O‗quv-uslubiy qo‗llanma



Yüklə 0,9 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/60
tarix31.08.2023
ölçüsü0,9 Mb.
#141179
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   60
Ling tahlil kitob lotin 2019




 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
(O‗quv-uslubiy qo‗llanma ) 
 
 
 
 



Ismoil Davletov ―Lingvistik tahlil‖. O‗quv – uslubiy qo‗llanma. Mas‘ul muharrir 
S.S.Ro‗zimboyev
. O‗zbekiston Respublikasi Oliy va o‗rta maxsus ta‘lim vazirligi 
Urganch davlat universiteti. 
 
Mazkur o‗quv-uslubiy qo‗llanma oily o‗quv yurtlarining bakalavriat yo‗nalishi 
uchun mo‗ljallangan bo‗lib, ―Hozirgi o`zbek tili‖ fani bo‗yicha o‗tkaziladigan amaliy 
mashg‗ulotlar samaradorligini ta‘minlashga xizmat qiladi. 
Mas‘ul muharrir: Filologiya fanlari nomzodi, dotsent S.S.Ro‗zimboyev. 
Taqrizchilar: A.I.Primov 
I. Hajieva
 

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 



Mavzu: Lingvistik tahlil haqida, uning
turlari. 
Reja: 
1. Linvistik tahlil haqida 
2.Lingvistik tahlil talabalar bilimini mustahkamlashdagi asosiy usullardan biri ekanligi. 
3.Lingvistik tahlilning turlari: og‗zaki va yozma tahlil; to‗liq va to‗liqsiz tahlil. 
Lingvistik tahlil nazariy bilimlarni sistemali o‗rganishning eng yaxshi usullaridan 
biridir. Tahlil jarayonida til faktlari haqidagi nazariy ma‘lumotlar, grammatikaning qonun-
qoidalari aniq misollardan amaliyotga tadbiq qilinadi. Bu jarayonda talaba til faktlarining 
nazariy asoslarini puxta egallashga intiladi. 
Lingvistik tahlil talabada bilimni amalda ishlata bilish malakalarini hosil qiladi. 
Talaba lingvistik tahlil jarayonida tilning aniq bir hodisasiga bog‗liq holda, nazariy 
darslarda olingan bilim, qoidalar ustida mustaqil mushohada qiladi, o‗z ongida ularni qayta 
ishlab chiqadi. Bu esa bu hodisalar mazmunini ochuvchi fikrlarning talaba xotirasida uzoq 
saqlanib qolishini ta‘minlaydi. Faqat tahlil orqaligina ayrim murakkab til hodisalarini 
mohiyatini yaxshiroq anglash mumkin. 
Lingvistik tahlil morfologiya va sintaksis bilan bir qatorda fonetika, leksikologiya, 
so‗zning morfem tarkibi, so‗z yasalishi kabi sohalar o‗tilayotganda shularga aloqador 
lingvistik hodisalar yuzasidan uyushtiriladi. 
Lingvistik tahlilni til hodisalarini qamrab olish chegarasiga qarab to‗liq va to‗liq 
bo‗lmagan tahlil deb ikkiga ajratish mumkin. 
Tilshunoslikning biror tarmog‗i yuzasidan o‗tkaziladigan to‗liq tahlil biror bir katta mavzu 
o‗tib bo‗lgandan keyin o‗tkaziladi. Masalan, to‗liq fonetik tahlil fonetikadan berilgan 
hamma mavzular o‗rganib bo‗linganda o‗tkaziladi. 
To‗liq tahlilda oraliq nazoratlarda va yakuniy nazoratlarda foydalansa bo‗ladi. To‗liq 
bo‗lmagan tahlil ma‘lum bir tarmoqning ayrim mavzulari yuzasidan o‗tkaziladi. 
Masalan: «Fe‘l haqida ma‘lumot», «To‗liqli va to‗liqsiz fe‘llar» mavzulari 
o‗tilgandan so‗ng to‗liq bo‗lmagan tahlil o‗tkaziladi. Bunda diqqat uch narsaga qaratiladi. 
Fe‘l, bo‗lishli fe‘l, bo‗lishsiz fe‘l. Bundan keyingi tahlil darslarida e‘tibor qaratilgan 
masalalar miqdori olib boraveradi, ya‘ni o‗imli va o‗timsiz fe‘llar, fe‘l nisbatlari, fe‘l 
zamonlari. Fe‘llarning yasalishi, fe‘lning vazifadosh shakllari kabi. 
Lingvistik tahlil oldiga qo‗yiladigan asosiy talablar quyidagilar: 
1. Ilmiylik prinsipi, 2. Ma‘lum sxema asosida ish ko‗rish prinsipi, 3. Bir tur tahlilni 
boshqa tur tahlil bilan aralashtirib yubormaslik prinsipi, 4. Tahlilni izchil o‗tkazib berish 
prinsipi 

Yüklə 0,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   60




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin