‘zning formal strukturasi murakkablashadi (kengayadi: yasovchi element yasalmaga nisbatan sodda bo‘ladi: ish — ishchi): bu yasalganlikning tashqi tomoni; b) ma`nosi ham murakkablashadi. Masalan, o‘roq, yasalmasi o‘z yasovchi so‘ziga («o‘r»ga) nisbatan ikki tomonlama murakkabdir. Lekin konversiyada formal murakkablashish ma`lum bir tashqi — material ko‘rsatkich orqali kengayish — uzayish tusida emas, balki kategorial o‘zgarish tusida bo‘ladi.
Ko‘rinadiki, yasalgan so‘z bilan yasovchi so‘z o‘zaro yasalmalik munosabati bilan bog’langan bo‘ladi: bularning aloqasi so‘z yasash munosabati sanaladi. Bu elementlar orasidagi semantik aloqa sezilmas holga kelsa, orada so‘z yasash munosabati bo‘lmaydi, yasama so‘z tub so‘zga aylanadi (soddalanish hodisasi). So‘z yasalish strukturasi deganda, shu ikki element orasidagi formal va semantik munosabatlarning birgaligini, yig’indisini tushunamiz. YAsama
so‘zning ma`nosi yasovchi so‘zning ma`nosiga asoslanadi: yasalma o‘zakning ma`nosini rivojlantiradi, o‘shandan kelib chiqadi: O‘roq yasalmasining ma`nosi o‘rish harakati bilan asoslanadi (motivlanadi). SHunga ko‘ra: birinchi element asoslovchi (motivlovchi), ikkinchi element asoslanuvchi (motivlanuvchi), ikkala elementning orasidagi munosabat motivatsiya (motivlash, asoslash) munosabati sanaladi. Demak, «motivlangan» so‘zi «yasalgan» degan ma`noni talqin qiladi. «Motivlovchi» esa «shunga asos bo‘lgan, shuni yaratuvchi» degan ma`nodir. SHuning uchun ham yasama so‘zning ma`nosi, kelib chiqishi aniq sezilib turadi (motivlovchi orqali: ko‘chgan ma`nodagi so‘zning asl ma`nodagi so‘z orqali sezilib turgani kabi. Masalan, «mard» ma`nosidagi xo‘roz so‘zi «petux» ma`nosidagi xo‘roz so‘zidan— (shuning yasalmasi), lekin tub so‘zning ma`nosi bunda.y emas: yasama so‘zlardagi motiv — sostavidagi qismlarni va qarindosh so‘zlarni chog’ishtirib aniqlash — bunda yo‘q. SHuning uchun tub so‘zlarning juda kami genetik jihatdan (tarixiy-etimologik tekshirishlar orqali) aniqlangan bo‘ladi: yasamaligi belgilanadi.
«So‘zning ma`nosi uning sostavidagi qismlarning semantik xususiyatlari bilan bog’liq» degan fikr hamma vaqt ham shu qismlarning ma`nosi yig’ilib, o‘sha so‘zning ma`nosini hosil qiladi, shunga teng bo‘ladi, degan mazmunpi anglata bermaydi. Bunda ikki-holat bor: 1. YAsalmaning ma`nosi ko‘pincha, qismlarining ma`nosidan tug’iladi (suvoq, suvoqchi, suvoqchilik kabi). 2. YAsalmanint ma`nosi, ba`zan, qismlardan anglashilgan ma`nolarning yig’indisidan boshqacha bo‘ladi. Masalan, andavalamoq (andava+la) so‘zining xas-po‘shlash ma`nosi qismlarning asl ma`nosidan boshqa: bunda ideomativlik bor (bu hodisa yasovchi so‘zda yo‘q). YAna: qo‘lqop (chog’ishtiring: shakar qop), temirchi (ezma ma`nosida), ninachi (juda «mayda» odam: «ikir-chikir»larigacha e`tibor beradigan odam). YAna: o‘q ilon, it uzum, it qovun. Bu misollar yasalmaning, asl so‘z yasalish ma`nosini saqlash bilan birga, yana boshqacha - o‘zakda bo‘lmagan mazmunga ham ega bo‘lishi mumkinligini ko‘rsatadi. Ba`zan buning aksiga o‘xshaganroq holni ko‘ramiz: yasovchi so‘z ko‘p ma`noli bo‘lganda, yasalmada, odatda, uning o‘sha holati, hamma ma`nosi saqlanmaydi. Masalan, ko‘p formasidagi element a) fe`l ko‘pmoq: xamir ko‘pdi, bo‘rtib chiqmoq, b) ruscha «mnogo» ma`nosidagi so‘z. Bundan -chi affiksi orqali so‘z yasaganimizda (ko‘pchimoq), uning «mnogo» ma`nosi saqlangan.

