T/R
|
Bo’limlar
|
Vaqti
|
1
|
Tashkiliy qism
|
3 daqiqa
|
2
|
O`tgan mavzuni mustahkamlash
|
5 daqiqa
|
3
|
Yangi mavzu bayoni
|
15 daqiqa
|
4
|
Yangi mavzuni mustahkamlash
|
10 daqiqa
|
5
|
O`quvchilarni rag`batlantirish. Darsni yakunlash.
|
10 daqiqa
|
6
|
Uyga vazifa
|
2 daqiqa
|
Jami
|
45 daqiqa
|
Tashkiliy qismDarsning tashkil qilish jarayoni va ajratilgan vaqti 2 minut.Tashkiliy qism. Navbatchi axboroti.
O`tgan mavzuni mustahkamlashO‘tilgan va uyga berilgan mavzuni so‘rash va takrorlash jarayoni va ajratilgan vaqti 10 minut Asosiy qism.Tabiatshunoslik fani asosida savol-javoblar o’tkazish.
Yangi mavzu bayoniYangi mavzu mazmunini tushuntirish jarayoni va ajratilgan vaqti 13 minut.
Yangi mavzu bayoni.
Q ashqadaryo v ilo y a tini Hisor tog‘ tiz-masi Surxondaryo viloyatidan ajratib turadi. Viloyatning maydoni - 28 570 kv. km, aholisi - 3 million 261 ming kishidan ortiq. M arkazi- Qarshi shahri. Viloyatda Koson, Shahrisabz, Kitob, Chiroq-chi, Qamashi, G‘uzor, Muborak, Yakkabog‘ va bosh qa shaharlar bor.
Viloyatning asosiy daryosi - Qashqadaryo. Vilo yat hududini suv bilan ta’minlash uchun Talimarjon, Chimqo‘rg‘on, Pachkamar kabi suv omborlari, Qar shi magistral, Eski Anhor kabi kanallar qazilgan.
Qashqadaryo viloyati hududida neft, tabiiy gaz, osh tuzi, marmar kabi foydali qazilma konlari bor. Qashqadaryo viloyatining g‘arbiy qismini Qarshi cho‘li egallagan. Cho‘lning qumli joylarida juzg‘un, iloq, selin, kavrak, qizil qandim, saksovul, gilli yer-larida esa shuvoq, sho‘ra, mingbosh, turli boshoqli o‘simliklar uchraydi.
Surxondaryo vilo ya tining maydoni - 20 100 kv. km, aholisi - 2 million 612 ming kishidan ortiq. Surxondaryo viloyati hududida Boysuntog‘, Bobo-tog‘, Hisor va Ko‘hitangtog‘ tizmalari bor. Amudaryo, Surxondaryo, Sherobod, To‘palang kabi daryolar oqib o‘tadi. Janubiy Surxon, To‘palang kabi suv om borlari qurilgan. O‘zlashtirilgan yerlarga suv chiqa-rish uchun esa Sherobod, Zang va boshqa kanallar qazilgan.
Neft, tabiiy gaz, toshko‘mir, osh tuzi, marmar, ohaktosh viloyatdagi asosiy foydali qazilmalar hisob-lanadi. Viloyat markazi - Termiz shahri. Viloyatda Denov, Boysun, Sho‘rchi, Sherobod, Jarqo‘rg‘on va boshqa shaharlar ham bor. Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarining adirla rida yulg‘un, bug‘doyiq, kavrak, astragal kabilar o‘sadi.
Tog‘ yonbag‘irlari shirach, rovoch, itburun, bodom, xandonpista, do‘lana, na’matak, archa, yong‘oq, za-rang, qayin kabilar bilan qoplangan. Cho‘llarda sariq yumronqoziq, qo‘shoyoq, kalta kesak, echkemar, ilon, bo‘ri, tulkilar bor. Daryo bo‘ylaridagi to‘qaylarda chiyabo‘ri, qirg‘ovul, to‘qay mushugi uchraydi. Tog‘li hududlarda silovsin, ayiq, qoplon, kiyik, tog‘ echkisi, tog‘ qo‘yi, bo‘rsiq, to‘ng‘iz, suvsar, jayra kabi hayvonlar yashaydi. Qashqadaryo va Surxondaryo hududlarining tog‘li o‘lkalarida noyob o‘simlik va hayvonlarni muhofaza qilish maqsadida qo‘riqxonalar tashkil etilgan.
Mamlakatimizning janubiy qismida - Ko‘hitangtog‘ tizmasida Surxon davlat qo‘riqxonasi joylashgan. Qo‘riqxonada burama shoxli tog‘ echkisi, arxar, Tur kiston silovsini, oq tirnoqli ayiq, qoplon, kapcha ilon, burgut kabilar muhofazaga olingan.
Dostları ilə paylaş: |