O’quv yili 4-sinflar Tabiatshunoslik fanidan ishlanmalar tayyorlashda foydalanilgan yillik


Milliy va umummadaniy kompetensiya



Yüklə 45,79 Mb.
səhifə135/147
tarix20.07.2023
ölçüsü45,79 Mb.
#136908
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   147
TabiatIIII

Milliy va umummadaniy kompetensiya: o‘zi yashaydigan joyning maftunkor tabiati, tarixiy obidalarini, dam olish maskanlarini asrash va qadriga yetish.
Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalanish kompetensiyasi: xarita, globus bilan ishlashda hisoblashning qulay usullarini qo‘llay olish, aniq hisob-kitoblarga asoslangan holda kundalik faoliyatda zarur bo‘lgan dastlabki rejalarni tuza olish, suvni isrof qilmaslik va tejamkorlikning ma’nosini tushunish, unga amal qilish.
Dars turi: Yangi materialni o’rganish
Dars jihozi: rasmlar,bukletlar
Darsning borishi.

T/R

Bo’limlar

Vaqti

1

Tashkiliy qism

3 daqiqa

2

O`tgan mavzuni mustahkamlash

5 daqiqa

3

Yangi mavzu bayoni

15 daqiqa

4

Yangi mavzuni mustahkamlash

10 daqiqa

5

O`quvchilarni rag`batlantirish. Darsni yakunlash.

10 daqiqa

6

Uyga vazifa

2 daqiqa

Jami

45 daqiqa

Tashkiliy qismDarsning tashkil qilish jarayoni va ajratilgan vaqti 2 minut.Tashkiliy qism. Navbatchi axboroti.
O`tgan mavzuni mustahkamlashO‘tilgan va uyga berilgan mavzuni so‘rash va takrorlash jarayoni va ajratilgan vaqti 10 minut Asosiy qism.Tabiatshunoslik fani asosida savol-javoblar o’tkazish.
Yangi mavzu bayoniYangi mavzu mazmunini tushuntirish jarayoni va ajratilgan vaqti 13 minut.
Muzlatgichdan olingan muzqaymoqni xona haroratida tutib tursak, nimani kuzatamiz?

Jismlar o‘rtasida issiqlik almashinuvini muzlatgichdan olingan muzqaymoqni xona haroratida tutib turish orqali ko‘rishimiz mumkin. Bunda muzqaymoq harorati xonaning haroratidan o‘ziga issiqlik olganligi sababli, muzqaymoq eriy boshlaydi.




Maqsad: jismlarda issiqlik almashinuvini aniqlash.
Xavfsizlik qoidalari:

  • Amaliy mashg‘ulot davomida diqqatli va ehtiyotkor bo‘ling;

  • Ishga kirishishdan oldin ishning bajarilish tartibini o‘rganing;

  • O‘qituvchining tavsiyalariga qat’iy amal qiling;

  • Ish joyida faqat amaliy mashg‘ulot uchun zarur bo‘lgan jihozlarni qoldiring;

  • Issiq suvdan foydalanishda ehtiyot bo‘ling.

  • Kerakli jihozlarni stol chetiga qo‘ymang.




Kerakli jihozlar

Bajarish tartibi

1 l idish,
0,5 l idish,
termometr,
texnika xavfsizligi

Guruhlarda ishlash.
1. 1l idish ichiga 100 g sovuq suv quyib, suvning haroratini o‘lchang. Natijani daftaringizga qayd qiling.
2. 0,5 l idishga 100 g issiq suv quyib, uning haroratini o‘lchang. Natijani daftaringizga qayd qiling.
3. Sovuq suvli 1 l idish ichiga 0,5 l issiq suvli idishni joylashtiring va bir oz muddat kutib turing.
4. Ikkala idishdagi suvning haroratlarini o‘lchang va qayd qiling.
5. Ikkala idishdagi haroratlarini taqqoslang.
Kichik guruhlarda muhokama qiling.

Issiq va sovuq suvlarning haroratlari nima sababdan o‘zgardi?





Yüklə 45,79 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   147




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin