Mehnat unumdorligining ko‘rsatkichlari va uni oshirish yo‘llari. Mehnat unumdorligi darajasiga baho berish uchun umumlashtiruvchi, xususiy va yordamchi ko‘rsatkichlar tizimi qo‘llanadi. Umumlashtiruvchi ko‘rsatkichlargabitta ishlovchining ishlab chiqargan o‘rtacha yillik, o‘rtacha oylik, o‘rtacha kunlik va o‘rtacha soatlik mahsuloti qiymatining ifodasi kiradi. Xususiy ko‘rsatkichlar-bu muayyan turdagi mahsulot birligini ishlab chiqarish uchun vaqt sarfi yoki bir kishi kunida yohud bir kishi soatda muayyan turdagi natural ifodada mahsulot ishlab chiqarishga sarflangan vaqtni bildiradi. Yordamchi ko‘rsatkichlarmuayyan ish turining birligiga yoki vaqt birligi ichida bajarilgan ishlar hajmiga sarflangan vaqtni tavsiflab beradi.
Mehnat unumdorligining umumlashgan ko‘rsatkichi bitta xodimning o‘rtacha yillik mahsulot ishchilarning mahsulot ishlab chiqarishga emas, balki ularning sanoat ishlab chiqarish xodimlari umumiy sondagi salmog‘igi shuningdek, ularning ishlagan kunlari va ish kunining qancha davom etishi (muddati) ga ham bog‘liq bo‘ladi.
Mehnat unumdorligini oshirishga quyidagi yo‘llar bilan erishish mumkin: a)korxonaning ishlab chiqarish quvvatidan to‘laroq foydalanish hisobiga mahsulot ishlab chiqarishni ko‘paytirish, chunki ishlab chiqarish hajmi oshganda, ish vaqti sarflanishining, faqat o‘zgaruvchan qismi ko‘payadi, doimiy esa o‘zgarmasdan qoladi. Natijada, mahsulot ishlab chiqarish uchun sarflanadigan vaqt kamayadi;
b)mahsulot ishlab chiqarishni intensivlashtirish, uning sifatini oshirish, ishlab chiqarishni kompleks mexanizasiyalash va avtomatlashtirishni joriy etish, takomillashgan texnika va ishlab chiqarish texnologiyasini qo‘llash, ishlab chiqarishni tashkil etish, moddiy texnika ta’minotini va tashkiliy-texnikaviy tadbirlar rejasiga muvofiq, boshqa omillarni yaxshilash hisobiga i shvaqtining bekor sarf bo‘lishini qisqartirish yo‘li bilan mahsulot ishlab chiqarishga mehnat sarflarini qisqartirish.
SAVOL VA TOPSHIRIQLAR
1.Mehnat unumdorligiga ta`rif bering.
2. Omillar deb nimaga aytiladi?
3. Mehnat unumdorligini oshirish rezervlari nimalar?
4. Rezervlar foydalanish imkoniyatiga ko`ra qanday guruhlarga bo`linadi?
5. Mehnat unumdorligining ko`rsatkichlari va uni oshirish yo`llarini ko`rsating.
ADABIYOTLAR
1.Abdurahmonov Q.H., Bozorov N., Volgin N. va boshqalar. «Mehnat iqtisodiyoti va sosiologiyasi». Toshkent: «O‘qituvchi»-2001 yil, 280-326 betlar.
2.Abdurahmonov Q.H, Holmo‘minov Sh.R. «Mehnat iqtisodiyoti va sosiologiyasi». Toshkent-2004 yil, 126-143 betlar.
3.Dodoboyev Yu.T., Xudoyberdiyev.A. «Mehnat iqtisodiyoti va sosiologiyasi». Farg‘ona-2001 yil, 64-84 betlar.
4.Usmonov S.N., Dodoboyev Yu.T. «Bozor iqtisodiyoti asoslari». Toshkent: «Fan»-1999 yil, 88-90-betlar.
5.O‘lmasov A. «Iqtisodiyot asoslari». Toshkent: «Mehnat»-1997 yil, 16-18-betlar.