Ma’ruza mashg’uloti


Tub so‘z motivga ega bo‘lmaganligidan, u predmet, hodisa va boshqalarni bevosita anglatadi, yasama so‘z motivlangan so‘z bo‘lib, u vosita orqali anglatadi. Misollar: tuz, suv, taramoq, oq — tuzluq (tuz orqali anglanadi), suvchi (suv orqali), taroq (tarash harakati orqali), oqarmoq (rang-tus orqali). Demak, biror so‘zni yasama sanash uchun semantik korrelyatsiya bo‘lishi shart.
Taroqchi so‘zi taroq so‘zidan yasalgan, bunda yasovchi so‘zning o‘zi ham aslda yasama (taroq elementi — nisbiy: yakka holda — yasama so‘z, taroqchi so‘zining sostavida — yasovchi so‘z). Demak, bunday so‘zlarda derivatsiya (yasalganlik) darajali — bosqichli bo‘ladi: birinchi derivatsiya (taroq), ikkinchi derivatsiya (taroqchi); uchinchi derivatsiya (taroqchilik). Bularning birinchisi — tub so‘zdan (o‘zakdan) yasash, ikkinchisi — yasama so‘zdan (negizdan) yasash, uchinchisi — ikkinchi yasalmadan (negizdan hosil bo‘lgan negizdan) yasash. Bunda: taroqchi — birinchi («birlamchi») negizdan yasash, taroqchilik — ikkinchi («ikkilamchi») negizdan yasash. So‘zning yasamaligini belgilashda eng keyingi yasalish hisobga olinadi: bichiqchi.shk (bichiqchi so‘zidan yasalgan: bichiqchi+lik), bichiqchi (bichiq so‘zidan yasalgan: bichiq+chi), bichiq (bich so‘zidan yasalgan: bich+iq), bich (yasalmagan: tub so‘z, o‘zak so‘z). Demak, har gal — bir harakat, bir yasalish: har gal — bir munosabat (yasovchi va yasalma orasidagi munosabat — so‘z yasash munosabati). Bu yasalish tizmasi o‘z qonuniyatlariga, izchillikka ega («bichiqchilik so‘zi bich so‘zidan yasalgan» deb bo‘lmaydi). Lekin bunday yasalish tizmasida ham dastlabki elementning (tub so‘zning) ma`nosi (taramoq, bichmoq) oxirgacha sezilib — bog’lanib borishi shart. Qaerda bu bog’lanish uzilsa (sezilmas holga kelgan bo‘lsa), o‘sha erda so‘z yasalish aloqasi ham yo‘qoladi.

Ma’ruza mashg’uloti


«Bu so‘z qanday yasalgan?» degan so‘roq har gal bir butun, yaxlit so‘zni, bir protsessni ko‘zda tutadi («to‘qimachilik so‘zi to‘qimachi so‘zidan yasalgan: to‘qimachi+lik»), «bu so‘z qanday morfemalardan iborat?» so‘rog’i esa, so‘z yasash analizini emas, balki morfematik
analizni ko‘zda tutadi («to‘qimachilik so‘zi to‘rt morfemadan iborat: to‘qi+ma+chi+lik: to‘qi — o‘zak morfema, qolganlari — affiksal morfemalar»).
So‘zning morfologik qismlarga bo‘linishi so‘z yasashga ham, so‘zning formasini yasashga ham aloqador: ikkalasida ham hosil qilish yo‘li (affiksatsiya) va vositasi bir xil. Lekin so‘zning strukturasini o‘rganish —uni qismlarga bo‘lish ikki xil: morfologik analiz va so‘z yasash analizi. Morfologik analiz (morfematik analiz deb ham yuritiladi) so‘zning morfologik strukturasini — morfema sostavini aniqlaydi, shunga ko‘ra u morfema analizi deb ham yuritiladi. Bundagi ikki qismga bo‘linish xususiyati «o‘zak va affiks» tusidagi grammatik zidlik holatidir. So‘z yasash analizi so‘zning yasalish strukturasini — yasama so‘zning strukturasini aniqlaydi. Bunda: yasovchi va yasalma, bu ikki qism orasidagi semantik-morfologik munosabat belgilanadi. Masalan, yaxshilik (yaxshi — yasovchi so‘z, yaxshilik — yasalma). Bu affiks orqali, affiksatsiya yo‘li bilan yasalishdir. Demak, bu so‘z o‘zak va affiksning munosabatga kirishishi bilan hosil bo‘lgan. Bunday yasashni derivatologiya tekshiradi: o‘zak+affiks yoki negiz+affiks: no-tinchlik. Bunda affiks derivator sanaladi.
3.So‘z turkumlarining tasnifi va ular to‘g’risidagi nazariyalar. So‘z turkumlari nazariyasining ikkinchi printsipi so‘zlarni turkumlarga ajratish printsipidir. Bu ham birinchi printsipga asoslanadi. So‘z turkumlari dastlab ikki katta guruhga bo‘linadi: mustaqil so‘zlar va yordamchi so‘zlar.
Mustaqil so‘zlar ma`lum tushuncha ifoda qilib, biror predmet, belgi, harakat nomini ataydi, gapda biror gap bo‘lagi bo‘lib keladi. YOrdamchi so‘zlar tushuncha ifoda etmaydi, ular faqat grammatik ma`no ifoda qilib, gapda so‘zning o‘zaro munosabatini o‘rganishga xizmat qiladi. Bularning ba`zilari so‘zlarning analitik formasini hosil qiladi. (mas., uyga qadar, ukam uchun, aytib ko‘r).

Ma’ruza mashg’uloti


Mustaqil so‘zlar ichida olmoshlar bir qancha xususiyati bilan farq qiladi.Ular narsa va predmetlarni bevosita atamay, bilvosita anglatadi. Ularni odatda faqat vazifasiga qarab turkumlaydi.
So‘zlarni turkumlarga ajratishda eng avvalo so‘z - nomlar ko‘zda tutiladi. Ot va fe`l asosiy so‘z turkumlaridir.
Ot semantik jihatdan predmetlik tushunchasini ifoda qiladi. Morfologik jihatdan egalik, kelishik, son kategoriyalariga, kichraytirish, erkalash, hurmat kabi formalarga ega. Sintaktik jihatdan gapda ega, kesim va ikkinchi darajali bo‘lak bo‘lib kela oladi. So‘z yasalishi jihatdan turli tip va modellarga ega. Fe`l semantik belgisiga ko‘ra ish-harakat va holatni ifoda qiladi. Morfologik jihatdan zamon, nisbat, bo‘lishli-bo‘lishsizlik, shaxs-son kabi grammatik kategoriyalarga ega. Sintaktik jihatdan fe`l - kesim uchun eng mos turkum. So‘z yasalishiga ko‘ra turli so‘z yasalish tiplari va modellari mavjud.
So‘z-nomlarga sifat, son, ravishlar ham kiradi. Bular semantik, morfologik, sintaktik so‘z yasalish belgilariga ko‘ra o‘zaro farq qiladi.
YOrdamchi so‘zlarga ko‘makchi, predlog, bog’lovchi, artikllar kiradi. Bulardan tashqari modal va taqlid so‘zlar ham ajratiladi.
Mustaqil so‘zlar: ot, sifat, son, olmosh, fe`l, ravish; yordamchi so‘zlar: ko‘makchi, predlog, bog’lovchi, artekl’ kabilar.
Turli tillarda so‘z turkumlarining mavjudligi ularning universal ekanligidan dalolat beradi.
So‘z turkumlari turli tillarda umumiylikdan tashqari, har bir tilda o‘ziga xos grammatik formalarga ega bo‘ladi.


Yüklə 413,75 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   53




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin