Tashkiliy qismDarsning tashkil qilish jarayoni va ajratilgan vaqti 2 minut.Tashkiliy qism. Navbatchi axboroti.
O`tgan mavzuni mustahkamlashO‘tilgan va uyga berilgan mavzuni so‘rash va takrorlash jarayoni va ajratilgan vaqti 10 minut Asosiy qism.Tabiatshunoslik fani asosida savol-javoblar o’tkazish.
Yangi mavzu bayoniYangi mavzu mazmunini tushuntirish jarayoni va ajratilgan vaqti 13 minut.
Yangi mavzu bayoni.
O‘ZBEKISTON ADIRLARI TABIATI M amlakatimizda dengiz sathidan 500 - 1200 m balandliklarda joylashgan past- baland do'nglikli yerlar va tog1 etaklarini, asosan, adirlar egallagan. Adirlarda cho‘lga nisbatan o‘t o‘simliklar qalin bo‘lib o‘sadi. Shuningdek, buta va daraxtlar ham uchraydi. O‘t o‘simliklar bilan qalin qoplangan o‘rmon siz to g ‘oldi qirlar va past to g ‘larni adirlar tash kil etadi.
Adirlarda yoz issiq bo‘lib, yomg‘ir kam yog‘adi. Boshqa fasllarda yog‘in tez-tez yog‘ib turadi. Yillik yog‘in miqdori 3 0 0 -5 5 0 mm bo‘ladi. Tog‘ etaklari ham adirlardan iborat. Hozirgi davrda adirlarning katta qismi o‘zlashtirilib, kin maydonla-riga, bog‘larga aylantirilgan. Bu joylarda shahar va qishloqlar barpo etilgan. Past-baland do‘nglikli adirlar va tog‘ etaklarigina o‘zlashtirilmagan, xolos.
O‘lkamiz adirlarida isiriq, sebarga, jumagul, qoqio‘t, arpag‘on, sachratqi, gulsapsar, boychechak, omon-qora, astragal, lolaqizg‘aldoq, tugmachagul, dalachoy, karrak, gazako‘t, bug‘doyiq, kavrak va boshqa o‘sim-liklar o‘sadi. Isiriq, dalachoy, kiyiko‘ti, qo‘ziquloq, qizilmiya kabi o‘simliklar dorivor hisob-lanadi. Shuningdek, zirk, na’matak, qarg‘ajiyda, do‘la-na, turang‘il kabi butalar, chinor, terak, qayrag‘och kabi daraxtlar ham ko‘p uchraydi. Do‘lana, na’matak mevalari dorivor hisoblanadi.
Yangi mavzuni mustahkamlashYangi mavzuni mustaxkamalsh, amaliy va mustaqil ishlar bajarish jarayoni va ajratilgan . Kartochkalar orqali savol-javob o’yini o’tkaziladi
1. Adir deb qanday yerlarga aytiladi?
2. Adirlarda hayot kechiradigan hayvonlar haqida nimalarni bilasiz?
3. O‘zbekiston adirlarida qanday o‘simliklar o‘sadi?
4. Tipratikanlar tabiatga qanday foyda keltiradi?
5. Adirlarda qanday foydali o‘simliklar o‘sadi?
O`quvchilarni rag`batlantirish. Darsni yakunlash.. Darsga yakun yasash, baholash metodlari va ajratilgan vaqti 5 minut