15-Mavzu: Muloqot va uning turlari Reja:
1. Muloqot haqida tushuncha.
2. Muloqot turlari va vazifalari
Muloqot ikki yoki undan ortiq odamlar o‘rtasidagi bilish yoki affektiv-baholash xususiyatiga ega bo‘lgan axborot almashinuvida ularning o‘zaro ta’sirlashuvi sifatida ta’riflanadi. Yoki: muloqot – odamlar o‘rtasida hamkorlik faoliyati ehtiyojidan yuzaga keladigan va axborot almashinuvi, o‘zaro ta’sirning yagona yo‘lini ishlab chiqish, boshqa odamni idrok qilish va tushunishdan iborat bo‘lgan aloqalarni o‘rnatish va rivojlatirishning murakkab, keng qamrovli jarayoni. Bu «muloqot» tushunchasining eng to‘liq va aniq ta’rifidir
Mazmun-maqsadlari va vositalariga ko‘ra muloqotni bir nechta turlarga bo‘lish mumkin. Mazmuniga ko‘ra, u moddiy (faoliyat jismlari va mahsulotlari almashinuvi), kognitiv (bilimlar almashinuvi), kondisiv (ruhiy va jismoniy holatlar almashinuvi), motivasion (xohishlar, maqsadlar, qiziqishlar, motivlar, ehtiyojlar almashinuvi), faoliyatli (harakatlar, muolajalar, malakalar, ko‘nikmalar almashinuvi) bo‘lishi mumkin. Moddiy muloqotda sub’ektlar, shaxsiy faoliyat bilan mashg‘ul bo‘lgan holda, uning mahsulotlari bilan almashadilar, ular o‘z navbatida dolzarb ehtiyojlarni qondirish vositasi bo‘lib xizmat qiladi. Kondisiyali muloqotda odamlar o‘zlarini ma’lum jismoniy yoki ruhiy holatga keltirishga mo‘ljallangan bir-birlariga nisbatan o‘zaro ta’sir ko‘rsatadilar. Masalan, kayfiyatni ko‘tarish yoki, aksincha, uni tushirib yuborish; bir-birini qo‘zg‘atib yuborish yoki tinchlantirish, va, oqibatda, bir-birining kayfiyatiga ma’lum ta’sir o‘tkazish. Motivasiyali muloqotning mazmuni bir-biriga ma’lum istak, mayllarni etkazish yoki ma’lum yo‘nalishda harakatlanishga shay bo‘lishlikdan iborat. Bunday muloqot sifatida insondagi biror maqsadga, boshqa odamda biror-bir intilishning paydo bo‘lishi yoki yo‘qolishi, kimdadir harakatga bo‘lgan ma’lum maylning yuzaga kelishi, qandaydir ehtiyojning dolzablashtirilishi uchun etishish istagining kuchliligi kabi vaziyatlarni keltirish mumkin. Kognitiv va faoliyatli muloqotning ifodasi bilish yoki o‘quv faoliyatining turlari bilan bog‘liq muloqot bo‘la oladi. Bunda sub’ektdan sub’ektga dunyoqarashni kengaytiruvchi, layoqatlarni rivojlantiruvchi va takomillashtiruvchi axborot etkaziladi.
Maqsadlariga ko‘ra, muloqot xizmat ko‘rsatish ehtiyojlariga muvofiq holda biologik va ijtimoiy turlarga bo‘linadi. Biologik – bu organizmni mustahkamlash, muhofazalash va rivojlantirish uchun zarur bo‘lgan muloqot. U asosiy hayotiy ehtiyojlarni qondirish bilan bog‘liq. Ijtimoiy muloqot maqsadlari shaxslararo aloqalarni kengaytirish va mustahkamlash, individ shaxsiy kamolotining interxususiy munosabatlarini o‘rnatish va rivojlantirishdan iborat. Biologik va ijtimoiy ehtiyojlarni nechta turga ajratish mumkin bo‘lsa, muloqotning ham shuncha xususiy maqsadlari bo‘lishi mumkin.
Vositalariga ko‘ra, muloqot bevosita va vositali, to‘g‘ridan –to‘g‘ri va bilvosita bo‘lishi mumkin. Bevosita muloqot tirik mavjudotga tabiat tomonidan berilgan tabiiy organlar: qo‘llar, bosh, tana, tovush paylar va boshqalar yordamida amalga oshiriladi. Vositali muloqot muloqot va axborot almashinuvni tashkil etishda maxsus vosita va qurollardan foydalanish bilan bog‘liq. Bular yo tabiiy (yog‘och, erdagi izlar va h.k.) yo madaniy (belgilar tizimlari, matbuot, radio, televideniye, internet va h.k.) jismlar. To‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot shaxsiy aloqalar va muloqot aktining o‘zida qatnashayotgan odamlarning bir-birini bevosita idrok qilishini belgilaydi, ularga, masalan, jismoniy aloqalar, odamlarning bir-birlari bilan suhbatlashishlari, bir-birlarining harakatlarini bevosita ko‘rib turgan holda, ularga javob qaytarishlari kiradi. Bilvosita muloqot vositachilar sifatida ish yuritadigan boshqa odamlar orqali amalga oshiriladi.
Muloqot turlari orasida, shuningdek, ish bo‘yicha va shaxsiy, instrumental va maqsadli kabi turlarni ajratish mumkin. Ish bo‘yicha muloqot, odatda, xususiy qism sifatida insonlarning hamkorlikdagi samarali faoliyatiga kiritilgan va bu faoliyatning sifatini oshirish vositasi bo‘lib xizmat qiladi. Uning mazmuniga odamlar ichki dunyosining muammolari emas, balki ularning nima bilan mashg‘ulliklari kiradi. Ish bo‘yicha muloqotda suhbatdoshning shaxs, xarakter, yosh, kayfiyat xususiyatlari hisobga olinadi, lekin ishdan ko‘riladigan manfaat shaxsiy ixtiloflardanda ustun va muhimdir. Ish bo‘yicha muloqotdan farqli ravishda shaxsiy muloqot, aksincha, asosan, ichki xarakterning psixologik muammolariga, inson shaxsini chuqur va yaqinlik bilan ochib beradigan: hayot mazmunini izlash, muhim insonga, atrofdagi voqealarga, qandaydir ichki nizolini hal etishga nisbatan munosabatini aniqlashga qaratilgan. Instrumental muloqot sifatida mustaqil ehtiyoj bilan rag‘batlantirilmaydigan, maqsadga aylanmagan, lekin muloqot aktining o‘zidan qoniqishdan tashqari, qandaydir boshqa maqsadga qaratilgan muloqotni keltirish mumkin. Maqsadli – bu o‘z holicha maxsus ehtiyojni, ushbu vaziyatda muloqotga bo‘lgan ehtiyojni qondirish vositasi bo‘lib xizmat qiluvchi muloqot. Ta’kidlab o‘tish lozimki, odamlarning amaliy faoliyatida muloqotning quyidagi turlarini ajratadilar:
1. «Niqoblar aloqasi» - suhbatdoshning shaxs xususiyatlarini tushunish va hisobga olishga intilish mavjud bo‘lmagan rasmiy muloqot bunda haqiqiy hissiyotlar, istaklar, munosabatlarni yashirish imkonini beruvchi rasmiy iboralar, odatiy xushmuomalalik, dimog‘dorlik niqoblari, yuz, imo-ishora ifodalarining to‘plami qo‘llaniladi.
2. Oddiy muloqotda boshqa odamga zarur yoki xalal beruvchi ob’ekt sifatida baho beradilar: agar zarur bo‘lsa, aloqaga faollik bilan kirishadilar, agar xalal beradigan bo‘lsa, – itarib yuboradilar, yoki tahdidli qo‘pol iboralarni qo‘llaydilar.
3. Rasmiy-rolli muloqot – bu sheriklarning ijtimoiy rollari darajasidagi muloqot (boshliq – qo‘l ostidagi xodim, sotuvchi – xaridor, servis xizmati xodimi – mijoz). Bunda ma’lum qoidalar va xohishlar asosida ish yuritilib, muloqot mazmuni va vositalari ularga bo‘ysundirilgan.
4. Boshqariladigan muloqot suhbatdoshning shaxs xususiyatlaridan kelib chiqib, turli usullarni ( xushomad, qo‘rqitish, aldov va boshqalar) qo‘llagan holda undan foyda olishga qaratilgan.
5. Dunyoviy muloqot – bu turning mohiyati biror mavzuga oid bo‘lmasligidan iborat, ya’ni, odamlar o‘z fikrlarini emas, balki bunday vaziyatlar uchun umumiy bo‘lgan fikrlarni bildiradilar.
6. Havoyi muloqot – bu muloqot uchun muloqot.
7.Do‘stlarning ma’naviy, shaxslararo muloqoti vaqtida istalgan mavzuni qo‘zg‘atish va bir-birlarini yuz ifodasi, tovush ohangi va harakatlar yordamida tushunish mumkin.