O‗quv-uslubiy qo‗llanma


Eslatma: "q","k" bilan tugagan so‘zlarga "g" bilan boshlangan affikslarning



Yüklə 0,9 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/60
tarix31.08.2023
ölçüsü0,9 Mb.
#141179
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   60
Ling tahlil kitob lotin 2019

Eslatma: "q","k" bilan tugagan so‘zlarga "g" bilan boshlangan affikslarning 
qo‘shilishida bu qoidaga amal qilinmaydi: ular a talaffuziga ko‘ra (fonetik prinsip 
asosida) yoziladi. Qiyos qiling: 
oq+gan
(asl shakli)-
oqqan 
(talaffuzda)–
oqqan
(ad.-
orf.yozuvda), 
ek+gan 
(asl shakli)–
ekkan 
(talaffuzda)–
ekkan 
(ad.-orf.yozuvda), 


12 
tug‟+gan 
(asl shakli)–
tuqqan
(talaffuzda)–t
ug‟gan 
(ad.-orf.yozuvda), 
sog‟+gan 
(asl 
shakli)–
soqqan
 (talaffuzda)–
soqqan
(ad.-orf.yozuvda) kabi. 
4.
Grafik prinsip.
Bu prinsip, aslida, orfografiya qoidalarini emas, grafika qoidalarini 
belgilaydi–grafemalarning 
grafikada 
kodlashtirilgan 
fonemalarini 
ifodalashga 
asoslanadi,shunga ko‘ra u, ba‘zan, 
fonemografik prinsip
deb ham nomlanadi. Chunonchi, 
sirg‘aluvchi "j" bilan qorishiq "j"(dj) ning yozuvda bitta j grafemasi orqali ifodalanishi, "η" 
fonemasining esa ng digrafi bilan ifodalanishi grafikada kodlashtirilgan. Yozuvda bu 
me‘yorga amal qilinadi, xolos: 
jemper (
sirg‘aluvchi "j"
), jang (
qorishiq "j" va sayoz til 
orqa "η"

kabi.Orfografiyaning bunday kodlashtirishga bevosita aloqasi yo‘q, bu 
grafemalarning yozuvda qo‘llanishini grafikaning o‘zi boshqaradi. 
O‘zbek tilshunosligida grafik printsipni etimologik printsipga asos bo‘lgan tamoyil 
deb yoki hatto bu ikki prinsipni bir hodisa sifatida ta‘riflash hollari ham bor. Xususan, 
o‘zbek grafik lingvistikasining etakchi vakillaridan biri Faxri Kamolov uni ayni shu 
ma‘noda sharhlaydi: «Imloda,-deydi u,- grafik prinsip bir xalqning ikkinchi xalq bilan 
bo‘lgan madaniy aloqasiga va yozuvning qaysi grafik sistema negizida maydonga kelishiga 
bog‘liqdir. Arab alfaviti asosidagi eski o‘zbek yozuvida 
etimologik prinsip
ning to‘la 
ravishda amalga oshirilishi uchun o‘sha davrning grafik sistemasi asos bo‘lgan.Shuning 
uchun ham arabcha-forscha so‘zlar, mahalliy tillarda qanday o‘qilishi va qaysi xilda 
talaffuz etilishidan qat‘i nazar, o‘zining grafik shaklini to‘la ravishda saqlab qolgan—arab 
imlosida qanday bo‘lsa, aynan shu shaklda yozilgan. Bu esa arab alfavitini qabul qilgan 
xalqlar yozuvida umumiy qonun sifatida asosiy prinsiplardan biri hisoblangan...» 
Darhaqiqat, grafik prinsipning yuzaga kelishida bir xalqning ikkinchi xalq bilan 
bo‘lgan madaniy aloqasi, uning yozuv sistemasiga tayanishi kabi omillarning roli bor: arab 
grafikasidagi eski o‘zbek yozuvida qisqa unlilarning yozuvda ifodalanmaganligi ( اقب - 
baqo: «abadiylik», «mangulik»; راغص – sig‘or: «yosh bolalar», «go‘daklar» kabi), arabcha 
leksik o‘zlashmalarning yozma shakllarida o‘zbek tili fonologik tizimiga xos bo‘lmagan 
fonemalarni ifodalovchi ع (ayn), ٽ(se), ص (sod), ض(zod), ط(to), ظ (zo) kabi harf-
grafemalarning qo‘llanganligi ( مزع – azm: «qat‘iy qaror», «jazm»;انٽ –sano: «maqtov»;
ربباص - sobir: «sabrli», «bardoshli»; تبباض – zobit: «oqsoqol»;علاط- tole‘: «baxt», «taqdir»;
رفظ - zafar: «g‘alaba» kabilar) shundan dalolat beradi.Biroq grafik printsipning mohiyatini 
o‘zbek yozuviga asos bo‘lgan boshqa til yozuviga xos grafik belgilar va qoidalarning 
aynan (manba tilning yozuvi va imlosida qanday bo‘lsa, shundayligicha) saqlanishi bilan 
bog‘lashning o‘zi etarli emas: bu printsip manba tildagi harf-tovush munosabatlaridan 
chetga chiqishi, bevosita o‘zbek tilining o‘zidagi harf-tovush munosabatlarini qamrab 
olishi ham mumkin. Masalan, kirillcha o‘zbek yozuvining grafik tizimidagi 

Yüklə 0,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   60




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin