Morfema m a’no anglatuvchi eng kichik, bo‘linmas elementdir. Morfema analizida tarixiylik va hozirgi holat masalasini aniq farqlay olish kerak



Yüklə 33,55 Kb.
tarix20.01.2023
ölçüsü33,55 Kb.
#79825
Morfema m a


Morfema m a’no anglatuvchi eng kichik, bo‘linmas elementdir.Morfema analizida tarixiylik va hozirgi holat masalasini aniq farqlay olish kerak. Tilning tarixiy taraqqiyoti jarayonida so‘zning morfem tarkibi o‘zgarib turadi. Jumladan, hozirgi o‘zbek tilida isla, basla so‘zlarini is-la, bas-la shaklida morfemalarga ajratamiz. Bunga, ikkala yasama so‘z o'zaklarining leksik ma’no anglatishi, ularning mustaqil
holda qo‘llana olishi, -la, -la qo‘shimchasining fe’l yasovchi ekanligi asos qilib olinadi. Biroq, imla so‘zi hozirgi o‘zbek tili nuqtai nazaridan morfemalarga bo‘linmaydi; -la ni fe’l yasovchi deb qaraganimizda ham, o‘zak alohida turishida leksik m a’no ifodalamaydi (im qaqd'i deyilganda ham yasama so‘z holida qo‘llanadi). Tarixan, aksincha, imla dagi im - “parol, belgi” ma’nosini bildirgan, shuning uchun uni o‘sha davr normasiga tayanib ikkiga ajratish mumkin. Yoki alda so‘zini ham hozirgi norm a asosida morfem alarga bo‘la olmaymiz. Tarixan uni ikki morfemaga ajratish mumkin: al-da. Bulardan: -da-fe’l yasovchi, al esa «hiyla, nayrang» m a’nosini bildiradi. Bunda til tarixida o‘zaklaming mustaqil qo‘llanila olgani, qo‘shimchalarning esa yasovchi sifatida harakat qila olgani asos qilib olinadi. Masalan, al so‘zi o ‘tmishda mustaqil holda ham qollanilgan: Aweif neca al bilsa, aS'i'g anca yol bilir -Ovchi qanchalik hiyla bilsa, ayiq ham qochib qutilish yo‘llarini shu qadar biladi
Endi ula- so‘zida bu qolipdagi yasalish yo‘q. Uning o‘zagi-ul. Qadimgi turkiyda ul- “asos, tag-tug”; ula-“asosini biriktir-, bog‘la-” degani.Hozirgi o‘zbek tilidagi qutil, qutqar so‘zlarini morfemaga bo‘lish mumkin emas. Lekin tarixan ular morfemalarga bo‘linadi: qut-T-1, qut-qar. Keyingi so‘zdagi -qar fe’l yasovchi qo‘shimcha, masalan, basqar ham shu qolipda yasalgan. Qadimgi turkiyda qut bir qancha ma’nolarda qo‘llangan. Shulardan biri “qut, baxt” m a’nosi. Masalan, Yusuf Xos Hojib dostonining oti “Qutadgu bilig” shundan olingan, “Qutga, baxt-u saodatga yetkazuvchi bilim ” degani. Qut so‘zi “erk, ozodlik” ma’nosida ham qo‘llangan. Masalan, qadimgi turk eposi "0‘g‘uzxoqon” dostonida shunday jum la bor: M en serja basi'mni,qutumni bera-men Buni ruschaga “Я отдаю тебе свою
голову,свою flyuiy”deb o'girganlar.Aslida, bu jumladagi qutni “jon ” (“душа, ж изненная сила, дух”) deb emas, “erk, ozodlik”deb anglamoq kerak. Bu o‘rinda xonga bosh egish, taslim bo‘lish haqida o‘z bormoqda. Shunga ko‘ra, matnni “ Men senga boshimni, erkimni beraman” deb o'girgan m a’qul. Ana shunda “senga erkimni beraman; senga bo‘yunsinaman” degan m a’no kelib chiqadi. Hozirgi o‘zbek tilidagi quti'l, qutqar ham o ‘sha so‘zdan: qutyi “ozod bo‘l-”, qutqar - “ozod qil-” degani. Qadimgi turklarning shunday maqoli bo'lgan: Er quty beliq, suvqut terig. Buni ruschaga «Достоинство мужа- страхе, ценность йоды- глубине» deb taijim a qilganlar. Uyg‘urcha tarjimasida bu maqolni “Em ing quti (baxti) qo‘rqmaslikda, suvning quti cho‘ngqurlikda” deb o ‘girganlar. Ushbu qadimgi turk maqolida kuch-qudrat” m a’nosidadir. Shunga ko‘ra maqol“ Erning (yigitning) jasurligi qutqu chog‘ida (to‘s-to‘polonda) bilinadi, suvning qudrati tubida (bilinadi)” degan m a’noni beradi.So‘zning morfem tarkibi m atn yaratilgan davr me’yorlariga asoslanib belgilanadi. Tarixiy taraqqiyot, til me’yorlarining harakatlanishi oqibatida ba’zan o‘zak, ba’zan esa qo‘shimchalar iste’moldan chiqishi mumkin. Ba’zida ikkalovi unutilib, bir komponentga birikib ketadi.
Natijada ularni m a’noli qismlarga bo‘lishning iloji qolmaydi. So‘zning bunday holatini tabiatdagi ayrim kristallarga qiyoslash mumkin.Tabiatdagi ayrim qattiq moddalar qachonlardir suyuq yoki yumshoq holatda bo‘lgan, hozir ular aranglashib, bo‘linmas holga kelib qolgan. Tilda me’yoriy, odatiy holatlar bilan bir qatorda, tarixiy holatni ko‘rsatuvchi, lekin hozir harakat qilmaydigan relikt (qoldiq) hodisalar
ham uchrab turadi. Bu hodisa so‘zning morfem tarkibiga ham aloqador. Xuddi shunday relikt holatlar hozirda «kristall» holiga kelib qolgan so‘zning o‘zagi, unutilgan qo‘shimchasi yoki har ikki komponenti bo‘luvi mumkin.
Qadimgi turkiy tilda apa so‘zining “ona; opa, egachi” ma’nolari bilan bir qatorda “katta, ulug‘” m a’nosi ham bor. Masalan, ko‘k turk bitiglarida apa tarqan atam asi uchraydi. Bu so ‘z tarkibidagi tarqan-tarxan unvondir. Mahmud Koshg‘ariyning yozishicha, tarxan -bek. Islomiyatdan oldin qo‘llanilgan ism (arg‘ucha) Apa tarqan atamasi tarkibidagi apa — “katta, ulug‘, bosh” ma’nosida;
apa tarqan — “katta tarxon, bosh tarxon, bosh qo‘m ondon” degani.
Apa "aba “katta, ulug1” ma’nosida aqrabolik (qarindosh-urug'chilik)
otlari tarkibida ham keladi. Masalan, eski o ‘zbek tilida (“chig‘atoy
turkchasi”da) abaga so'zi qo‘llangan. Navoiy so'zi bilan aytganda,
turklar “atani'r) apa (va) inisin abaga” deganlar (M L,176). Mazkur
so‘z apa ~aba+aga — “katta og‘a ” degan m a’noni anglatadi.
Hozirgi o‘zbek tihda ham apa ning “katta, ulug1” ma’nosi qoldiq
shaklida ayrim so'zlar tarkibida saqlangan: apagayif (so‘z “ulug1 ona, katta ona” degani, amakining xotini; apa(g)dada yoki
apagada — birinchisi apa+dada (“katta dada”)dan, keyingisi apa+ada
(“katta ota”)dan. Apagdada — aslida dadaning yoki onaning buvasi.
Apagada esa otaning yoki onaning otasi; apagbuwi' (ma’nosi “katta buvi” degani; apaq'f (qo‘shimcha. Apaqi' — asl m a’nosi “apa, ya’ni katta tug'ishgan (amaki
yoki tog‘a)ga tegishli” degani, amakining yoki tog'aning xotini.
Ba’zi aqrabolik otlaridagi da uzvida ham “katta, ulug1” m a’nosi
mujassam. Masalan: dada, kelib chiqishi da-ada dan, m a’nosi — “kata
ada” , ya’ni buva. Ushbu so‘zda da—uzvi bo‘lmasa, unda “katta, ulug1”
m a’nosi ham ifodalanmaydi. Demak, “kattalik” m a’nosi ayni uzv orqali
anglashilayotgani tabiiy. Toshkentda “ota”ni dada deguchilar bor.
Yana bir misol: taga (yoki ukasi. “Chig'atoy turkchasi”da bu so‘z tagay~tagayi' shaklida
qo'llangan. Navoiyning ta’kidicha, turklar “ananiq aga (va) inisin
tagayi” deganlar (ML, 176). Mahmud Koshg‘ariy devonida bu so‘z
tagay shaklida berilgan. Lekin uning ma’nosini muallif “amaki” deb
izohlagan (MK, III, 256). Qadimgi turkiy til morfem tuzilishiga ko‘ra
tagay~tagay'f so‘zi tarkibidagi ta uzvida “katta, ulug‘” m a’nosi
mujassamlashganligini kuzatish mumkin: tagay (Shuning kabi, daya so‘zida “katta aya” m a’nosi bor.
Harqalay, dada, taga, daya solzlari tarkibidagi ta~da uzvida “katta, j
ulug1” ma’nosi mujassamlashgani haqiqatga yaqin. Mazkur ta~da uzvini j
ayrim olimlar xitoychadagi “katta, ulug1, bosh, yirik” ma’nosini beruvchi;
da so'ziga bog‘laydilar. Biroq, ayrim asl turkiy so‘zlar tarkibida uning
mavjudligi bu qarashni tam om inkor etadi (masalan, tag so'zida),! Shunga binoan, uni boshqa tillar ta ’sirida turkiyga o‘zlashgan deb
qaramaslik kerak. U berisi bilan xun davri, ehtimol, oltoy davridan
kelayotgan qoldiq bo‘lsa ajab emas.
Demak, yozma yodgorliklar grammatik jihatdan tahlil qilinganda
so‘zlami morfemalarga ajratishda zamonaviy m e’yorlaiga asoslanib
(ya’ni hozirgi o ‘zbek tili normalariga tayanib) emas, balki bitiglar
yaratilgan davr tilining grammatik normalariga tayangan holda ish
ko‘riladi.
Yüklə 33,55 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin