Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalanish kompetensiyasi: xarita, globus bilan ishlashda hisoblashning qulay usullarini qo‘llay olish, aniq hisob-kitoblarga asoslangan holda kundalik faoliyatda zarur bo‘lgan dastlabki rejalarni tuza olish, suvni isrof qilmaslik va tejamkorlikning ma’nosini tushunish, unga amal qilish.
Dars turi: Yangi materialni o’rganish
Dars jihozi: rasmlar,bukletlar
Darsning borishi.
Tashkiliy qismDarsning tashkil qilish jarayoni va ajratilgan vaqti 2 minut.Tashkiliy qism. Navbatchi axboroti.
O`tgan mavzuni mustahkamlashO‘tilgan va uyga berilgan mavzuni so‘rash va takrorlash jarayoni va ajratilgan vaqti 10 minut Asosiy qism.Tabiatshunoslik fani asosida savol-javoblar o’tkazish.
Yangi mavzu bayoniYangi mavzu mazmunini tushuntirish jarayoni va ajratilgan vaqti 13 minut.
Xonadon va maktablarni, ko‘cha va xiyobonlarni doimo yoritib turuvchi elektr lampalaridir. Ularning har xil turlari mavjud. Ulardan biri-sovuq lampalardir. Turmushda, ishlab chiqarishda, maishiy xizmatda sovuq lampalar – inert gazli lampalar ham ishlatiladi. Inert gazli lampalarda elektr energiyaning katta qismi yorug‘lik energiyasiga aylanadi. Bunday lampalarda elektr energiya kamroq sarflanadi, uzoq vaqt yonib tursa ham ular qizib ketmaydi. Shuning uchun kechasi bilan yoniq qoldiriladigan korxonalar, do‘konlar va ko‘chalarda ko‘proq inert gazli oq lampalardan foydalaniladi. Keyingi paytlarda xonadonlarda ham bunday lampalardan foydalanilmoqda.
Elektr tokining inson hayotidagi o‘rnini qanday tasavvur qilasiz? Biz elektr tokini tejab ishlatishimiz zarurmi? Elektr tokining qanday manbalari mavjud? Atom elektr stansiyasi (AES), gidroelektr stansiya (GES), issiqlik elektr stansiyalari (IES), shamol energetika qurilmasi (ShES) va boshqa tok manbalari mavjud.
Atom elektr stansiyalari Gidro elektr stansiyalar
Issiqlik elektr stansiyalari Shamol elektr stansiyalari
Yangi mavzuni mustahkamlashYangi mavzuni mustaxkamalsh, amaliy va mustaqil ishlar bajarish jarayoni va ajratilgan vaqti 15 minut . Kartochkalar orqali savol-javob o’yini o’tkaziladi